просмотров
8. Xonning tashqi ko'rinishi haqida aniq faktlar mavjud emas
Chingizxonning maktab darsliklarida va boshqa adabiyotlarda suratlari ko'pligiga qaramasdan, hech kim uning aslida qanday ko'rinishda bo'lganligini ayta olmaydi. Ba'zi tarixchilar uning sochlari qizil bo'lganligini taxmin qilishadi.
9. Ko'p bolali ota
Chingizxon uning avlodlari qancha ko'p bo'lsa, shuncha katta ahamiyatga ega bo'ladi deb o'ylagan, shuning uchun ham bekor o'tirmagan. Ekspertlarning fikriga ko'ra, hozirgi kunda uning avlodlari osiyoliklarning 8%ini tashkil etadi.
10. Mo'g'ulistonning milliy qahramoni
Mo'g'ullarning oliy davlat sovrini - Chingizxon ordeni hisoblangan. Uning portreti mog'ul qog'oz pullariga, suvenirlarga tushirilgan, uning sharafiga turli mehmonxonalar, restoranlar, avialaynerlar nomlangan.
11. Eronliklarga qarshi genotsid siyosati
XIII asrda Xorazm imperiyasi Chingizxon mo'g'ul armiyasi sababli qulaydi, dushmanning hujumidan yo'q bo'lib ketishga oz qoladi. O'sha davrda xon jangchilarining 3/4 qismini eronliklar tashkil etgan. Oradan 700 yil o'tibgina, aholi mo'g'ul darajasiga yetadi.
12. Chingizxon turli dinlarga nisbatan adolatli bo'lgan
Hukmdor bo'sh vaqtlarida islom, buddizm, daotsizm, xristian dinlarini o'rgangan. U Mo'g'ullar imperiyasida turli dinlarga e'tiqod qiluvchilar yashay olishini xohlagan.
13. Jinoyatlarni jazolagan
Buyuk xon insonlarni o'zi chiqargan qonunlarga bo'ysungan holda baxtli yashashlariga qo'yib bergan. Har qanday qonunbuzarlik qattiq jazolangan. Masalan, Xorazm davlatidagi shahar hokimiyati Chingizxonning tijorat karvonini bosib olib, savdogarlarni o'ldirish uchun 100 ming jangchilarini yuboradi. Natijada minglab aholi o'ldirilgan, hokimning ko'zi va og'ziga eritilgan kumush quyishgan.
14. Sirli o'lim
Chingizxon 1227-yilda 65 yoshida vafot etgan. Buyuk hukmdorning dafn etilgan yeri sirligicha qolgan, o'limi sabablari haqida esa turli mish-mishlar tarqalgan. Manbalarda uning o'limiga turli sabablar: kutilmagan kasallik, otdan yiqilib tushish kabilar keltirilgan. Bundan tashqari, uning yosh tangut malikasi tomonidan pichoqlab o'ldirilgani haqida ham mish-mishlar uchraydi.
15. Insoniyat tarixidagi eng yirik kontinental imperiya
Chingizxon - insoniyat tarixidagi eng yirik kontinental davlat asoschisi. Mo'g'ullar imperiyasi Yer yuzasining 16,11%ini, ya'ni, 9,266 million kv. km maydonini egallagan. Imperiya o'zida Dunaydan Yapon dengizigacha hamda Novgoroddan Kambodjagacha bo'lgan masofani qamrab oladi.
Сообщения из Facebook