Moda: Tarix va Faktlar
Moda: Tarix va Faktlar
Moda o'zgaruvchan va ilg'or. Agar moda ihlosmandi bo'lsangiz moda tarixi va faktlari sizni qiziqtirib qo'yishi aniq.

1. Tarixdagi ilk sun’iy kipriklar 1916 yili gollivud rejissori D.U. Griffit tomonidan o’ylab topilgan bo’lib, ular tabiiy soch tolasidan ishlab chiqilgan.

2 O’z liboslariga kompaniya logotipini ilk bor joylashtirgan brend Lacoste hisoblanadi.

3 Qadimda aslzoda honimlar qo’lidagi ro’molcha gigienik maqsadda emas, uchib kelayotgan chivin va pashshalarni haydash uchun xizmat qilgan ekan.

4 O’rta asrlarda balandligi 60 sm gacha yetgan o’tkir qirrali bosh kiyimlar urfga kirgan, aslzoda honimlar esa bir necha metrli shlyapalar kiyib sayrga otlanganlar. Tinib –tinchimagan kichkintoylar ko’chada bunday holatni ko’rishi bilan yirik shlyapalarni tosh bilan urib tushirishga harakat qilgan ekan.

5 Eng muhim moda namoyishlari ketma-ketlikda Nyu-York, London, Milan va Parij shaxarlarida o’tkaziladi.

6 XV asrda dizaynerlar (agar ularni shunday atash mumkin bo’lsa) tomonidan yaratilgan kolleksiyalarni namoyish etish chog’ida modellar hizmatidan emas, kichik qo’g’irchoqlardan foydalanishgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook