Garri Potter filmi syujeti haqidagi ushbu ma'lumotlar siz uchun yangilik bo'lishi aniq.
Garri Potter va Ron Uizli Xogvardsagi o’qishni tugatishmagan
Voldemort vafot etgach, Ron ham, Garri ham Xogvartsga qaytishni istamay, o’qishni oxiriga yetkazmaganlar. Ular orasidan faqat Germiona barcha imtihonlarni topshiрib, bitiruvchilar qatoridan o’rin olgan. Biroq bu ularning Sehrgarlik vazirligiga ishga kirishlari uchun to’siq bo’lolmadi.
Garri va Ron qora afsunlar kurashchisi, Germiona esa sehr-jodu qonunlari bo’limiga ishga joylashgan.
Dambldor va Voldemort vafot etganlarida necha yoshda bo’lishgan?
Dambldor ajal bilan to’qnashgan paytda 115 yoshda bo’lgan. Umrbod yashashni orzu qilgan Voldemort bor-yo’g’i 71 yil yashab vafot etgan.
Ron, Germiona va Garri suratlari shokoladli qurbaqalar ustida paydo bo’lgan
Joan Roulingning so’zlariga qaraganda, Ron Uizli o’zi suratini shokoladli qurbaqalar ustida ko’rgan paytda yulduzga aylanadi. Ular bunday sharafga Voldemort hokimiyati qulagandan keyin sazovor bo’lishgan.
Yig’loqi Mirtl rolini ijro etgan aktrisaning yoshi 40 da bo’lgan
Arvoh qiz – yig’loqi Mirtl vafot etganda uning yoshi 14 da bo’lgan. Ushbu rolni esa o’z vazifasini a’lo darajada uddalay olgan 40 yoshli aktrisa Shirli Xendersonga ishonib topshirishgan.
Xagrid o’z patronusiga ega bo’lmagan
Ushbu sehr uning uchun juda murakkab bo’lgani bois Xargrid dementorlardan himoyalana olmagan.
Xogvarts — bepul o’quv maskani
Internet orqali sehr maktabida o’qish harajatlari hisoblab chiqilganda, Joan Rouling Xogvarsda o’qish mutlaqo bepul ekanligini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, maktabning barcha sarf-harajatlarini Sehrgarlik vazirligi ko’targan.
Film uchun yaratilgan Xogvard maketi 7 oy davomida 40 ta odam tomonidan qurib bitkazilgan
Dekoratorlar o’ta qisqa muddat ichida ajoyib bino maketini yaratishga muvaffaq bo’lganlar. Ayni paytda ushbu maketni tematik park ichida ko’rish mumkin.
Ko’zoynak – Daniel Redkliffning eng sevimli rekviziti
Garri Potterning tashrif qog’oziga aylanib qolgan dumaloq ko’zoynak rol ichrochisiga ham juda ma’qul kelgan. Suratga olish ishlari davomida uning uchun 160 ta ko’zoynak olib kelingan.
Joan Rouling qaqnus qushini juda yaxshi ko’radi
Asar muallifi 1000 yil umr kechirib, yonib ketuvchi va kuldan qayta yaralib, o’z ko’z yoshlari bilan insonlarni davolovchi qaqnus qushi obrazini juda yaxshi ko’radi.
Dambldorning eng katta orzusi – o’z oilasini birlashtirish bo’lgan
Professor insonning yashirin istagini namoyish etuvchi ko’zguda otasi, onasi va singlisini, akasining u bilan qaytadan yaxshi munosabat o’rnatganini ko’radi.
Asardagi afsunlar
Joan Rouling asardagi afsunlarni universitet tahsili chog’ida olgan lotin tili ko’nikmalari asosida o’ylab topgan.
Germiona obrazi – Joan Rouling avtoportretidir
Roulingning aytishicha, Germiona obrazi uning avtoportreti bo’lib, garchi qahramon undan aqlliroq bo’lsa-da, qizdagi bilimga bo’lgan intilish, ajoyib yechimlar topish sifatlarini aynan o’zidan kechib chiqqib yozgan.
Kings-Kross vokzali tasodifan tanlanmagan
Aynan shu yerda Roulingning ota-onasi tanishishgan. Shu sababli ham asar muallifi sehrgarlar olamiga olib boradigan platformani aynan shu yerda deb tasavvur qilgan.
Сообщения из Facebook