O’rik mevasining foydali hususiyatlari
O’rik mevasining foydali hususiyatlari
Tarkibida qand miqdori ko’p bo’lsa-da, o’rik kam kaloriyali meva sanaladi. Ozish istagida bo’lganlarga ham o’rik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ko’pchillikka ma’lumki, yurak qon tomir kasalliklari bilan og’riganlarga o’rik tavsiya etiladi. Ushbu meva tarkibidagi mikroelementlar yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

O’rik mevasida ko’p miqdorda kaliy mavjud. Bu esa uning buyraklar faoliyati uchun foydali ozuqa ekanligini bildiradi. Ya’ni o’rik iste’mol qilganda peshob ajralishi faollashadi. Bosh miya faoliyati uchun zarur magniy va fosfor ushbu mevada serob. Diqqatni jamlay olmaslik, nerv impulslari o’tkazuvchanligining buzilshi kabi xolatlarda o’rik eng yaxshi ko’makchi. 

Kamqonlik, homiladorlikdagi toksikozda o’rik yoki meva qoqisi tavsiya etiladi. O’rikdagi temir moddasi organizmga oson so’rilgani bois u foydali sanaladi.

Teri muammolari, shuningdek, ko’z ravshanligini oshirishda ham o’rik foydalidir. Undagi beta- karotin (A vitamini) ko’zlar va teri holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

O’rik pektin moddasiga boy sanaladi. Pektin organizmni tozalash hususiyatiga ega. U tiqinlarni haydab chiqarish, shuningdek, xolesterin miqdorini kamaytirishga hizmat qiladi.

O’rik sharbati tabiiy antibiotik hisoblanadi. Infeksion kasalliklar, gripp, tomoq og’rig’ida oz-ozdan o’rik sharbatini qabul qilish, bemor ahvolini yengillashtiradi.

Kimlarga mumkin emas?

O’rik mevasi qandli diabet bilan og’rigan kishilar uchun tavsiya etilmaydi. Ayrim manbaalarda ushbu meva gipoterioz xastaligida man etiladi deyilgan. Shuningdek, jigar kasalliklarida ham o’rik me’yorda iste’mol qilinishi kerak, deydi mutahassislar.

O’rik tarkibidagi moddalarga yuqori sezuvchanlik aniqlanganda ham uni iste’mol qilish mumkin emas.

Mag’zi foydalimi yoki zararli?

Bu borada turli fikrlar mavjud. Ayrimlar o’rik mag’izi (quritilgan holda), oshqozonga tushgach, sinil kislotasini hosil qiladi va bu organizmni zararlashi mumkin deydi. Boshqalar esa me’yorda iste’mol qilinsa, nojo’ya ta’sirlari yo’q degan fikrda.

Kosmetologiyada o’rik moyidan keng foydalaniladi. Hususan teri parvarishida ushbu moy yuzni tiniqlashtiradi, husnbuzarlarning paydo bo’lishi bilan kurashadi. Teri jaroxatlari, ko’karish yengil kuyishlarda o’rik moyi surtib qo’yilsa, bemor ahvoli yaxshilanadi.

Bir kunda uch mahal, 1 stakandan o’rik sharbatini qabul qilishga odatlansangiz, qabziyat, disbakterioz, meteorizm daf bo’ladi.

Shuni unutmangki, o’rik mevasi har kimga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Meva sharbatini iste’mol qilgach, qorin dam bo’lishi, spazm kuzatilsa, demak, uning miqdorini kamaytirish lozim. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook