Ish va o’qishdan haydalgan buyuk shaxslar tarixi: Muvaffaqiyatli ikkichi va chalasavodlar
Ish va o’qishdan haydalgan buyuk shaxslar tarixi: Muvaffaqiyatli ikkichi va chalasavodlar
Agar universitet, institut, kolledjdan haydalib ketayotgan bo’lsangiz yoki allaqachon haydalib ketgan bo’lsangiz va talabalik hayoti muddatdan avval tugagan bo’lsa nima qilish kerak ...? Yoki muvaffaqiyatlaringiz na ota-onangizni, na o’qituvchilarni, na o’zingizni qoniqtira olsa? Xursandchilik uchun sabab yo’q. Yoki bormi?

Agar hozirchanima bilan shug’ullanishni bilmayotgan bo’lsangiz, mana bir necha mashhur ikkichilar hamda chalasavodlarning biografiyasidan bir necha misol: ular muvaffaqiyatning tenglamasini aniq bilgan – baxtga yo’l yo’q edi, lekinbaxtsizlik yordam berdi.

Muvaffaqiyatli va mashhur, badavlat va yetuk odamlarning orasida, albatta, a’lochi talabalar ham bor, "botanik"lar shakllanishining va muvaffaqiyating o’z tarixi bor, lekin hozir gap ular haqida emas.

Albert Eynshteynning quyidagi so’zlarini doimo yodda tuting: "Agar siz baliqni daraxtga chiqish qobiliyati bo’yicha baholaydigan bo’lsangiz, u umrbod o’zining ahmoqligiga ishonib yashaydi". Huddi shu o’rinda Jeyms  Reyning ham gapini keltiraylik: "Haqiqiy muvafaqiyat istamagan narsangizdan yuz o’girib, o’zingiz xohlagan narsangizda e’tiboringizni jamlagan paytda keladi”. "Dalil kerakmi? Ular keragidan ham ortiqroq, marhamat:

Lyudvig van Betxoven xatolar bilan yozgan, bo’lish bilan ko’paytirishni Aleksandr Dyuma singari umuman o’zlashtira olmagan.

Vladimir Mayakovskiy o’zini o’qish bilan qiynamaganlini aniq, u hatto "Anna Karenina" romanini ham o’qib tugata olmagan.

Volterning otasi u va uning ukasi to’g’risida faqat: "Men ikkita ahmoqni ulg’aytirdim. Bittasi nasriy, ikkinchisi shoirtabiat ahmoq” degan.

Napoleon matematikadan tashqari boshqa hech qanday mavzuda o’z bilimlari bilanporlamagan. Uolt Disney maktabda o’qishdan ko’ra ko’proq uxlab o’tirgan (u oilasiga yordam berish uchun haddan tashqari ko’p ishlagan), undagi besh baholari esa faqatgina rassomchilik darslaridan bo’lgan. 

German imperiyasining bo’lajak kansleri Otto fon Bismark zo’rg’a o’qigan, ishlashi esa undan ham badtar bo’lgan: u ishga faqat “tanish-bilish” orqali kira olgan. Og’ir mehnatni bajarishni uddalay olmagani uchun keyinchalik u yoki haydalib ketar  yoki o’zi tashlab ketar edi.

Albert Eynshteyn - nisbiylik nazariyasining yaratuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori, birinchi urinishidayoq oliy o’quv yurtiga o’qishga kira olmagan, gumanitar fanlarni tushunishi juda qiyin bo’lgan, ayrim shifokorlar esa unda autizm borligi to’g’risida qasam ichishga tayyor edi. Bir marta Eynshteyndan Yerdan Oygacha bo’lgan masofa qancha ekanligi so’ralgan. Eynshteyn buni bilmasligini aytgan. Unga har bir o’quvchi buni bilishini aytilgan edi. Nobel mukofotisovrindori "Agar men bunaqa mayda narsani bilishim kerak bo’lsa, uni qayerdan topishni bilaman. Men o’z aqliy kuchimni bundan ancha muhimroq narsalarga yo’naltirishim kerak" deb javob bergan.

Sergey Pavlovich Korolyovning nazoratida ballistik va geofizik raketalar, birinchi sun'iy yo’ldoshlar hamda "Vostok" bilan "Vosxod" kosmik kemalari yaratilgan. Lekin u butun umri davomida zo’rg’a uch bahoga o’qigan.

"Olcha bog’i" lirik pyesasining muallifi, “abadiy talaba” nima ekanligini juda yaxshi bilgan. Anton Pavlovich Chexov gimnaziyada ikki marotaba ikkinchi yilga qayta o’qish uchun qoldirilgan.

Aleksandr Nikolaevich Ostrovskiy – ijodi rus milliy teatri rivojlanish davrining o’ta muhim bosqichi bo’lgan rus dramaturgi universitetning ikkinchi kursida ikkinchi yil qayta o’qishi uchun qoldirilgan.

Rus adabiy tanqidchisi Vissarion Grigoryevich Belinskiy birinchi kursda 3 yil qolib ketgan va “qobiliyati chegaralanganligi tufayli” o’qishdan haydab yuborilgan.

Shoir Vasiliy Jukovskiy 9 yoshida maktabdan "mehnatga layoqatsizligi uchun" haydab yuborilgan.

Georg Vilgelm Fridrix Gegel - nemis faylasufi, nemis klassik filosofiyasining ijodkorlaridan biri. Uning attestatida "So’z tuzish mahoratiga ega emas, hafsala va bilimi bilan ajralib turmaydi, ayniqsa, falsafa sohasida" deb yozib qo’yilgan edi.

Litseyda Aleksandr Sergeyevich Pushkinning o’qishi maqtangudek bo’la olmagan. Kelajakdagi buyuk yozuvchi va shoir arifmetika darslarda yig’lagan paytlari ham bo’lgan. Attestatsiyadan keyin esa  diplom bilan taqdirlanish marosimida u oxiridan ikkinchi bo’lgan.

Lekin uning omadi boshqalarga nisabatan ko’proq bo’lgan desa ham bo’ladi, chunki, masalan  Maksim Gorkiyning ta’limi maktabda 2 ta sinf, nazariy kosmonavtikaning asoschisi – rus va sovet olimi va ixtirochisi, oddiy maktab o’qituvchisi Konstantin Eduardovich Siolkovskiyning ta’limi – gimnaziyadagi 2 ta sinf; roman va ocherklari bilan tanilgan mashhur ingliz yozuvchisi Charlz Djon Xaffem Dikkens atigi 3 ta sinf chegaralangan.

Eng mashhur amerikalik me’morlardan biri Frank Lloyd Rayt atigi bir yildan keyin Viskonsin-Medison universitetidagi o’qishni tashlab ketgan. Uning o’limidan keyin 500 dan ortiq loyihalar qolgan: shu jumladan Nyu-Yorkdagi Solomon Robert Guggenxaym muzeyi ham.

Pyer Kyuri, Tomas Alva Edison, Karl Linney, Lui Paster, Semyuel Morze, Aleksandr Gertsen, Vissarion Belinsky, Jorj Bayron, Edgar Allan Po, Nikolay Gogol, Charlz Darvin, Onore de Balzak, Uinston Cherchill, Robert Berns, Valter Skott maktabda qobiliyatsiz o’quvchilar deb baholangan. Maktabni tark etib ishlashga majbur bo’lganlar qatorida Benjamin Franklin, Jerom Klapka Jerom, Mark Tven, Teodor Drayzer, Uilyam Shekspirarni sanab o’tsa bo’ladi. Tomas Alva Edison, Jorj Vashington, Uinston Cherchill, Nikolay Gogol, Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy, Bernard Shou, Charli Chaplin va yana ko’p boshqalar oliy o’quv yurtlarida hech qachon tahsil olmagan.

Endi esa zamondashlarimiz orasidan ikkichilar, uchga o’qiganlar va chalasavodlarni ko’rib chiqaylik: dunyoda eng yuqori haq to’lanadigan golf o’yinchisi – o’z vaqtida Stenford universitetida o’qishdan bosh tortgan Eldrik Tont Vuds, ya'ni Tayger Vuds bugungi kunda yiliga 100 million AQSH dollaridan ortiqroq daromadga ega.

Vsikonsin kolledjida falsafani o’rganayotgan Xarrison Ford kinodagi atigi bir necha rollar tufayli bitirish imtihonlarini topshirishdan bosh tortgan va xatto duradgor bo’lib ham ishlagan. Bugungi kunda aniq bo’lishicha, o’sha paytda maqsad to’g’ri belgilangan. O’n yil o’tgach, unga baribir rejissyor Djordj Lukasning "Amerikacha Graffiti" filmida rollardan biri tegdi.

Mashhur aktyorTom Xenks ham o’qishni tashlagan edi, chunki teatrda o’ynash istagi yengib chiqqan edi.

Chak Norrisning xotiralaridan: “Men birinchi imtihon to’g’risidagi barcha fikrlarimni boshimdan chiqarib tashladim. Vaqtni o’zimning muvaffaqiyatsizligimga afsuslanishga sarflasam, bu mening ongimda qatib qolishini tushunardim. Tanqidchilardan ko’pincha rolni juda bema’ni tarzda o’ynashim to’g’risida eshitar edim. Xo’sh, ularning fikrlaricha men nima qilishim kerak? Bir marta xatto aktyorlik maktabiga borishni ham rejalashtirganman. O’sha kuni  uyga qaytib, pulimni sanab chiqqan edim. Pulning o’zi yetarli emas edi. Keyin aktyorlik maktabiga bormayman, deb qaror qildim. Bormadim ham".

Aktyor Aleksandr Zbruev o’n yil o’qib faqat ikkichi bo’lgan. U bir necha marta haydalgan, ikkinchi yilga qoldirilgan, lekin u baribir dasrlardan ko’ra filmlar bilan sportni afzalroq ko’rar edi. Ota-onalari uchun muqobil kundalik daftari tutilgan edi, u erda Sasha o’ziga o’zi chidasa bo’ladigan baholar qo’yar edi.

AndreyTarkovskiy maktabda surunkali ravishda hech narsaga ulgura olmas edi. U arifmetika bilan himiyaga umuman qiziqmas edi, adabiyotdan "uch", chizmachilikdan esa faqat  "ikki" baho olar edi.

Mashhur rejissyor Djeyms Kameron, oilasi bilan Kanadadan Kaliforniyagacha ko’chib o’tganidan keyin universitetga o’qishga kirdi. Biroq, o’qishni tashlab va u bir ofitsiant qizga uylandi va yuk mashinasi haydovchisi sifatida ish boshladi. Kunlardan bir kun"Samoviy urushlar" filmini tomosha qilgandan so’ng, Djeyms Kameron rejissyor bo’lishiga qat'iy qaror qildi. Va u o’z maqsadiga erishdi. Biz uning ishlarini juda yaxshi bilamiz - "Terminator”, “O’zgalar”, “Tubsizlik”, “Haqiqatgo’y yolg’on”, “Titanik”, “Avatar" olamshumul filmlari.

"Muqadas yurak" ayollar monastir maktabining (Manxetten) ayol talabasi Stefani Joan Andjelina Djermanotta, bu maktabni bir yildan keyin tashlab ketganidan keyin endi Ledi Gaga sifatida tanilgan. Kuychi bo’lish orzusi juda kuchlilik qildi.

Rossiya estradasining primadonnasi Alla Borisovna Pugachyova tinmay faqat uch bilan to’rt baholarini almashtirib o’qigan, lekin ashula darsidan doimo mustahkam "besh" baho olgan.

Bu borada Enriko Karuzo omadi sal sekinroq chopgan. Uni o’qitgan musiqa o’qituvchisi uning ovozi hunuk va hech qanday musiqiy qobiliyati yo’qligiga amin bo’lgan. Shuning uchun ham u doim "Sen qo’shiq kuylay olmaysan, chunki ovozing yo’q. Sen derazadagi eshiklarning g’ichchillashi kabi kuylaysan ..." der edi.

Garvardda o’qigan Mark Sukerberg tomonidan dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri "Facebook" ni kashf etilgan. Sukerberg 2004 yilda 20 yoshida Garvarddan haydalgan. Shu paytning o’zida Pal-Altoda u tomonidan kompaniyaga asos solingan.

“Pixar” hamda “Apple” kompaniyalarining asoschisi Stiv Djobs universitetda to’liq ta'limolganida bugungi kunda olam Iphone, Ipod, Ipad mahsulotlarini ko’rishi dargumon edi. U 1973 yilda 18 yoshida kollejdan haydab yuborilgan. 1976 yilda Ronald Ueyn bilan va (shundan sal avvalroq u ham o’qishni tashlagan edi) Stiv Voznyak bilan birga "Apple" kompaniyasini tashkil etgan. Bu kompaniyaning boshlang’ich mablag’i atigi 1300 AQSH dollarini tashkil etgan.

Dunyodagi eng badavlat odamlardan biri Bill Geyts 1975 yilda 20 yoshida Garvard universitetidan haydalib ketgan. Shu yilning o’zida utomonidan "Microsoft" kompaniyasiga asos solingan. 2007 yilda Garvard universiteti 51 yoshli Geytsni ramziy diplom bilan taqdirladi.

Yuqorida zikr etilgan ikkichilar, chalasavodlar o’qishdan haydalib ketganidan keyin nima bilan shug’ullangan? Yo’q, ular qo’l qovushtirib o’tirganlari yo’q, o’zlarining baxtsiz taqdiri ustidan kuyinib o’tirmaganlar. Ular o’z orzulari sari ikki barobar qat’iyat bilan intila boshlaganlar. O’zingizniki bo’lib ko’ringan sohaga e’tiboringizni qarating. Axir vaqt - bu  puldir, har daqiqadan oqilona foydalaning. Hali ham tasodifan omadga ishonasizmi? Omad ishonganingiz yaxshi, ammo u tasodifan kelmaydi! O’zingizga ishoning - va boshqalar nima deyishidan qat’iy nazar, dunyoning chekkasida bo’lsangiz ham, omad sizni o’zi topib keladi!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook