Nikola Teslaning g’ayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim o’zini yolg’izlikka mahkum etgan
Nikola Teslaning g’ayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim o’zini yolg’izlikka mahkum etgan
10 iyul kuni serb millatidan kelib chiqqan amerikalik ixtirochi, muhandis, fizik olim – Nikola Teslaning tug’ilganiga 161 yil to’ldi. Uning kashfiyotlari uchun jurnalistlar Teslani “chaqmoqlar xo’jayini”deb, hayot tarzi uchun esa – “odamovi daho”deb ataganlar. Har qanday shaxsiy muloqotlardan voz kechishdan tashqari bu olimning boshqa g’ayrioddiy qiliqlari va fobiyalari bo’lgan.
Nikola Teslaning ilmiy tadqiqodlari haqida hamma biladi, ammo buyuk ixtirochining shaxsiy hayoti ham qiziqish uyg’otadi. Uning aqli va iqtidori shubha uyg’otmaydi, hayot tarzi esa kuzatuvchilarda asossiz mish-mishlarga sabab bo’lmoqda. Bolalalik chog’laridanoq Teslaning o’zini tutishida noodatiy fobiya hamda shilqim g’oyalar bilan bog’liq bo’lgan g’ayrioddiyliklar kuyzatilgan.
Tesla o’zining ustidan butkul nazoratni qo’lga olish uchun qat’iylik bilan o’z irodasini chiniqtirgan. Avtobiografiyasida u shunbday yozgan: “Oldiniga men o’zimdagi xohish-istaklarni bosishga harakat qilganman, ammo ular birin-ketin irodam bilan mos kela boshladi. Bir necha yilgi mashqlardan keyin ko’pchilik kuchli insonlarni ham o’z domiga tortib keta olgan ehtiroslarga qarshi chiqib, ularni jolovlay oldim”. Buning uchun u o’zini ataylab biron yomon narsaga obdon o’rgatib olib, keyin bu illatga qarshi kurasha boshlagan. U o’zini qimor o’yinlari, chekish, ertalabki finjon qahva kabi zararli odatlarga hayotiga xavf soladigan darajada o’rgatib olib, keyin butun kuchini ishga solib, ularga qarshi kurashgan va shu yo’l bilan o’zida kuchli irodani shakllantirgan.
Teslaning g’ayrioddiy qiliqlari ham bo’lgan – masalan, sayr vaqtida to’satdan salto oshib qolishi mumkin edi. Yoki Gyotening “Faust”ini yoddan o’qib ketar edi. Kashfiyotchi olim bir necha soatlab piyoda sayrni bir o’zi o’tkazishni xohlardi, uning aytishicha, tanholikda sayr qilganda noyob fikrlar keladi, ular aqlni charxlaydi, shuning uchun bu vaqtda unga hech kim xalal bermasligi lozim. U uyquni vaqtni behudaga sarflash deb hisoblardi, shuning uchun ham kam uxalar edi.
Biograflarning yozishlaricha, Tesla tozalikka juda katta rujiu qo’ygan hamda mezofobiyadan (ya’ni mikroblar hamda ularni yuqtirib olishdan qo’rqish) aziyat chekkan. Agar restoranda o’tirganida uning stoliga birgina pashsha kelib qo’nsa, u albatta dasturxon va uning ustidagi barcha narsalarni almashtirishni talab qilar edi. U shuningdek barcha idish-tovoqlar oshxonada maxsus sterilizatysiyadan o’tishini talab qilar, biroq shundan keyin ham ularning barchasini salfetkada artib chiqar edi.
U infektsiyalarni yuqtirib olishdan qo’rganligi sababli perchatka va dastro’molchalarni bir marta ishlatib bo’lgandan keyin albatta tashlab yuborar edi. Aynan ana shu sababli u qo’l berib so’rashishdan o’zini tiyar, doimo qo’lini yuvib, har gal yangi sochiqqa artar edi. Umuman olganda uning ahvolini tushunish mumkin, Tesla ikki bor og’ir yuqumli xastalik bilan kasallanib, ularni yenga olgan. Xoleradan tuzalib keta olgandan keyin u har qanday infektsiyadan qo’rqa boshlagan.
Teslaning mikroblarga nisbatan fobiyasini tushunish mumkindir, lekin uning duru-marvaridlarga nisbatan fobiyasini umuman tushunib bo’lmasdi. Kashfiyotchi olim marvariddan shunchalik nafratlanar ediki, agar uning yoniga marjon taqinchoqlar taqqan ayol yaqinlashsa, u yerdan darhol ketib qolar edi. Dumaloq shakldagi buyumlar uning nafratini qo’zg’ar edi, hatto bilyard sharlariga ham u uzoq vaqt davomida o’rgana olmagan. Bular haqida olimning o’zi shunday yozgan: “Marvaridni ko’rishim bilanoq men hushimni yo’qotadigan ahvolga kelib qolar edim. Biroq meni kristallarning yaltirashi yoki o’tkir qirrali hamda tekis yuzali buyumlar maftun qilgan. Men sayr vaqtida necha qadam tashlaganimni, tarelkadagi sho’rvaning, finjon qahva yoki taom bo’lagining hajm birligini hisoblamasam, ovqatdan rohatlanmas edim”.
Nikola Tesla hech qachon turmush qurmagan, bolalari ham bo’lmagan, hattoki hech kim bilan yaqin aloqada ham bo’lmagan. U ayollarni – “ruhiy quvvat o’g’risi” deb hisoblar edi. Yaqin do’stlariga Sara Bernarga nisbatan g’oyibona oshiqligi haqida gapirgan. Tesla “uylanish yozuvchi va musiqachilarni ilhomlantirgani uchungina ularga kerak” deb hisoblar edi. Olim inson esa barcha hissiyotlarini ilm-fanga berishi kerak, aks holda fanga talab qilingan narsani bera olmaydi.
Tesla shuningdek “Uzluksiz tanholikda aql charxlanadi. Fikrlash va ixtirolar uchun katta laboratoriyaning bo’lishi shart emas. G’oyalar ongga tashqi omillarning aralashuvi bo’lmaganda tug’iladi. Tanholikda hayot kechiring, faqat undagina ulkan g’oyalar tug’iladi. Ko’pgina insonlar tashqi dunyoga shunchalik bog’lanib qolganlarki, ichki dunyolarida bo’lib o’tayotgan hodisalardan bexabar qoladilar”,deb aytar edi.
Ba’zi tarixchilar Tesla uning g’ayrooddiyligi nafaqat o’zining, balki atrofidagilarning ham hayotini qiyinlashtirishini yaxshi bilar edi. Aynan shuning uchun ham u yolg’izlikda yashashni afzal ko’rar edi, deb ta’kidlaydilar. Boshqalarning fikricha esa, bu g’aytitabiiylik va fobiyalar kashfiyotchining yolg’izligining asoratidir. Ruhshunos olimlarning aytishlaricha esa, olim vasvasa kasalligidan aziyat chekgan, bor energiyasini ilm-fanga qaratgan, shuning uchun ham yolg’iz o’tgan.
Kimdir Teslani odamovi va telbasifat deb bilsa, yana kimdir uni daho deb bilar edi. Biroq hech narsaga qaramay Nikola Tesla buyuk olim bo’lgan va ilm-fanning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook