Ko’ngilochar mashqlarning eng xavfli turlari
Ko’ngilochar mashqlarning eng xavfli turlari
Tornadoga ov, qaynayotgan vulqon og’ziga sakrash va haqiqiy “Titanik”ni ko’rish necha pul turar ekan?

Botib ketgan “Titanik”ga sayohat (Kanada, Sent-Djon)

Narxi: 105  000 $

Blue Marble Private Britaniya agentligi 2018 yilda bo’lib o’tadigan, botib ketgan “Titanik”ga sayohat uchun chipta sotishni boshlab yuborgan. Sayohat narxi “Titanik” ning birinchi klassga chipta narxigaekvivalentdir (4300 $ 1912 yilda), ammo sayohat darajasi avvalgidek emas: 4000m li 3 soatli sho’ng’ish maxsus uglevodorod tolali va titanli batiskafda amalga oshiriladi. Xuddi shu kabi bir nechta sho’ng’ishlar bo’ladi, va birinchisiga allaqachon chiptalar sotilgan.

Bu kabi sayohatlar har 5 yilda bir marta tashkil qilinadi, va oxirgisi 2012 yilda Deep Ocean Expeditions kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan edi, ammo unga chiptalar 2 barobar arzon edi. Narxlar ko’tarilishining sababi ayon: 2016 yilda 15 yil ichida kemani to’liq vayronaga keltiradigan bakteriya topilgan. Shu uchun yaqindagi sayohat “Titanik” uchun oxirgisi bo’lib qolishi ham mumkin.

Harakatda bo’lgan vulqon og’ziga sakrash (Chili, Araukaniya)

Narxi: 15 000 $ dan

Vilyarrika vulqoni – Janubiy Amerikaning eng aktiv vulqonlaridan biri, uning balandligi 2 847 m. Vulqon tarixidagi eng ko’ptinch turgan davomiyligi – 30 yil, va oxirgi eng katta otilishi 2015 yil 3 martkuni sodir bo’ldi. Og’izdan chiqayotgan lavaning balandligi 1 km gacha yetardi.Vulqon 2016 yilda ham aktiv holatni ko’rsatgan, shu sababli Vilyarrika –harakatda bo’lgan vulqon og’zi ichiga bandji bilan sakrash mashq qilinadigan dunyodagi yagona joydir. Sakrash, kraterdan 200 metr balandlikda parvoz qiluvchi vertolyotdan amalga oshiriladi. Sakrashning eng past nuqtasi –qaynayotgan lavadan 40 metr balandlikdadir.

Vulqon og’ziga sakrashning narxi besh yulduzli mehmonxonada tunash kiritilgan 6 kunlik sayohat narxi ichiga kiradi.   

Tornadoga ov (AQSH, Texas)

Narxi: 3 000$ dan

“Tornado hiyoboni” – bu AQSH dagi atmosfera gidroblarieng ko’p uchraydigan joy nomi. Bu girdob yo’liga Amerikaning 13 shtati kiradi,va ko’pincha tornadoni Texasda uchratish mumkin. Jami bir yilda Amerikada minglab tornadolar sodir bo’lishi kuzatilgan. Mavsum iyunda boshlanib, dekabda tugaydi. 

Odatda, tornadoni mikroavtobus ichida boshqa dadillar orasida o’tirib kuzatsa bo’ladi, lekin shaxsiy uchrashuvni ham tashkil qilish mumkin. Tornado bilan uchrashishni tashkil qiluvchi agentliklar qatorida - ExtremeTornado Tours, Storm Chasing Adventure Tours va Silver Lining Tours.

 

Samolyot qanoti bo’ylab sayr (AQSH, Vashington)

Narxi: 850 $

Sekim shahrida samolyot parvozi vaqtida uning qanoti bo’ylab sayr qilish imkoniyati bor. Oyoqdagi xavfsizlik troslari va maxsus mustahkamlagichlar parvoz vaqtida qanot bo’ylab yurish, turish yoki undayotishga imkon beradi. Uchish tezligi 250 km/s ni tashkil qiladi, samolyot hambu vaqtda turli xil manyovrlarni amalda bajaradi. “O’lik tugun”, qattiq bo’yiga tushishlar va ko’tarilishlar va hatto o’q atrofida 360 gradusli burilishlarni boshdan kechirishga to’g’ri keladi.

 

“O’lim Yo’lakchasi” (Xitoy, Sian)

Narxi: 300$

Xuashan – Xitoydagi 5 ta daosizm ilohiy tog’larining biri. Shimoliy tog’ cho’qqisidan (1614 m) Janubiysiga (2154 m) ko’tarilish 14km dan iborat, yo’lning bir qismi maxsus tayyorlangan zinalar orqali o’tiladi, va qolgan masofa esa – 3 ta quruq taxtadan iborat, dunyodagi eng xavfli yo’lakcha “o’lim yo’lakchasi” bo’ylab yurishdir. Toqqa biriktirilgan zanjirni ushlashgato’g’ri keladi chunki hech qanday boshqa himoya mavjud emas. Har bir ekstremalga butun yo’l bo’ylab o’tuvchi arqonga bog’langan tros va karabinli kamar beriladi. Mardlik uchun yutuq – vodiy, cherkov va qadimiy masjidlarni ochib beradigan unutilmas manzaralardir.

Osmono’par bino bo’ylab sayr (Kanada, Toronto)

Narxi: 225 $

Si-En Tauer – dunyodagi eng baland binolardan biri. Uning balandligi 553,3 m ni tashkil qiladi, va duynodagi eng baland teleminoralar ro’yxatida Si-En-Tauer 3 o’rinni egallaydi. 2011 yilda minoraning 35-yilligiga bag’ishlab, EdgeWalk (“chet bo’ylab yurish”) nomli ekskursiya tashkil qilishga qaror qilindi. Minor atrofidagi parapet bo’ylab 365 mbalandlikda barcha xohlovchilar o’tishi mumkin. Xavfsizlik trosining bir uchi tashrif buyuruvchilarga beriladigan maxsus kiyimga biriktiriladi, va boshqa uchi uning badanini saqlab turish uchun metal tuzilmaga tutashtirib qo’yiladi. Xullas, kengligi 1,5 metr bo’lgan parapet chetiga dadil turib, qo’llarni kengtashlab, qush parvozi balandligida Kanadadan to’lig’icha bahra olish mumkin.

 

Oq akulalr bilan dayving (SHAR, Gansbay)

Narxi: 120 $

Gansbay – Keyptaunga yaqin joylashgan baliq ovi keng tarqalgan, kichik bir shaharcha. Bu joyni yana “oq akulalar poytaxti” deb hamatashadi. Gansbay yovvoyilar ichida bunday mashhurlikka erishgani uchun Dayer qirg’og’idagi dengiz mushuklari uyasiga raxmat aytishi kerak, chunki aynan o’shalarni akulalar ov qilib yurishadi. Katta oq akulalarni xohlagan mavsumda uchratish mumkin.

Mahalli korxonalar - Dyer Island, Mossel Bay, FalseBay – ruxlangan po’latdan qilingan qafas ichida akulalar bilan sho’ng’ishni tashkil qilishadi. Vaqt bo’yicha bu 10-15 daqiqani oladi, va qafas ichiga birmartaga 6-8 kishi sig’ishi mumkin. Odatda akulalar bu kabi qafaslarga hujum qilishmaydi, lekin baribir qafasni o’rtarog’ida turish afzalroq. 

Dunyo chetidagi arg’imchoq (Ekvador, Banyos)

Narxi: 1 $

2 660m balandlikda joylashgan Banyos parkida dunyodagi eng ekstremal, 600-metrli qoya yonida joylashgan arg’imchoqlar bor. Tuzilmasi standart shaklda: metal trubada biriktirilgan ikkita arqonda osilib turadigan taxta. Lekin arg’imchoqda faqat kaska va xavfsizlik kamarlari bilangina uchishga ruxsat berilgan. Ammo bu ham to’liq xavfsizlikka kafola tbermaydi. Park tarixida bironta noxush hodisa bo’lgani kuzatilmagan. “Parvoz”paytida vodiyga va Tunguraua vulqoniga takrorlanmas manzara ochib beriladi. Shaharda yashovchilar asosan turistlar hisobidan kun kechiradi, shuning uchun mahalliy fuqarolardan xohlagani sizni parkgacha yo’l-yo’lakay tashlab ketishi mumkin.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook