Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari
Kaloriyani hisoblash orqali ozishni osonlashtirish usullari
Sog’lom turmush tarziga oid istalgan maqolada ozish uchun sport bilan shug’illanish lozimli haqidagi so’zlarga ko’zimiz ko’p tushadi. Sport bilan uyg’unlashtirilgan foydali taomnoma esa natijalarning yanada samarali bo’lishiga olib kelishi tayin. Buning uchun kaloriyalar hisobi va qaysi mashg’ulot qancha kaloriya sarf etishga ko’maklashishini bilib olish kerakdir.

Kaloriya - inson organizmi taom orqali oladigan va harakatlari tufayli sarf etuvchi quvvat birligidir. Har bir mahsulot ma’lum miqdordagi kaloriyaga ega. Inson tanasi badanning me’yoriy haroratini ushlab turish, qon bosimi va boshqa yumushlar uchun tananing har bir killogrami hisobiga soatiga 1 kilokaloriya sarf etadi. 

Inson organizmi harakatlanish uchun quvvatni quyidagi manbalardan qabul qiladi:

1.    Kun davomida iste’mol qilingan ovqat

Ko’p hollarda bu organizmning me’yoriy holatini ushlab turishga sarflanadi.

2. Yog’ to’qimalarining parchalanishi

Bu ozishni maqsad qilgan insonlarning asosiy istagi bo’lib, yog’ to’qimalarining parchalanishiga jismoniy mashqlar va to’g’ri taomlanish tartibi orqali erishiladi.

3. Mushaklarning parchalanishi

Afsuski tana ba’zan quvvatni yog’ to’qimalaridan emas, mushaklardan oladi va bunda mushak to’qimalari parchalanadi, yog’lar esa o'z o’rnida qolaveradi.

Inson xatto uhlayotgan holatida ham kaloriya sarflaydi. Istalgan turdagi jismoniy faollik esa kaloriyalar sarflanishini kuchaytiradi. Bu borada sizga kaloriyalar jadvali ko’mak beradi. 

Kaloriyalarning sarf etilishiga doir yana bir qancha omillar bo’lib, jismoniy mashqlarni bajarishga kirishishdan avval ularni inobatga olib qo’yish lozim. Toza havoda o’tkazilgan mashg’ulot ko’proq kaloriya yo’qolishiga yordam beradi. 

Baland bo’yli ozg’in insonlar, to’ladan kelgan insonlarga nisbatan tezroq kaloriya yo’qotadilar. Yaxshi kayfiyat ham kaloriyalarning jadal sarflanishiga olib keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook