Dunyoning eng xavfli 15 yo'llari
Dunyoning eng xavfli 15 yo'llari
Deyarli har bir haydovchi mashina haydash tajribasida xavfli yo'l sharoitlarini boshdan kechirgan. Xavflar turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin, masalan, noqulay ob-havo sharoiti, mast haydovchilar va umuman olganda, sizning sayohatingizni istalgan vaqtda yomon sarguzashtga aylantirishi mumkin bo'lgan inson omili orqali. Boshqa tomondan, ba'zan yo'lning o'zi hayotingizni xavf ostiga qo'yishi mumkin. Quyida havfli bo’lgan 15 ta yo’lni e’tiboringizga havola etmoqchimiz!

1. Zodji-La, Xindiston

Ushbu 9 km yo'l Ladax va Kashmirni birlashtiradi. Ushbu yo'l to'g'ridan-to'g'ri jarlikning yuqorisida joylashganligi bilan bir qatorda, u juda tor. Bu yo’lga siz avtoulovlar bilan ham, chorva mollari bilan ham sig’ib olishingiz kerak.

2. Transfegerashan, Ruminiya

Ushbu yo'l Karpatda joylashgan va Fagarash tog' tizmasidan ochilgan. Uning balandligi2034 metrga yetadi va Ruminiyadagi eng baland yo'l hisoblanadi. Transfagarashan o'zining ajoyib manzaralari bilan mashhur, ammo shu bilan birga juda xavflidir.

3.Dalton yo’li, Alyaska

Dalton yo’li - bu dunyodagi eng alohidalangan yo’l hisoblanadi. Uning uzunligi 666 km ni tashkil etadi va u faqat kichik qishloqlarni birlashtiradi. Ushbu yo'l dunyodagi eng qor bilan qoplangan yo’l deya ham sanaladi.

4. Xardung-La, Hindiston

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Xardung-La yo'li 5602 metr balandlikda joylashgan (ya'ni deyarli Elbrus balandligiga yetadi). Ginnesning rekordlar kitobi va National Geographic jurnali ushbu avtoulov yo'lini dunyodagi eng baland yo'l deb tan oldi.

5. Yungas yo’li, Boliviya

Ushbu trassa dunyodagi eng xavfli yo'llardan biridir. U yiliga 200-300 nafar insonni hayotdan ko’z yumishiga sababchi bo’ladi. Bir tomonida yassi jarlik, boshqa tomonida tik jarlik bor (balandligi 600 metrga yaqin). Ushbu yo'lda ulov haydashni hatto o'ylash qo'rqinchli!

6. Altantika yo’li, Norvegiya

Atlantika yo'li qirg'oqdagi kichik qishloqlarni birlashtiradi. Biroq, bu yo'l aslida sayyohlar uchun mo'ljallangan, chunki uning ko'rinishi juda ajoyib!

7. Guoliang Tunneli, Xitoy

Guoliang tunnelini mahalliy aholi qurgan. Toshga o'yilgan yo'l ilgari mahalliy qishloq va tashqi dunyo o'rtasidagi yagona aloqa usuli bo'lgan. Keyinchalik, davlat 1200 metrli tunnelni qurib, mahalliy aholining sayr qilishini osonlashtirdi.

8. Dyu Gua, Fransiya

Ajablanarlisi shundaki, bu yo'l kuniga bir necha soatgina ochiq bo’ladi. Kunning qolgan qismida yo'l suv ostida qoladi. Ushbu 4,5 km yo'lga kirishdan oldin, suv oqimining jadvalini tekshiring. Aks holda, sizning mashinangiz shunchaki cho'kib ketishi mumkin.

9. Tianmen tog’li yo’li, Xitoy

Ushbu yo'lning uzunligi 10 km. Shuningdek, u 99 ta keskin burilishga ega. Uning boshi va oxiri orasidagi balandlik farqi 1000 metrga teng. Ushbu yo'lda yurish uchun asablar mustaxkam bo’lishi kerak.

10. Xana, Gavayi

Ushbu 112 km yo'l Gavayining Maui orolidagi ikkita aholi punkti Kahului va Xanani birlashtiradi. Ushbu tor, burilishli yo'l 59 ko'prikni kesib o'tadi, shulardan 46 tasi bitta yo'lakli. 

11. Fediral Kolima ko’chasi, Rossiya

Yakutsk va Magadanni bog'laydigan yo'lning rasmiy nomi "Kolima" bo’lishiga qaramay mahalliy aholi uni "o'lim yo'li" deb ataydi. Yo’lning birinchi 90 km 1932 yilda mahbuslar tomonidan qurilgan. Qurilish 1953 yilda yakunlangan.

12. Col De La Bonet, Fransiya

Ushbu xavfli tog' dovoni Fransiya Alp tog'larida, Italiya bilan chegarada, 2000 metr balandlikda joylashgan. Ushbu yo'l keskin va kutilmagan burilishlar bilan xavfli.

13. Gotard dovoni, Shvetsariya

Bu Alp tog'laridagi eng baland dovonlardan biridir. 64 kilometrlik yo'l yo’lovchini u yoqdan bu yoqqa o’tkazib, o'zining go'zal manzaralari bilan hayratga soladi.

14. Kavkaz yo’li, Rossiya

Ushbu tor yo'l, tog'lar bo'ylab joylashib, Sochi va Ritsa ko'lini birlashtiradi. Ushbu yo'lda mashina haydash ham qo'rqinchli, ham maroqli. Xavfli bo’lishiga qaramay umr bo'yi kamida bir marta ushbu yo’lda sayohat qilsa arziydi.

15. Eshima Oxasi ko’prigi, Yaponiya

Garchi bu yo'l emas, balki ko'prik bo'lsa ham, yuqorida aytib o'tilgan yo'llardan kam xavfli emas. Ko'prik Sakaiminato va Matsue shaharlarini birlashtiradi. Uning o'lchamlari taxminan 1,7 km va kengligi 11,3 metrni tashkil qiladi. Uzoqdan qaraganda, bu ko'prikda mashina boshqarish imkonsizdek tuyuladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook