Dunyoning 10 ta eng nufuzli stadionlari
Dunyoning 10 ta eng nufuzli stadionlari
Futbol bo’yicha 2018 yil jahon chempionatining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu galgi jahon chempionatiga Rossiya mezbonlik qiladigan bo’ldi. Bu musobaqa Rossiyaning bir necha shaharlarida bo’lib o’tadi. Ushbu chempionatga atab bir necha yangi stadionlar, aeroportlar, mehmonxonalar qurildi. Bugungi maqolamizda dunyoning eng zo’r futbol stadionlari haqida ma’lumot beramiz. Marhamat tanishing.

“Uembli” stadioni

“Uembli” stadioni

Dunyoning eng yaxshi stadionlari ro’yxatini yangi butunlay qayta tiklangan “Uembli” stadioni boshlab beradi. Angliya terma jamoasiga qarashli ushbu maydonda futbol bo’yicha Yevropaning barcha muhim turnirlari o’tkazilinib kelinadi. Bundan tashqari bu stadion nafaqat dunyoning eng ommabop o’yini bo’lmish fitbol ixlosmandlarining, balki Tumanli Albionning poytaxtiga tashrif buyurgan sayyohlarning ham diqqat e’tiborini o’ziga tortadi. Bu yerda o’yinchilar va muxlislar zafar nashidasini surib, har bir g’alabani katta tantana sifatida nishonlaydilar. UEFA ning ‘”nufuzli” stadionlari qatoridan joy olgan ushbu maydon Londonda qad ko’tarishi uchun 800 million funt sterlingga yaqin mablag’ sarflangan.

“Kamp Nou”

“Kamp Nou”

“Kamp Nou” Kataloniyaning poytaxti Barselona shahrida joylashgan bo’lib, “Barselona” jamoasining bosh satdioni hisoblanadi. Aynan ana shu ulkan maydonda dunyoning eng kuchli klublaridan biri “Barselona” jamoasi eng yaxshi o’yinlarini namoyish etadi, bu yerda jamoa a’zolari ehtiros, jo’shqinlik va ixlos nimaligini his qiladilar. “Kamp Nou” iborasi kataloniya tilidan “yangi maydon”, deb tarjima qilinadi. Bu maydon haqiqatdan ham yangi bo’lib, Yevropada eng yaxshilaridan biridir. Bu stadionning tribunalari birvarakayiga 99 360 muxlisni qabul qila oladi, shulardan yarmi match paytida qo’shiq kuylaydi. O’yin paytida “Kamp Nou” da qo’shiqlar bir daqiqa ham tinmaydi: “Barselona” klubining madhiyasi o’yinchilarga ilhom berib, ularni g’alaba sari undaydi. Ushbu stadion ulkan hajmiga qaramasdan, o’yinchilar va muxlislar uchun mutlaqo xavfsizdir.

“Santyago Bernabeu”

“Santyago Bernabeu”

Ushbu stadion butun umrini sevimli jamoasiga bahsh etgan “Real” klubining o’yinchisi nomiga qo’yilgan bo’lib, Ispaniyaning poytaxti bo’lmish Madrid shahrining ko’rki hisoblanadi. Bu arena 85 500 nafar muxlisni sig’dira oladi hamda qirollik klubi bo’lmish “Real Madrid” jamoasining maydoni hisoblanadi. Bu yerda muntazam ravishda dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri – Ispaniyaning terma jamoasi o’z matchlarini o’tkazib turadi. Dunyoning eng zo’r stadionlarining o’ntaligidan joy olgan ushbu sport inshooti qanchadan-qancha g’alaba va mag’lubiyatlarga guvoh bo’lgan. Bu hissiyotlarning hammasi “Santyago Bernabeu” atrofidagi takrorlanmas muhitni yaratadi. “Real” klubining bu yerda har qanday jamoa bilan o’tkazgan matchi Ispaniyaning haiqiqiy muxlislari ishtirokidagi katta shouga aylanadi. Bu yerda muxlislarning norozilik bilan baqirgani yoki hushtak chalgani eshitilmaydi. Ayniqsa Kataloniyaning mag’rur “Barselona” klubi tashrif buyurganda maydon uzra shiddatli muhit paydo bo’ladi.

“Old Trafford”

“Old Trafford”

“Old Trafford” stadioni haqiqiy orzudagi teatrdir. Bu stadion Angliyaning  Manchester shahrida joylashgan bo’lib, “Manchester United” jamoasiga qarashli maydon hisoblanadi. Bu arena juda ulkan bo’lmasada, uni  bemalol dunyoning eng zo’r stadionlarining o’ntaligiga hamda UEFA ning eng nufuzli satdionlari qatoriga qo’shish mumkin. 1909 yilda barpo qilingan  “Old Trafford” stadioni ko’plab voqealarga guvoh bo’lgan. Bir marta hattoki fashistlar aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan. Ammo bu endi ortda qoldi, bugungi kunda bu maydonda nafaqat Birlashgan Qirollikning, balki butun dunyoning eng  yaxshi jamoalaridan biri “Manchester United” o’ynaydi. “Old Trafford” stadionida muzey, restoran joylashgan bo’lib, bu yerda yana mashhur “shpion adiri” hamda ser Aleks Fergyusson tribunasini ko’rish mumkin. Angliyaga tashrig buyurganingizda Katta Manchesterdagi ushbu “Old Trafford” stadionini ko’rmasdan ketmang.

“Enfild” stadioni

“Enfild” stadioni

Bu stadion Angliyaning “Liverpul” jamoasiga qarashli bo’lib, 1884 yilda barpo qilingan va hamisha jamoa raqiblarining qo’rquviga sabab bo’lgan. Biroq bu stadionning hech qanday qo’rqinchli joyi yo’q, aksincha, fasadi, chim va tribunalar “Enfild” ni dunyoning eng yaxshi stadionlari qatoridan joy olishiga sabab bo’ladi. Haybatli “Liverpul” ning raqiblariga “Enfild” stadionida o’ynash hamisha og’irlik qilib kelgan. “O’z uyingda devorlar ham madad beradi!”,- bu maqol “Liverpul” jamoasining maydoniga boshqalardan ko’ra ko’proq mos keladi. Bu stadion tribunalari bor- yo’gi 45 360 nafar muxlislarni qabul qilishiga qaramasdan, UEFA tomonida yuqori baholanib “to’rt yulduz” kategoriyasiga loyiq deb topilgan. Nima uchun mashhur jamoa aynan o’z maydonida to’p surganida ko’proq g’alaba qozonadi?  “Enfild” stadioning siri ham aynan ana shunda. Balki bu Birlashgan Qirollikning eng qadimiy stadionlaridan biri bo’lganligi uchundir?!

“Marakana” stadioni

“Marakana” stadioni

Bu stadion Braziliyaning  Rio de Janeyro shahrida joylashgan bo’lib, 200 000 nafar tomoshabinga mo’ljallangan. 2014 yildagi futbol bo’yicha jahon chempionatining final matchlari shu yerda o’tkazilgan. Aynan ana shu stadionda Ikkinchi Jahon urushidan keyingi dunyoning eng kuchli jamoalari o’rtasida o’tkazilgan jahon chempionati o’tkazilgan. Ko’p sonli tartibsizlik va tiqilinchliklar natijasida FIFA yirik futbol arenalaridagi har bir tomoshabin joy bilan ta’minlanishi kerak, degan qaror qabul qildi, shuning uchun “Marakana” stadionida yirik rekonstruktsiya ishlari bo’lib o’tdi. Qayta ta’mirlash ishlaridan keyin uchbu afsonaviy stadion yanayam ko’rkamlashdi, tomoshabinlar uchun qulay va xavfsiz bo’ldi. Hozirda bu maydon ham dunyoning eng zo’r stadionlari o’ntaligidan joy olgan.

“Lujniki” stadioni

“Lujniki” stadioni

Moskva shahrining “Lujniki” stadioni Xamovniki rayonida joylashgan, ommaviy axborot vositalari bu stadionni “Sovet xalqining mehnat jasoratlari” evaziga bunyod bo’lgan, deb yozadilar. Haqiqatdan ham shunday: ushbu ulkan sport kompleksi bir yil ichida qurib bitkazilgan! Tabiiyki, 1956 yilda bunyod etilgan inshoot UEFA talabi bilan bir necha bor qayta ta’mirdan o’tgan. Hozirgi kunda “Lujnikki” stadionida Rossiya terma jamoalari hamda “CSKA” va “Spartak” klublarining o’yinlarini birvarakayiga 78 360 nafar tomoshabin qulaygina kresloda o’tirib kuzatishi mumkin. Biroq bu arenaning birgina kamchiligi bor: butun maydon bo’ylab sunyiy chim yotqizilgan va aynan ana shu narsa chet el jamoalarining tanqidiga sabab bo’ladi. Ammo chim chun’iy bo’lishiga qaramasdan, eng yuqori sifatli materialdan tayyorlangan. Shuningh uchun ham “Lujniki” stadioni UEFA tominidan tan olinib, unga “besh yulduz” darajasi  hamda “dunyoning eng nufuzli stadionlaridan biri” maqomi berilgan.

“Alyants Arena” stadioni

“Alyants Arena” stadioni

Germaniyaning Myunhen shahri va uning yaqinida Yer yuzidagi eng go’zal qasrlar va boshqa arxitektura namunalari joylashgan. Bu shaharda yana shuningdek, dunyodagi eng chiroyli tashqi fasadga ega bo’lgan “Alyants Arena” stadioni ham qad ko’targan. Stadion Myunhenning “Bovariya” klubiga qarashli bo’lib, bu yerga tashrif buyurgan mehmon, arenaga yaqinlashgan sari dunyodagi eng go’zal inshootga yaqinlashayotganini tushunib yetadi. Ushbu durdona asarini yaratish uchun dizayn va arxitektorlar ancha-muncha ter to’kishlariga to’g’ri kelgan: stadion yimshoq yengil qoplama bilan o’ralgan bo’lib, bu qoplama oq, moviy va qizil ranglarda tovlanadi. Bundes-Liga doirasidagi matchlar vaqtida  “Alyants Arena” stadioni 71 000 nafar tomoshabinni sig’dira oladi. Arenaning qulay avtomobil qo’yish joylari, muxlislar uchun shinamgina o’rindiqlar –  bularni hammasini UEFA munosib baholab, mazkur inshootga “to’rt yulduz” darajasini berib, dunyoning eng zo’r stadionlari o’ntaligiga kiritdi.

“San-Siro” stadioni

“San-Siro” stadioni

San-Siro stadioni modalar poytaxti Milanda joylashgan bo’lib, ikkita TOP-klub – Italiyaning “Milan” hamda Yevropaning “Inter” jamoalariga qarashlidir. Bu ajoyib hamisha muxlislarning qichqirig’i yangraydigan stadionda bir necha marotaba Jahon Chempionatining va Chempionlar Ligasining matchlari bo’lib o’tgan. San-Siro stadioni 80 000 dan ortiq tomoshabinni qabul qila oladi va shu bilan birga barcha xavfsizlik talablariga javob beradi. “Inter” hamda “Milan” klublariga qarashli ushbu maydonga muntazam katta miqdorda pul ajratilib boriladi, birgina oxirgi qayta ta’mirlash ishlarining o’ziga 55 million yevro sarflandi. Bu barcha sarf-xarajatlar munosib baholandi: “to’rt yulduz” darajasiga erishdi va “nufuzli stadion” deb tan olindi. “San-Siro” stadioni Italiyada joylashgan, shuning uchun ham bu joy mashhur qo’shiqchi va musiqa guruhlari chiqish qiladigan kontsert maydonchasi hamdir.

“Donbas Arena” stadioni

“Donbas Arena” stadioni

Ukraina ayni damda og’ir kunlarni boshidan kechirmoqda. Ammo bu mamlakatda futbolni sevuvchi va uni qo’llab-quvvatlovchi jonbozlar ham bor. 2009 yilda Donetsk shahrida “Shaxtyor” futbol klubiga qarashli “Donbas Arena” stadioni qurub bitkazildi. Ushbu arena darhol dunyoning eng yaxshi futbol stadionlari ontaligi ro’yxatini tuzuvchi tashkilotlarning diqqat-e’tiborini tortdi. Mahalliy milliarder Rinat Ahmetovning tikkan mablag’lari evaziga qisqa vaqt ichida Yer yuzidagi eng zo’r stadionlardan biri barpo etildi. Bu sport inshooti 52 000 nafar tomoshabinga mo’ljallangan. UEFA bu stadionni “besh yulduz” bilan taqdirlab, “nufuzli” deb tan oldi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, bunday qisqa vaqt ichida eng obro’li Yevropa futbol tashkilotning e’tirofini qo’lga kiritishga dunyodagi hech bir stadioni erishmagan edi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook