просмотров
Xarrison Ford, "O'zga sayyoralik"
Stiven Spilberg o'z filmlariga birinchi darajadagi yulduzlarni taklif qilishni yaxshi ko'rar edi. Ammo, "O'zga sayyoralik" fimlini sur'atga olingandan so'ng, u kadrda Xarrison Fordning paydo bo'lishi, tomoshabinlarni faqatgina asosiy syujetdan chalg'itadi, degan fikrga keldi. Shuning uchun Ford ishtirok etgan, deyarli barcha sahnalar kesib tashlangan. Lekin, kengaytirilgan versiyada akterni orqa tomonidan ko'rish mumkin. U Elliot o'qigan maktab direktori rolini ijro etgan.
Frenk Abigneyl, "Qo'lindan kelsa, meni tut"
Film sobiq qallob Frenk Abigneylning hayotidagi ro'y bergan real voqealar haqida gapirib beradi. Hamda, Frenkning o'zi ham bu kartinada paydo bo'lis lazzatidan vos kecha olmagan. U polisiyachi rolini ijro etib, o'zining yosh versiyasiga kishan taqqan.
Devid Bekxem, "A.N.K.L. agentlari"
Futbolchi Gay Richining kartinasining boshida, sovet KGBsining sobiq agenti rolida paydo bo'ladi. Juda kamchilik mashxur Devid Bekxamni bunday ko'zoynaklar va mo'ylovlar ostida taniy olgan.
Piter Djekson, "Huddi dovyurak ayg'oqchlar kabi"
Piter Djekson o'z hamkasbi Edgar Rayt filmida, atigi bir necha soniyalargagina, paydo bo'lgan. Hamda uni ulama soqol va mo'ylovlar ortida deyarli tanib bo'lmaydi: Djekson, asosiy qahramonga pichoq bilan hamla qiladigan, Santaning rolini ijro etgan.
Сообщения из Facebook