Hayrli tun, yo’lovchilar: Yo’lda uxlasa bo’ladigan avtobus
Hayrli tun, yo’lovchilar: Yo’lda uxlasa bo’ladigan avtobus
Jamoat transportida yurishni qulayroq qilish uchun odamlar nimalar o’ylab topishmaydi, ayniqsa, shaharlararo bo’lsa. Yaqinda Amerikalik entuziastlar barcha shaharlararo avtobuslarni uyqu uchun mo’ljallanan kapsulalar bilan jihozlashni tavsiya qildi.
Hozirgi kunda transport bozorida juda ko’plab yangiliklar bo’lib, xuddi hech nima bizni hayratlantirmaydigandek tuyiladi! Masalan, avtobus haqida, yana nima o’ylab topish mumkin. Ko’p ekan! Dunyoda avtomobil bilan sayohat qilinadigan mamlakatlar yetarlicha, misol uchun, Rossiya, AQSh, lekin bu transport juda ko’p vaqt oladi. Aynan Amerikada sayohat vaqtini uyqi bilan qisqartirsa bo’ladigan konseptual avtobus o’ylab topishdi. Albatta, istalgan avtobusda uxlab qolishingiz mumkin, biroq “Cabin”da uydagi qulaylik bor.
Xo’sh, konseptual avtobusning o’zgachaligi nimada? Uning farqi shundaki, salonda oddiy yo’lovchi o’rindiqlari o’rniga mahsus kapsulalar yoki yo’lovchi bo’limlari bor, unda odamlar yota oladi.
Uyqu uchun ajratilgan bo’limlar katta emas, lekin shunga qaramasdan, u yerda qulay joylashish mumkin. Kitob o’qishingiz yoki gadjetingizni o’ynashingiz mumkin. Ichida matras, ko’rpa va yumshoq yostiq bor, bu yoqimli uyqu uchun kifoya. Yana kapsulaning alohida svetodiod yoritgichi ham bor.
Cabin kapsulalari yaratuvchilari uni istalgan avtobusga o’rnatish mumkinligini aytmoqda, biroq bu yo’lovchilar sonini keskin kamaytirib yuboradi. Shu sababdan ishlab chiqaruvchilar kapsulalar uchun ikki qavatli avtobuslardan foydalanishni taklif qilmoqda. Yana ushbu “qulay reyslarni” faqat orasi eng uzoq shaharlar uchun yurgizishmoqchi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook