Istalgan davlat o’zining qiziqarli faktlari, afsonalari va an’analari bilan bunga tayyor bo’lmagan odamni lol qoldiradi. Fransiya bu borada eng tanilganlardandir. Dunyo mamlakatlaridagi odamlar Fransiyada ajoyib udumlar ko’pligini va ular ajoyibligidan xabardor.
Birinchi navbatda vaqt belbog’laridan boshlaymiz. Fransiya hududida 12 ta vaqt belbog’i bor. Hech qanday boshqa mamlakat bunday vaqt farqlari bilan maqtana olmaydi.
Fransiya biroz g’alatiroq urflarga ega. Ikki asr davomida 2012 yilga qadar Parijda hech bir qiz shim kiyishi mumkin emas edi. Lekin hech kim bu qonunga amal qilmagan. Shu sababdan bo’lsa kerak bu qonundan voz kechilgan.
Fransiyada odamlar fransuz tilida gaplashadi to’g’rimi? Lekin bu tilda Afrikada undan ham ko’proq gaplashishadi
Har yili mamlakatga 80 million sayyoh tashrif buyuradi. Bu dunyoda birinchi o’rinnni egallagan. Ikkinchi o’rinda esa Amerika, unga 73 million kishi tashrif buyuradi.
Yana bir fakt, Fransiya avval sayyoramizning 10% hududiga egalik qilgan.
Faqatgina bu mamlakatda siz o’lgan odamga turmushga chiqishingiz mumkin, biroq avval prezidentga ariza yuborib, uni ko’rib chiqilishini kutishingiz kerak.
Aynan Fransiyada eng qisqa muddat hukumronlik qilgan qirol bo’lgan. Lui 19 atigi 20 minut hukmronlik qilgan.
Yana biroz qirollar haqida. Ioann 1 rasmiy ravishda tug’ilishidan 5 oy oldin qirol deb e’lon qilingan. Biroq u atigi 5 sutka yashagan.
Agar siz Fransiyada cho’chqa olib, unga Napoleon deb ism qo’ysangiz, sizga jarima solishlari mumkin.
Ikkinchi Jahon urushi qizigan mahalda Gitler Parijga kelib turgan. Gitlerning kelishiga ayyor fransuzlar Eyfel minorasiga ko’tariladigan liftning kabellarini kesib qo’yishgan. Agar kimdir minora tepasiga ko’tarilmoqchi bo’lsa, piyoda yurishiga to’g’ri kelardi.
Parijda joylashgan machit, urush vaqtida ko’plab yevreylarga boshpana bergan.
XVIII asrda 25 yil davomida kartoshka mamlakatda ta’qiqlangan.
XIX asrda 15 yil davomida mamlakat bayrog’i oq rangda bo’lgan.
Agar siz bolalar go’zallik konkursini tomosha qilmoqchi bo’lsangiz, Fransiyada buning iloji yo’q, chunki ta’qiqlangan.
Ushbu mamalakatda birinchi bor avtomobillar uchun nomerlar paydo bo’lgan.
Fransiyaning rasmiy hisoblangan ajoyib shiori bor. “Fluctuat nec mergitur”. Bu lotin tili. Agar tarjima qilasngiz “suzadi, lekin cho’kmaydi”.
Сообщения из Facebook