Kayfiyatingizni ko’taruvchi 9 ta tabiiy xushbo’y ifor
Har bir odamga xushbo’y hid va ifor ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu xushbo’y hidlar kimningdir bolalik yillarini esga solsa, yana kimnidir, bo’shashtirib, tinchlantiradi, kimnidir tetiklashtirib, kayfiyatini ko’tarsa, yana kimdadur lazzat hissini uyg’otadi. Nima bo’lganda ham xushbo’y ifor va shirin hid insonda yaxshi taassurot qoldiradi, shuninh uchun ham undan davolash maqsadida foydalaniladi va u aromaterapiya, deb ataladi.

1.Shokolad

1.Shokolad

Shokolad mazali ekanligi aniq, qora shokolad esa foydali hamdir. Uning hidi haqida nima deyish mumkin? Shokoladdan taraladigan is eng yaxshi va kuchli tetiklashtiruvchi hidlaridan biri hisoblanadi. Shokoladning xushbo'y hidining o’ziyoq, shubhasiz sizni xursand qiladi va shu zahotiyoq energiya to'lqinini his qilasiz.

2.Qahva

2.Qahva

Ko'p odamlar qahvaning hidi (ularning kayfiyatidan qat'i nazar) ko'pincha xavfsizlik, qulaylik va shinamlik hissi bilan uyg’unlashishini tan oladilar. Ushbu ichimlikning xushbo'y hidini ilg’aganingizda nimalarni his qilasiz? Agar siz qahva ishqibozi bo'lmasangiz ham va qahva hidi sizni befarq qoldirsa ham, uning ifori o’zingiz bilmagan holda sizda tashvish va stress holatini ketkazadi. Aromaterapiya amalda!

3.Lavanda

3.Lavanda

Hamma ham lavandaning ishqibozi emas, ammo uning nozik va mayin ifori bo’shashtiruvchi hamda tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Shuning uchun u ko'pincha xushbo'y shamlar va efir moyi shaklida ishlatiladi. Lavanda xushbo’y hid olib keladi va asabiylashish, bezovtalik holatiga qarshi kurashishga yordam beradi. Fransuzlar esa uni sho'rvalarga ziravor sifatida, shuningdek sabzavot, go'sht va hatto baliq ovqatlariga qo'shadilar.

4.Atirgul

4.Atirgul

Aturgul ifori barcha xushbo’y hidlarning sultoni, hisoblanadi. Atirgul guldastasini ko’rishingiz bilan unga boshingizni burkab, hididan bahra olishga oshiqasiz, to’g’rimi? Aytgancha, siz xushbo'y atirgul barglaridan xushbo'y murabboni tatib ko'rganmisiz?  

5.Vanil

5.Vanil

Ehtimol, vanil, deganda siz pishiriqqa soladigan ziravorni tushunsangiz kerak? To’g’ri, vanil xushbo’y iforli ziravor hisoblanadi, biroq bundan tashqari uning yoqimli, yumshoq hidi charchoq, xavotir va hatto depressiyani yengillashtiradi. Vanil sham bilan aromaterapiya seansini o’tkazing yoki shunchaki bir stakan vanilli muzqaymoq sotib oling.

6.Kokos

6.Kokos

Sizga iliqlik, quyosh va tropik iqlim yoqadimi? Aromaterapiya sizga nima mos kelishini biladi! Kokos yong'og'ining hidi sizning kayfiyatingizni ko'taradi, aniqrog'i, serotonin va dofamin darajasini, ya'ni zavq va baxt gormonlarini oshiradi. Va hayot darhol sizga baxtli va yorqinroq ko'rina boshlaydi!

7.Yalpiz

7.Yalpiz

Yalpizning hidi, albatta, bo'shashtiradi va stressni ketkazadi. Yalpiz choyi, ma'lumki, juda mashhur. Bu choy nafaqat tinchlantirib, ovqat  hazm qilishni yaxshilaydi, balki dunyoqarashingizni ham ijobiy tomonga o’zgartiradi.  

8.Rozmarin

8.Rozmarin

Bu o'simlik asosan go’shtli taomlarga solinadigan ziravor sifatida tanilgan. Uning xushbo'y hidi tetiklashtirish, bezovtalikni bartaraf qilish va kayfiyatni ko’tarish xususiyatiga ega. Ko'p odamlar uchun rozmarin Yangi yil archasining iforini eslatadi hamda bayramona kayfiyatni uyg’otadi, bu esa o’ziga yarasha zavq va rohat baxsh etadi.   

9.Yoqimli taom

9.Yoqimli taom

Bu xushbo’y hidlar orasida shubhasiz yetakchi o’rin sohibidir! Sevimli taomingizning xushbo'y hididan boshqa yoqimliroq narsa yo'q, ayniqsa, agar sizda ozgina ochlik hissi jo’sh urayotgan bo’lsa. Hayolga qanday taomlarning hidi kelishi mumkin? Keling, sanab o'tamiz: qo’rada pishayotgan shashlik hidi, mevali tort, duxovkada pishayotgan pishiriq hidi. Xushbo'y hidning umumiy kayfiyatingizga ta'sirini endi tushunyapsizmi? Sevimli ovqatingizning hidi shubhasiz jonlantiradi va lazzat hissini uyg’otadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations