просмотров
1.Tabiat qo’ynidagi ofis
Selgascano kompaniyasining arxitektorlari yoqimli va foydali narsalarni uyg’unlashtirib, o’zlari uchun ofisni o’rmonda joylashtirdilar. Endilikda ularning boshlari uzra devor emas, tabiat mujassam.
2.“Open Space” loyihali ofis
Bu ofisning katta qismi “Open Space” rusumida bajarilgan. Barcha xodimlarning bir xonada ishlashi Dropbox kompaniyasi ishchilarining jamoaviy ruhini ko’taradi. Osilib turuvchi matoli lentali original interyer faol muloqot chog’idagi baland ovozlarni bosadi.
3.Facebook kompaniyasidagi kampus
Facebook kompaniyasining xodimlari uchun oddiy ofis emas, 9 xonadan iborat butun kampus qurilgan. Bu yerda ishchilar xohlagan yerlarida ishlashlari mumkin: qulaygina kabinetda, keng mehmonxona yoki toza havo qo’ynida.
4.Google kompaniyasining ofislari
Google kompaniyasida birorta standart ofisning o’zi yo’q. Eng kreativ va talantli xodimlarni jalb qilish uchun rahbarlar ular uchun ijodiy muhitni yaratishga harakat qiladilar.
5.Ijodga undovchi ofis
Airbnb kompaniyasi ruhiyatiga mos tushuvchi ofis qurish uchun arxitektorlar 4 oy mobaynida kompaniya xodimlari yonida bo’lib, ularni o’rgandilar. Ular shunday makon yaratdilarki, ishchilarning o’zlari qachon va qayerda ishlash kerakligini tanlaydilar. Turfa ranglar, xilma-xil mebellar, ko’p joy – bularning hammasi xodimlarning kreativ va samarali mehnatini ta’minlaydi.
6.Futurik yer osti ofisi
Shvetsiyaning Bahnhof Office kompaniyasining ofisi Sovuq urush davridagi sobiq bombapanoh o’rniga qurilgan. Binoning tabiiy granit devorlari noodatiy mebel bilan birgalikda futurik ekzotika tasavvurini uyg’otadi.
7.Konteynerlardagi ofislar
Clive Wilkinson Architects kompaniyasi funktsional loyihani taqdim etdi. Arxitektorlar dengiz konteynerlarida ofis binolarini yaratdilar. Xonalarni yoritish uchun lyuminestsent lampalardan foydalaniladi, konditsionerlar esa ishchilar ko’proq vaqtlarini o’tkazadigan joylarga o’rnatilgan.
Сообщения из Facebook