Dunyoning eng sirli mamlakatining birinchi xonimi haqida bilasizmi?
Dunyoning eng sirli mamlakatining birinchi xonimi haqida bilasizmi?
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bugungi kunda siyosat olamining diqqat markazidagi insonlardan biri hisoblanadi. Ammo shunga qaramay u haqidagi ma’lumotlar juda kam bo’lib, mamlakati chin ma’noda yopiq o’lka nomiga munosibdir. Zero bu davlat haqida kamdan-kam hollarda ma’lumot uchratamiz, uning yashash tarzi, odamlari haqida esa ko’p narsa ma’lum qilinmaydi. Mamlakatning birinchi xonimi, Kim Chen Inning rafiqasi shaxsi haqida esa gap ham bo’lishi mumkin emas.
Uning qanday inson ekanligini bor-yo’g’i bir nechta suratga qarab bilishingiz mumkin, sabab u boshqa o’lkalarning birinchi xonimlari kabi omma qarshisiga tez-tez chiqmaydi, yangiliklar qatorida uning nomi hech qachon ko’zga tashlanmaydi. Ammo shunga qaramay sirli xonim haqidagi bir nechta ma’lumotlaрni izlab topishning imkoni bor.

1. Li Sol Chju – Koreya ziyolilarining oilasida tavallud topgan qiz

1.	Li Sol Chju – Koreya ziyolilarining oilasida tavallud topgan qiz
Shimoliy Koreyaning birinchi xonimi Chxondjin shahrida, shifokor va o’qituvchilar oilasida tavallud topgan. Uning tug’ilgan yili 1985 yildan 1989 yilgacha bo’lishi mumkin deb tahmin qilinadi. Demak bundan hulosa qilish mumkinki, Li Sol Chjuning yoshi tahminan 28-33 da.

2. Talaba, sportchi, bir so’z bilan aytganda sohibjamol...

2.	Talaba, sportchi, bir so’z bilan aytganda sohibjamol...
Li Sol Chju Shimoliy Koreya rahbariga turmushga chiqishdan avval KXDRning Pxenyandagi Kim Ir Sen nomli universitetida tahsil olgan. 2005 yili esa Osiyo chempionati o’yinlari doirasida yengil atletikachi sportchilar tarkibida Janubiy Koreyaga tashriq buyurgan.

3. Oila qurgunga qadar u xonanda edi

3.	Oila qurgunga qadar u xonanda edi
Li Sol Chju xonandalik va musiqa bilan qiziqqan va bir muddat davomida Xitoyda vokal bo’yicha tahsil olgna. Uning bo’lg’usi umr yo’ldoshi Kim Chen In ham qizni birinchi marta u ishtirok etayotgan “Inxasu” davlat orkestri chiqishi paytidagi translyatsiyada ko’rib kolgan.

4. Uch farzandning onasi

4.	Uch farzandning onasi
Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashlaricha, Li Sol Chju Shimoliy Koreya rahbariga ikki qiz farzandni taqdim etgan (tahminan 2010 va 2013 yillarda). 2017 yilning fevral oyida esa ushbu mashhur oilada o’g’il farzand dunyoga kelgan. Janubiy Korya razvedkasi ma’lumotlariga ko’ra uchinchi bor farzand dunyoga keltirish ayolning shaxsiy xohishi emas, erining buyrug’idir – zero mamlakatga yagona bo’lsa-da merosxo’r zarur edi.

5. U yangilik shinavandasi va moda ishqibozi

5.	U yangilik shinavandasi va moda ishqibozi
Li Sol Chju Shimoliy Koreya birinchi xonimlari orasida o’z tashqi ko’rinishini keskin ravishda o’zgaрtirgan va sochlarini kalta ko’rinishda kesib tashlagan ilk ayoldir. Zotan unga qadar mamlakat rahbarlarining rafiqalari hamisha uzun soch bilan yurishgan. Bundan tashqari, ayolda g’arb brendlariga nisbatan ham katta qiziqish mavjud: uning aksessuarlari orasida Shanel va Dior sumkalari mavjud. Shuningdek boshqa shimoliy koreyalik aholi vakillaridan farqli ravishda u rahnamolar surati tushirilgan znachok o’rniga zamonaviy va qimmatbaho to’g’nag’ich taqishni afzal biladi.

6. U erini mamlakat ayollariga ko’proq erkinlik berishga ko’ndirgan.

6.	U erini mamlakat ayollariga ko’proq erkinlik berishga ko’ndirgan.
Li Sol Chju erinig keskin va qattiq fe’l-atvoriga qarshi bir tarzda uni mamlakat ayollariga turli yengilliklar berishga ko’ndira oldi. Shundan so’nggina Kim Chen In Shimoliy Koreya ayollariga shim va jinsi, qora kolgotka, baland poshna va plaftformali tufli kiyishga ruhsat berdi. Ularga berilgan “yengilliklar” qatorida velosipedda yurish imkoniyati ham bor.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook