Juda tez vaqt ichida “aqlli” kuzatuv kameralari va maxsus dasturlar savdo tizimidan kassa apparatlari hamda ular bilan birgalikda kassirlarni ham chetga chiqarib qo’yadilar.
O’zining kassirlar va navbatlarsiz ekanligi bilan e’tiborga tushgan mazkur do’kon nihoyat Amazon kompaniyasi tomonidan ochildi va bu kompaniyaning mazkur yo’ldagi dadil hamda shaxdam qadami bo’ldi.
Ikki yil avval Amazon kompaniyasi istiqbolda savdo tizimlari kassa apparatlari va sotuvchilarning xizmatlaridan holi bo’lgan yangi namunasi – Amazon Go texnologiyasini taqdim etgan edi. Shu paytda Sietlda kompaniya o’zining birinchi avtomatlashgan do’konini ochgan edi. Shunday bo’lsa ham, bu do’konni “ochilgan” emas, “yaratilgan” deya atasak to’g’riroq bo’ladi, chunki uning qanchalar muvaffaqiyatli va ajoyib ekanligini baholash imkoniyati kompaniya hodimlarining o’zlaridan tashqari hech kimga berilmadi.
Biroq, 2017 yilning 22 yanvaridan buyon sotuvchilar va kassalarsiz ishlaydigan qiziqarli do’konga xohlagan kishi bemalol tashrif buyurishi mumkin. Bu haqida kompaniyaning Twitterdagi rasmiy sahifasida savdo tizimining vakillari tomonidan bir kun oldin bayonot berildi. Kompaniya mijozi bo’lib qolish juda oson. Do’kondan amaldagi mijozlarning har biri bemalol foydalanishlari mumkin.
Yuqori texnologiyaga ega bo’lgan savdo shahobchasining xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif buyuruvchilar o’z mobil aloqa vositalarida AmazonGo deb ataladigan maxsus dasturni ishga tushirishlari kerak. Bundan keyin tashrif buyuruvchi inson kiraverishdagi turniketda joylashgan QR-identifikatorni skanerdan o’tkazadi. Shundan so’ng mijoz bemalol savdo zaliga kirib o’ziga kerak istalgan mahsulotni peshtaxtadan olib ketaveradi.
“Xarid qilish” jarayoni kuzatuv kameralari tomonidan nazorat qilinishi yo’lga qo’yilgan. Kameralar o’zlarining “o’tkir ko’z”lari bilan mahsulotlarni aniqlab, xaridorning virtual savatchasiga qo’shib qo’yadilar.
Shunda agar mijoz mahsulotni qaytadan peshtaxtaga qo’yib qo’ysa, kamera u harid qilingan buyumlar ro’yxatidan o’chirib tashlanadi. Barcha kerakli narsalar tanlab olinganidan so’ng mijoz bemalol do’kondan chiqib ketishi mumkin. Xarid qilingan mahsulotlar uchun hisob uning mobil telefoniga yuboriladi.
Сообщения из Facebook