Kit Kat yangi do’konining ochilishining sharafiga Yaponiya poytaxtining Ginza rayonida xalqaro qandolatchilik kompaniyasi tomonidan sushi-bar ochdi. Endilikda sushi uchun tayoqchalaringizni olib, Tokiogacha yetkazib boruvchi reysga shoshiling, chunki bu yerda xaqiqatdan ham mazali sushilarni topishingiz mumkin. Ushbu yangi marketing qadami haqiqatan muvaffaqiyatga erisha oldi.
Yangi noodatiy sushi-bardagi yapon noz-ne’matlarining bir qarashda aslidan farqi yo’qday ko’rinadi. Lekin, ming qilsa ham uning odatiy sushilardan farq bo’lishi tabiiy. Aniqroq qilib aytganda bu yerdagi sushilar shirin desertlardir. Mazkur makonda deyarli har qanday did uchun mos bo’lgan desert topish mumkin, qovun qoqidan qilingan rollardan tortib maskarpone va oshqovoqdan bo’lgan shirinliklargacha!
Tashvishga tushmang, ekzotik desertning tashqi ko’rinishiga qaramay ularning bir donasi ham ta’mi bo’yicha suv o’simliklani yodingizga solmaydi.
Tashqi ko’rinish borasida noodatiylikka urg’u berilgan shirinliklar taqdim etiluvchi Kit Kat sushi-barining ochilishiga 2016 yilning birinchi aprelidagi hazil ilhom baxsh etgan.
Kit Kat bu g’oya bilan yapon bozoriga kirishni anchadan beri rejalashtirgan edi va buning uchun juda qulay vaqt kelganidan foydalana oldi.
Do’kon va sushi-barga talab juda katta, shuning uchun ham uning bozori chaqqon ekanligi bilan ajralib turadi.
Сообщения из Facebook