Musiqa ko’pincha inson kayfiyatini o’zida aks ettiradi. Shu asnoda, misol uchun, rulda haydayotgan kishiga eng yaxshi musiqa bo’lib, elektron musiqa hisoblanadi, xomilador ayollarga esa olimlar klassik musiqani eshitishni tavsiya qilishadi, axir aynan shunaqa musiqa dunyoga keladigan bolakayning kelajakdagi musiqiy didini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek aytishlaricha, musiqa ijodiy shaxslar sog’ligi va organizmiga ko’proq ta’sir qiladi, ko’pincha ular musiqadan yo ilhomlanishadi yoki musiqa ularni aksincha zeriktiradi.
Musiqa fon sifatida ko’pincha bizga sezilmaydi. Savdo markazlari, restoranlar, kiyim do’konlarida u chindan ham juda foydalidir, chunki u o’ziga xos muhitni yaratadi. Ko’pincha musiqa turiga qarab biz muassasa nufuzini aniqlay olamiz.
Musiqa hayot tarzi sifatida
Hozirgi hayotda har bir inson o’z hayot tarziga ega bo’lishni xohlaydi. Bu hayot tarsi kiyimda yoki aksessuarlarda emas, fikrlash va tasavvur qilishda aks etadi. Har birimiz ichimizda chiroyli narsalarni, atrof-muhitni, hayotni yaratishni astoydil xohlaydigan yaratguchi bor, va bu niyatlarimiz aynan bizga ma’qul musiqa sababli junbushga keladi. Bu qanday ishlaydi?
Inson hayoti ikki qismga bo’linadi: atrofdagi hayot va inson qalbidagi o’ziga xos olami. Har birimiz o’ylaymiz, tasavvur qilamiz va orzu qilamiz, va insoniyat bilan parallel ravishda rivojlanadigan musiqa bizning fikrlarimizni yaxlitlaydi va, o’z ichiga pozitivlik, o’yinqaroqlik, qo’pollik yoki agressiv holatlarni oladigan tomonga yo’naltiradi. Asrlar davomida, qanday musiqani xush ko’rishlariga qarab, insonning xarakterini ham aniqlay olish mumkin edi. Avvallari musiqiy uslublarni tushunish, hamda xorijiy va milliy kompozitsiyalarni o’ynay olish, inson yashaydigan muhitni aniqlash mumkin edi.
Endi esa insonning qanday musiqani afzal ko’rishiga asosan uning suhbatlashish doirasini, uning hayot tarzini va qiziqishlarini aniqlash, odamlarni submadaniyatlarga aniq ajratish mumkin.
Musiqa shifo tariqasida
Musiqaning shifobaxs xususiyatlari insonni nafaqat tushkun holatdan chiqaradi, balki jismoniy og’riqlardan xalos ettiradi. O’zini-o’zi davolash har qanday dori-darmonlardan muhimroq, va har birimiz mushkul holatlarda aynan unga umid qiladi. Kayfiyatni ko’taradigan musiqa insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi. U dunyoga yorug’likni singdiradi, va uni tinglash esa sayyorada yshovchi insonlar yarmining sevimli mashg’uloti sanaladi.
Dunyoning yarmidan ko’pi yaxshi va sifatli musiqa uchun pul to’laydi, va bu odamlarning atigi bir qismi uni o’zlari yaratishadi va misli ko’rinmas mashhurlikka erishishadi. Jahon estradasining ijrochilari konsertlar tashkil qilishadi, va millionlab odamlar ularga tashrif buyurishadi. Musiqa insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi.
Xohlagan tovush bizda ma’lum bir hissiyotni uyg’otadi, ba’zida biz qayg’uga ko’milishni, ba’zida esa to’xtalmas quvonchga erishishni xohlaymiz. Biz har kuni boshdan kechiradigan ko’pgina hissiyot va tuyg’ular hayotda to’qnash keladigan voqealar bilangina emas, balki radio va tv eshittiriladigan qo’shiqlar bilan ham paydo bo’ladi. Shunday qilib, tezkor ovqatlanish restoranlariga kirganda, fondagi musiqa bizni tezroq yeyishga, do’konlardagi zamonaviy va pozitiv musiqa esa boshimizda yangi obrazlar paydo bo’lishiga undaydi.
Musiqa doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi, va har bir insonda uning bolaligi bilan bog’liq qo’shiqlar bor. Shunga misol qilib, buyuk fir’avn Ramzesning o’g’li Moisey o’z bolaligidan musiqani eshitib, o’zining haqiqiy kelib chiqishini esladi. Siz esa shunday holatni his qilganmisiz? Shubhasiz, ha. Har birimizda shunday payt bo’lganki, bolaligimizdan qo’shiqni eshitganimizda, biz baxtiyor va g’amsiz vaqtlarimizni batafsil eslaganmiz. Musiqa – kuchli assotsiativ omildir, chunki qo’shiqni bir marta eshitgandayoq, uni butun umrga eslab qolish mumkin, va uni kelgusi bor eshitishganga, taxminan qanday davom etishini bilamiz. Bunday kuchli ta’sirni hatto suratdan ham ololmaymiz, birorta surat bilan to’qnash kelganimizda, kelgusi safar u bilan yuzma-yuz kelganda, katta gumon borki, u bizga boshqacha ko’rinadi.
“Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo’lgandek his etasiz, ya’ni musiqa, so’zsiz, dunyoda bor bo’lgan eng yorqin baxtni ato etadi.” Stendal yaxshi musiqaga juda to’g’ri tasvirni bergan. Kimdir bu bilan rozi bo’lishi, kimdir esa bo’lmasligi mumkin, ammo bir narsa aniqki: Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi, va so’zsiz ning bizga bo’lgan ta’siri juda juda katta.
Сообщения из Facebook