просмотров
Nosir ad-Din Shoh Xojar - Eronning to'rtinchi shohi bo'lib, 1848-yilda hukmronlikni qo'lga kiritgan va 47 yil mobaynida mamlakatni boshqargan. Uning hukmronligi Eronning 3000 yillik tarixida eng uzoq hukmronlik davri bo'lgan.
1. Nosir ad-Din Shoh Xojar - haramning baxtli egasi.
Tarixchilarning fikriga ko'ra, Nosir ad-Din Shoh Xojar o'z davrida juda o'qimishli bo'lgan va ishratparastligi bilan mashhur bo'lgan. U shunchalik ishratga berilib ketganki, natijada yaqinlarining noroziligiga uchragan.
2. Ad-Din Shoh Xojar va fotograf Sevryugin fotosyomkadan oldin
Shoh Xojarning eng katta ehtiroslaridan biri - surat bo'lgan. U bolalaigidan suratga tushishni yoqtirgan, taxtga o'tirishi bilan saroyda birinchi fotostudiya ochishga qaror qilgan. 1870-yilda Tehronda rus fotograf Anton Sevryugin o'zining atelyesini ochadi va u Eron shohining saroy fotografiga aylanadi. Sevryugin Eronning fotoyilnomasini yaratgan va xizmatlari uchun faxrli unvon bilan taqdirlangan.
3. Guliston saroyiga asosiy kirish qismi
Rus fotograf shohning o'zini, uning erkak qarindoshlari va xizmatkorlarini suratga olishi mumkin edi. Fotolar ishqivozi Xojar esa haramni suratga olish huquqini o'zida qoldirgan. Tarixchilarning fikriga ko'ra, u yerda 100 ga yaqin kanizaklar yashagan.
4. Semizlik - go'zallikning asosiy mezoni
Nosir ad-Din Shoh suratlarni saroyidagi laboratoriyada o'zi chop etgan va ularni Guliston saroyida atlas albomlarda saqlagan. Guliston saroyi hozirda muzeyga aylantirilgan.
5. Tengi yo'q Anis al-Doleh - shohning eng sevimli ayoli (o'ngda)
Kanizaklarning g'ayriodatiy suratlari, qadimda Shia qonunlariga ko'ra, odamlarning yuzi, ayniqsa, ayollarning yuzini suratga olish man qilingan. Faqatgina mamlakatdagi qudratli insongina bu qonunni buza olardi.
6. Anis al-Doleh, yoki Davlatning Samimiy Do'sti
7. Tengi yo'q Anis al-Doleh (o'tiribdi)
Suratdagi ayollar haramdagi hayot haqidagi umumiy tasavvur uchun kurashadi - shohning ayollari o'z davri uchun juda zamonaviy va o'ziga ishongan bo'lishgan, ular fotoapparat obyektiviga noz-karashma qilmasdan, uyalmasdan, xotirjam qarashgan.
8. Nosir ad-Din Shoh haramdagi ba'zi ayollar bilan
Haramda ayollar orasida do'stona munosabatlar bo'lgan desa ham bo'ladi - ba'zi suratlarda sayrdagi ayollar guruhi tasvirlangan.
9. Haram piknikda
10. Haramda yashovchi ayollar ozg'in bo'lmagan
Suratlardan Eron shohining didini bilib olsa bo'ladi - barcha ayollar semiz, qalin o'sgan qoshlar va hatto mo'ylovlarni ko'rish mumkin. Ko'rinib turibdiki, ayollar ochlikdan aziyat chekmagan, jismoniy ishlar bilan shug'ullanmagan. ekspertlarning aytishicha, Guliston kolleksiyasida yalang'och suratlar ham bo'lgan, lekin ular yaxshilab berkitilgan.
11. Yosh kanizak kalyan bilan
12. Haramdagi ko'p kanizaklarning suratlarida ular balerinalarning pachkasi kabi kalta hurpaygan yubkalarda bo'lishgan(shaliteh) va bu tasodif emas.
13. Bilamizki, 1873-yilda Nosir ad-Din Shoh Aleksandr II taklifi bilan Sankt-Peterburgga borgan va baletni ham tomosha qilgan. Afsonalarga ko'ra, u rus raqqosalariga shu qadar maftun bo'lganki, o'z ayollari uchun ham shaliteh joriy qilgan. To'g'ri, kanizaklar musulmonlar ro'mollarini faqat fotokamera oldida rad qilishlari mumkin edi. Biroq bu faqatgina bir afsona bo'lishi mumkin.
14. Haram ayollari balet pachkalarida
Mutaxassis tafsiri
Foto to'plamni Sharqshunoslik institutida arab va islom tadqiqotlari markazining katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Boris Vasilyevich Dolgov sharhladi:
"Suratlardagi haqiqatdan ham ayollar. Ular hozir ko'pchilik o'ylashi mumkin bo'lgan germafrodit yoki erkaklar emas. So'zsiz bundaylar ham haramda bo'lgan, lekin ularni sir tutishgan, chunki Qur'on bunday narsalarni yoqtirmaydi. Go'zallikka kelsak... Barchamiz bilamizki, hammaning didi har xil. O'sish xususiyatiga kelsak, sharq ayollari uchun bu xos. Lekin haram egasiga "mo'ylovli" ayollarning yoqqanligini ham cheklab o'tmaslik lozim. O'sha davrda o'sib ketgan qoshlar urfda bo'lgan, semizlik esa go'zallik mezoni hisoblangan. Haramdagi ayollarga ataylab ko'p ovqat berishgan va harakat qilishlariga yo'l qo'yishmagan".
Сообщения из Facebook