Kuzatuv orqali so'zning rost yoki yolg'on ekanligini aniqlashning 5 usuli
Kuzatuv orqali so'zning rost yoki yolg'on ekanligini aniqlashning 5 usuli
Sinchkovlik bilan nazar solsangiz mana man degan “yo’lgonchi” ning yolg’onini ham fosh etishingiz mumkin. Buning esa 5 ta oson usuli bor. Marhamat ular bilan tanishing!

Yolg’onning mavjudligi so’z va yuzdagi ifodaning farqlanishi bilan izohlanadi. Biror kishi zavq olayotganini  aytishi mumkin, ammo yuzidagi ifoda esa unday bo’lmaydi. "Muzlatilgan" niqob his-tuyg'ularning yolg'on ekanligini aytishi mumkin. Olimlarning fikriga ko'ra, odatda odamlarning yuz ifodalari har 10 sekundda o'zgarib turadi, bu muddatning cho’zilishi esa kishida o’zni nazorat qilish yuqori darajada ekanligini yoki bo’lmasa tuyg’ularni yashirishga urinish bilan ifodalanadi. Samimiy insonlar his-tuyg'ulari va yuz ifodalari qanday bo’lishi haqida bosh qotirishlariga hojat yo’q. Bunday odamlarning  barcha so'zlari yuz ifodalari bilan uzviy bog'liqdir.

Orqaga chekinish

Ko'pincha yolg'onning sababi yoqimsiz yoki uyatli narsani yashirish istagi ostida yotadi. Agar biror kishi biror narsani yashirayotgan bo'lsa, unga ushbu mavzu bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri savol berishganda, u beihtiyor orqaga qadam tashlaydi. Chekinish unga vaziyatdan va odamlardan uzoqlashishiga ko’mak beradi. Shu orqali u bahona topishga ham ulgura oladi.

Qo’llarni berkitishga urunish

Qo'llar ayniqsa kaftlar suhbatdoshning kayfiyatini tahlil qilishda muhim elementdir. Yolg'onni aniqlash unchalik ham qiyin emas. Agar suhbat jarayonida suhbatdoshingiz qo’llarini cho’ntakda yoki orqaga berkitishga urunsa, bu bejizga emas. Kaftlar ochiq yoki berkitilgan holda bo’lishi ziyrak suhbatdoshning nazarida chetda qolmasligini yodingizdan chiqarmang. 

Kichik ammo muhim detallar

Suhbat davomida ko’z va qovoqni ishqalab gapirish charchoqdan yoki yolg’ondan darak beradi. Agar suhbatdoshingiz  gaplashayotganda og'zini yopishga urunsa va labiga tegaversa, buni javobdan qochishning namoyon bo'lishi sifatida qabul qilishingiz mumkin. Yolg'on ishlatganda, odamlar bo'yniga biror narsa botayotgandek tegaveradilar. Bundan tashqari quloqlaridagi zirakni o’ynatib o’tiradi ham.

Qiyofadagi o’zgarish

Yuzdagi qizarish istakka binoan paydo bo’lmaydi. Ba’zi hollarda u hayajonni anglatsa, ayrim hollarda uyatdan yuzlar qizaradi. Ba’zi odamlar esa qiyin vaziyatlarda oqarib ketishadi. Yolg'onning bunday nazoratsiz alomatlari orasida terlashning ko'payishi va "qochoq ko’zlar" kabi turi ham mavjud. Hullas shu kabi yuz o’zgarishlari orqali kim sizni aldayotgani yoki yo’qligi haqida ham  bilib olishingiz mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook