Havfli go’zallik: 15 qotil – gullar!
Havfli go’zallik: 15 qotil – gullar!
Havfli go’zallik

Shahar gulzorlari, uylarning bog’chalari, har hil maydonlar va bog’larni juda ko’plab turli gullar bezab turadi. Har doim o’z bog’ida o’zining noyob go’zalligi bilan dilni hushnud etib, atrofdagilarni lol qoldiradigan antiqa gul ekishni odam istaydi. Ammo ogoh bo’ling! Shunday gillar borki, ular o’z go’zalligida havfni yashirib turadi. You! Jurnali 15 ta shunday gullar haqidagi maqolani siz uchun tayyorlagan. Ogoh bo’ling!

1. Delfinium yoki jivokost

1.  Delfinium yoki jivokost

O'simlikning xamma qismlari, ayniqsa tomiri va mevalari, alkaloidlarni o'zida saqlayda. Alkoloidlar zaharli o'simliklarning hususiyatlarini belgilab beradi. O'simlik turiga qarab alkoloidlarning miqdori va tarkibi keskin farqlanadi. hamda u yil fasli va o'simlikning o'sish joyiga bog'liqdir. Jivokostning alkoloidlari akonitlarning alkoloidlari bilan bir filogenetik guruhga mansub bo'lib, o'z fiziologik ta'siri bilan o'xshashdir.  Jivokost - havfli zaharli o'simlik. Markaziy nerv sistemasiga yomon ta'sir qilib, shu bilan bir vaqtda oshqozon ichak yo'llari va yurak tomir sistemasiga ham ta'sir qiladi. Delfinining toksik dozalarida o'lim nafas olish paralichi bilan yurak shikastlanishdan sodir bo'ladi.

2. Sikuta

2. Sikuta

Ko'rinishidan bu o'simlik juda beozor, oq gullar idillk soyabonchalarga yig'ilgan. Qizg'ishroq tekkis poyasi va qiritilgan mevalar (yoki sabzi) hushbo'y hidini taratuvchi ildizi shirin ta'mga ega. ammo bu ta'mni bilgan odamning sho'ri quriydi! Qiziquvchalik uchun chora soatdan keyin qimmat baho to'laydi. Unda qorinda kichli og'riq boshlanadi, so'lak oqishi, qusish va ich ketishi, keyin talvasalar - yurak va nafas olishni to'xtatishi mumkin.

3. Boligolov

3. Boligolov

Ko'pgina olimlar Suqrotning qotili bo'lib boligoliv krapchat edi degan fikrga keladilar. Bu o'simlik Gresiyada xamma yerda o'sgan. Boligolov bilan zaharlanganda vujudga keladigan alomarlar Suqrot o'limidan oldin his etgan belgilarga juda ham o'xshash. Inson oshqoziniga tushgach boligolovning sharbati (yoki damlamasi) ko'pincha ko'ngil aynishni, qusish va ich ketishni keltirib chiqaradi. Sezuvchanlikni yo'qitish va oyoqdan boshlab sekin asta shollanish boshlanadi. So'ng nafas olish to'xtashi o'limga olib keladi. Boligolovga o'limga olib kelish uchun ikki soatgina etadi. Qadimgi Gresiyada u rasmiy jallod rolini bekorga ijro etmagan. 

4. To'q qizil naperstyanka

4. To'q qizil naperstyanka

Naperstyanka - to'garak gulzorlar va detektiv romanlar qirolichasi. Eng ko'p o'qiladigan detektivlar muallifi - Agata Kristi asarlari sahifalarida bu o'simlikning nomi eng ko'p uchrasa kerak. Uning "O'lik o't" hikoyasida naperstyanka yosh qiz o'limi va boshqa ikki qahramonlarning  mazasi qochishining sababi bo'lgan. Shalfey bilan birga terilgan bu o'simlik piyoz bilan aralashtirilib so'ng o'rdakka qoshib tayyorlangan edi.

5. Belladonna

5. Belladonna

Belladonna yoki  uyqusiragan karaxtlik tabobat olamiga eramizdan 1500 yil avval ma'lum bo'lgan. Venesialiklar bu o'simlikni "herba belladonna" deb atashgan. Chunki uni ayollar distillangan suv bilan birga kosmetik vosita sifatida iste'mol qilganlar. O'simlik, ayniqsa barglari, xammaga mashhur atropin, asparagin, ohak va boshqa ishqorli moddalari bor. Atropin o'zgacha proporsiyalarda bo'lsada ildizida ham mavjud. Belldanna o'txo'r hayvonlar uchun bezarar bo'lsada, inson uchun juda zaharli.

6. Akonit

6.  Akonit

Bu baland o'simlik to'q ko'k rangli gullar bilan bezalgan bo'lib, o'zining ulugligi bilan shohona kimsalarni eslatib turadi. Ozining zaharliligi bilan ham o'simliklar shohi deb hisoblansa bo'ladi. Qadimgi germanlar uning gullarini Torning temir qalpog'i bilan qiyoslashgan bo'lib, uning sharbatida dushman bilan urishga yoki ovga chiqish oldida o'z qurollarini ushlab turishgan. O'simlikda o'limga olib keluvchi zahar - akonitin bor. O'simlikning barcha qismlari zaharli, lekin eng yomoni uning to'garak gullari bo'lib, ko'pincha ularni selder bilan adashtirishadi.

7. Savrinjon kuzgi

7. Savrinjon kuzgi

Bu gul xar qanday dala hovlini bezatish uchun ideal nomzod. Ammo xar qanday asal bochkasi ichida bir qoshiq qatron bor deganlaridek, savrinjon nihoyatda zaharli. O'simlikning barcha ham ustki ham yer ostki qismlari zaharli. Shuning uchin gulni olishda qo'lqoplardan foydalanish kerak, bo'lmasa teri kuyishi mumkin.

8. Mingdevona qora

8. Mingdevona qora

O'simlikning barcha qismlari zaharli. Ammo ko'p hollarda uning urug'lari bilan zaharlanadilar. Urug'larda o'simlikning boshqa qismlari singari kuchli ta'sir etuvchi alkoloid - giossiamin, skopolamin va atropinlari bor. Zaharlanish yuz berganda avval og'iz qurishi, teri qizarishi, so'ng toshmalar toshishi, chanqoq, ko'ngil aynishi, qusish, yurak faoliyati buzilish, tomir tortishishlar va oxiri ruhiy tartisizlik ro'y beradi. Zaharlanish belgilari juda tez: 10 min dan to 15 soatgacha vaqt ichida yuzaga chiqadi. Birinchi belgilar paydo bo'lgandayoq shifokorga murojat qilish lozim. 

9. Uyqu o't

9. Uyqu o't

Bu o't yangi uzilgan, xomligida zahar, quritilgan holda esa doridir. Bunday sifatlari protoanemonin nomli prostreletoksin borligi bilan shartlangan. Quritish jarayonida toksin parchalanib, zaharli xususiyatlar yo'qoladi. Yangi uzilgan, quritilmagan o'simlikni ichga qabil qilish mumkin emas. Bu narsa og'ir zaharlanish va hattoki o'limga olib keladi. Uning sharbati teriga tegsa kuchli kuyishga olib keladi.

10. Tamarissifoliya

10. Tamarissifoliya

Ko'pchilik dala xovlisini dekorativ ignabarglilar bilan bezatishni istaydilar. Ular xar doim territoriyada shinamlikni yaratadi. Faqat Tamarissifoliya archasini sotib olayotib extiyot bo'ling. O'zining ignabargli qarindoshlaridan farqli u o'ta zaharli. Mevacani ta'mini tatib ko'rib jiddiy zaharlanish mumkin. Lekin bu hammasi emas. O'simlikni ekish va parvarishlash jarayonida ignali shohlar bilan yaralanish juda oson. Bunday yaqin kontaktdan so'ng, ayniqsa siz qo'lqopsiz bo'lgan bo'lsangiz, qo''laringizda zaharli sharbat tegishi bilan vujudga keladigan teri yalliglanishi kelib chiqadi.

 

11. Alp atirguli Rododendrum

11. Alp atirguli Rododendrum

Qanoatli va go'zal gul. Soyali joylarda u sizni turfa xil rangdagi gullari bilan hushnud etadi. Shu bilan u o'z go'zalligini himoyalay oladi. Kimdir bilmasdan yoki qiziquvchanligi sababli O'simlikning xar qanday qismini tatib ko'rsa, achinarli  natija ko'p kuttirmaydi. Birinchi belgilar bo'lib so'lak oqishi va koz yoshlanishi boladi. Keyin qusishga aylanadi. So'ng pulsning sekinlashuvi, qon bosimi pasayishi kuzatiladi. Agar organizmga tushgan zagar dozasi katta miqdorda bo'lsa, tomir tortishishlar, koma va o'limga olib kelishi mumkin.

12. Gortenziya

12. Gortenziya

Bu go'zal, bog'lardagi gulxonalar va gulzorlarda tez tez uchratish mumkin bo'lgan gulni, o'z dala xovlisida yoki bog uchastkasiga odamning ekkisi keladi. Agarda siz bu gulning go'zalligiga uchib, o'z uyingiz yonida o'stirsangiz, erta yozdan to kech kuzgacha yaqiningizda bo'ladigan, potensial qotilni  yashashga kiritgan bo'lasiz. Bu o'simlik ildizidan to barglarining uchigacha havfli. Ayniqsa uning g'unchasi eng havflidir. Bu o'simlikning hattoki bir bo'lagi organizmga tushishi sionist kaliy iste'mol qilish oqibatlari bilan tengdir! Nafas qaytishi, hushini yo'qotish, tomor tortishishi, puls tezlashuvi, arterial bosimning pasayishi va hattoki o'lim - bu gul bilan extiyotsizlik bilan muomalada bo'lishning baxosi shunday. Shuning uchun o'zingiz va yaqinlaringizni potensial havfdan saqlashga harakat qiling.

13. Nargis

13. Nargis

Kirib kelayotgan bahor ramzi bo'lgan nozik gul. Bu go'zal gullarga qarab ilk quyoshli va kunlar iliq kunlardan bahramand bo'lish uchun ularni sotib olishdan o'zini tiyib turolmaydi kishi. Uyingizga bunday guldastani olib kelgach bilinki, uni iste'mol qilmasdan ham o'z sog'lig'ingizga zarar etkazishingiz mumkin. Siz uning yonida bo'libgina bosh og'riq sezishingiz hamda allergiya alomatlari vujudga kelishi mumkin. Agarda uni ta'mini tatib ko'radigan bo'lsangiz, oqibatlari yanada masshtab holda bo'ladi: ko'ngil aynish va qusish, konvulsiyalar va hushini yo'qotish, shol bo'lish va o'lim. Shuning uchun ularni qo'lda ushlaganda ham sharbati ochiq yaralarga tegmasligiga e'tibor bering, yaxshisi qo'lqop bilan foydalaning. 

14. Oleandr

14.  Oleandr

O'z bog'ingizni bu gul bilan bezaganda uni havfliligini yodda tuting! Uning bittagina bargi ham kichkina bolani o'ldirish uchun yetarli darajada zaharli. Xattoki o'limdan qutilib qolsada, yurak faoliyati va markaziy nerv tizimi faoliyati buzilishi kabi og'ir asoratlari umirbod qoladi.

15. Tog'li dafna daraxti yoki kameliya

15. Tog'li dafna daraxti yoki kameliya

Bu gul rododendronning qarindoshi bo'lib, shu sababdan ham o'ta havfli. Hattoki uning changi ham havfli.  Bu gulni uzib, hidlab ko'rishni hayolingizga ham keltirmang! Gulning xar qanday zarrasi organizmga tushishi ko'z yoshlanishi, burin oqishi, sulak oqishi, nafas bo'g'ilishi, buyrak faoliyati to'xtashi, shollik, konvulsiyalar yoki o'limga olib keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook