Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi
Munisa Rizayeva: hayoti va ijodi
Munisa Rizayeva o’zbek qo’shiqchisi va aktrisasi. Uning musiqa olamiga kirib kelishi oson kechmagan, ko’pgina to’siqlarga duch kelgan. Biroq qat’iyati va maqsad sari intilishlari ushbu to’siq va oilasi tarafidan bo’lgan taqiqlarni yengib o’tishiga yordam bergan.

Munisa Rizayeva 1986 yil 21 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug’ildi. Uning bolalaik va o’smirlik chog’lari ham shu shaharda o’tdi. Munisa ahil va farovon oilada katta bo’ldi. Uning otasi Bahodir aka –tadbirkor, onasi Dilorom opa, singillari Kamola va Karima. Opa-singillar yoshliklaridayoq bir-birlari bilan inoq bo’lib kelishgan. Ular hozirda ham bir-birlari bilan ahil va sirdosh dugonalar bo’lib qolganlar.

Shu uch opa-singillar orasida faqatgina Munisa qo’shiqchilikni tanladi. U 6 yoshidanoq musiqaga qiziqishini bildirdi, biroq uning ota-onasi buni shunchaki bolalikdagi ishqibozlik, deb qabul qildilar. Qizlarining kelajakda qo’shiqchi bo’lishini va sahnalarga chiqishini ular xohlashmadi, ayniqsa otasi bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Bahodir aka qizlarini har taraflama ta’minlagan edi, ularni Yevropa oliygohlarida tahsil olishlarini hamda san’atdan uzoqroq bo’lgan kasbni tanlashlarini istar edi.

Munisa otasining gapini ikki qilishni xohlamadi, barcha kuchini o’qishga qaratdi, musiqa bilan shug’ullanishga deyarli vaqti ham qolmadi. Biroq vokaldan bari bir voz kecha olmadi. Maktabni bitirishi bilanoq u otasiga murojaat qilib, musiqa bilan shug’ullanishiga ruhsat berishi so’radi.Biroq Bahodir aka bu haqda eshitishni ham istamadi.

Munisa baribir aytganini qildi. U Angliyaga ketib, Londonning Hames valley university oliygohiga vocal yo’nalishi bo’yicha o’qishga kirdi. U yotoqxonada yashab, qo’shimcha ishga ham joylashib, o’qishining pulini to’lar edi.

Musiqa oliygohini bitirib bo’lgach, u Angliya universitetining mehmonxona biznesi bo’yicha ikkinchi o’qishga kirdi va bu harakati bilan otasini hursand qildi. Vataniga qaytgandan so’ng Munisa otasining yordami bilanmehmonxona ochdi. Keyinchalik esa u shaxsiy modalar agentligini ham ochib, ungao’zining nomini qo’ydi.

Musiqa

Munisaning ijodiy hayoti 2011 yildan boshlandi. Shuyildan boshlab uning ilk qo’shiqlari chiqa boshladi va u mamlakat bo’ylabkontsertlar bera boshladi. Kontsert dasturlari va gastrollar (ijodiy safar)Munisaga daromad keltirmasada, u bu chiqishlaridan zavq olar va rohatlanar edi.

2011 yilda Munisa shuningdek, O’zbekistonning mashhur “PanTerra”ovoz yozish studiyasi bilan hamkorligini boshladi. 2012 yilda uning debyut albomi chiqdi va muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. 2014 yilda Munisa “Yilning eng yaxshi ayol qo’shiqchisi” nominatsiyasida g’olib bo’ldi hamda “E’tirof” milliy mukofotini qo’lga kiritdi.

Munisa Rizayeva yakkaxon chiqishlari bilan birga mashhur qo’shiqchilar bilan birgalikda ijro etgan duetlarini ham muxlislariga taqdim etdi. U Rayhon, Shohruhxon, Botir Qodirov, Ulug’bek Rahmatullayev, Shahzod Murodovlar bilan hamda Ummon guruhi bilan duet ijro etgan. 

Munisa Rizayeva shuningdek filmlarda ham roller ijro etgan. “Hay, hay qizaloq”, “Salom, Natasha” va boshqalar.

Shaxsiy hayoti

Shou biznes vakilasi bo’lgani uchun Munisa Rizayeva hamisha muxlislarning diqqat e’tiborida. Uning ko’rinishi, kiyinishi, shaxsiy hayoti muxlislari tomonidan muhokama qilib kelinadi.

Masalan, bir necha yil avval uning qo’shiqchi Jasur G’oyipov bilan munosabatlari ko’pchilikning diqqat markazida bo’ldi. Munisaning o’zi Instagramga joylashtirgan fotosuratlarga qaraganda, ularning munosabatlari jiddiy va to’y bo’lish arafasida edi. Ammo bunday bo’lmadi.

Hozircha Munisa Rizayeva turmushga chiqmagan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar va boshqa ma’lumotlarga qaraganda u hozirda yolg’iz ham emas.    

Minisa Rizayeva o’z shaxsiy bizbesiga ega bo’lishiga qaramay qo’shiqchilik sohasida ham katta mehnat qilib kelmoqda. Zamonaviy estradada uning o’z o’rni bor. Kelajakda esa uning dunyo miqyosidagi yulduzga aylanishini istab qolamiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook