просмотров
Kiyimlarni yuvish va dazmollash xizmati G’arbda XIX asr oxirida paydo bo’lgan. Bu juda qimmat xizmat edi: ish maxsus yonlangan kishilar tomonidan bajarilar edi, manzilga eltib berish uchun esa pochtadan foydalanilgan. Kiyimni o’zi yuvish uchun qayergadir borish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas edi.
Chuqur depressiya yillarida aholining keng qatlamlari uchun ham arzon kir yuvish xizmatlari zarur bo’la boshladi. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga asoslangan kir yuvish inshooti 1934 yil Texasning Fort-Uert shahrida ochilgan. Avvaliga binoda 4 tagina elektrik kir yuvish mashinasi bo’lgan bo’lsa-da, keyinchalik bu inshoot mashxur bo’lib, unga ketgan xarajatlarni to’laqonli qopladi.
Kir yuvishsaroyi, 1924 yil.
1929 yil Nyu Yorkda shunday qutilarda odamlar kir yuvishdan qaytgan kiymlarni olishgan.
Nyu Yorkdag ikir yuvish inshooti, 1948 yil.
Ommaning kir yuvish inshootlariga bo’lgan yuqori talabi va bu joylarni ochishga ketadigan xarajatlarning kamligi 30-40 yillarda bunday inshootlarning tezkor ko’payishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda Amerika aholisining yashash sharoiti ancha yaxshilanib, odamlar o’ziga kir yuvish mashinalarini sotib olishga qurbi yetsada, bunday ommaviy kir yuvish joylari AQShda hali hamon keng foydalaniladi. Buning sababi nimada?
Birinchidan, amerikaliklar uchun tejamkorlik fikri juda yaqin: suvni tejash, elektr tokini tejash va uydagi joyni tejash. Kir yuvish xizmatlari esa juda arzon, unga tanga yoki maxsus to’lov kartalari orqali to’lasa bo’ladi.
Ikkinchidan, ko’p ijaraga beruvchi shaxslari jarachilarga uyda kir yuvish mashinasi o’rnatishni ta’qiqlaydi. Uy egalari suv toshishi va elektr tokida qisqa tutashuvlar sodir bo’lishidan xavotir oladi. Shu sababdan kir yuvish inshootlarining asosiy foydalanuvchilari uyida kir yuva olmaydigan ijarachilardir. Shunga qaramasdan, o’ziga to’q amerikaliklar ham katta-katta narsalarni yuvishga aynan shu yerga kelishadi: ko’rpa, yostiq va h.z.
Uchinchidan, zamonaviy kir yuvish joylari foydalanuvchilar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Kir yuvish mashinalaridan tashqari, quritish mashinalari, dazmol qiladigan uskunalar ham mavjud bo’lib, ular ish jarayonini yengillashtiradi. So’nggi paytlarda kir yuvish inshootlarida televizor, tekin wi-fi va kofe avtomatlarini ham uchratishingiz mumkin. Barchasi foydalanuvchilar vaqtni maroqli o’tqazishiga yordam beradi. Odatga ko’ra, kir yuvish inshootlari asosan ko’p qavatli uylarning yer osti qavatida yoki supermarketlarga yaqin joylarda joylashgan. Eng ish bilan band odamlar ham osongina foydalana oladi.
To’rtinchidan, sotsiologlarning fikricha, bu o’zicha amerikaliklar uchun doimgi tashvishlardan dam olish va meditatsiya qilish joyi ham hisoblanadi.
Kir yuvish inshootlari katta pul aylanadigan industriya ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda (2011 yilning o’zida) AQSh da umumiy daromadi 5 mlrd dollarga yetadigan 35000 ta kiryuvish inshooti mavjud.
Сообщения из Facebook