Nima uchun AQSH sudi ba'zan jinoyatchilarga 1000 yildan ortiqroq qamoq jazosini beradi?
Turli yangiliklar, seriallar orqali AQSHda ma’lum bir jinoyatchiga bir necha karra umrbod yoki bir necha ming yillik qamoq jazolari berilganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Albatta, bunday jazoni o‘tash uchun uning umri yetmasligi aniq.

Unday bo‘lsa nima uchun federal qonunlar buni hisobga olmagan? Nima uchun ular bugungi kunga qadar odamlarning umri yetmaydigan darajada uzoq muddatli qamoq jazolarini tayin etadilar?

AQSHda boshqa mamlakatlardan farqli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi bir nechta moddalar bo‘yicha umumlashtirilmaydi. Misol uchun bir qator jinoyatlarni amalga oshirgan odamning jazo muddatlari qo‘shib chiqiladi. Shu tariqa jinoyatchilarning qamoq muddati ming yillarga ham cho‘zilib ketishi mumkin. Buni osonroq qilib o‘lim jazosiga almashtirish mumkin emasmi, deysizmi?

Shuni aytish kerakki, AQSHda o‘lim jazosi bekor qilingan. Mahbusning qamoqdan shartli ravishda ozod qilishlari uchun imkon beradigan minimal muddat mavjud. Shu tariqa o‘ta xavfli jinoyatchilar ham muddatidan avvalroq ozodlikka chiqishlari mumkin. Biroq, jinoyatchi ketma-ket uzoq muddatli jazo olgan bo‘lsa, shartli ravishda ozod etilish imkoniyatiga ham qaramay, keyingi jazo muddatini o‘tashga kirishadi. 

Oklaxomada "85%" qonuni mavjud. Unga ko‘ra, mahbus muddatidan avval ozod etishlarini so‘rash uchun umumiy qamoq muddatining 85% qismini o‘tab bo‘lgan bo‘lishi kerak. Agar jazo muddati bir necha ming yilga teng bo‘lsa, shartli ravishda ozod bo‘lish haqida unutadi. 

Tarixdagi eng katta muddatli qamoq jazosi Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. Charlz Skott Robinson jismoniy zo‘ravonlikda ayblangan va har bir jinoyati uchun 5000 yildan jazo olgan. Shu tariqa Charlz Skott Robinsonning jazo muddati 30 000 yilni tashkil qilgan.

1996 yilda Oklaxoma shtatida Allan Ueyn MakLorin 12 750 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Uni odam o‘g‘irlash, jismoniy zo‘ravonlik va bosqinchilikda ayblaganlar. MakLorinning sherigi Darron Anderson esa 1993 yilda 2200 yillik qamoq jazosini olgan. Ammo Anderson ushbu qarordan norozi bo‘lgan va uni qayta ko‘rib chiqishlarini talab qilgan.

Qayta ko‘rib chiqilgan ish natijasida uning qamoq muddati 11 000 yilga qisqartirilgan.

"Masxaraboz-qotil" Jon Ueyn Geysi tarixdagi eng shafqatsiz qotillardan biri sanaladi. U o‘tgan asrning 70 yillarida 33 ta yigitni o‘ldirgan va 12 ta qatl, 21 karra umrbod qamoq jazosini olgan.

1994 yilda qotil o‘lim jazosiga duchor bo‘lgan. 

Bunday jazo turlari faqatgina AQSHda emas. Misol uchun 1989 yilda Tailandda Chama Txipyaso ismli tovlamachi qiz va uning 7 ta sherigi bank operatsiyalarida tovlamachilik qilganlari uchun 141 078 yilga qamoq jazosiga hukm qilinganlar. Ushbu holat ham Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations