просмотров
Tabiatda kashalotlarning dushmani yo‘q, biroq insonlar ularga aniq do‘st emas. 1980 yilda kitlarga qarshi ov qilish ta’qiqlangan edi. Shundan beri ularning soni kamayishdan to‘xtagan edi. Biroq oxirgi paytlarda dengiz va okeanlarning chiqindilar bilan ifloslanishi kashalotlarni nobud bo‘lishiga olib kelmoqda.
Nemis tadqiqotchilari kashalotlar o‘limining sababini aniqlash uchun Shimoliy dengiz qirg‘oqlaridan topilgan to‘rtta yirik kashalotni yorib ko‘rganlarida ularning ichidan katta miqdorda plastik, 13 metrlik baliq to‘ri, avtomobil motorining qismlari va hattoki avtomobil shinalari topilgan.
Kit va delfinlarni asrash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, dengiz sut emizuvchilarining halok bo‘lishlariga olib keluvchi bir qancha sabablar bor. Bular: okeanlarning shovqin bilan (kemalar shovqini), suvlarga tashlaniyotgan har xil chiqindilar bilan ifloslanishidir. Masalan, 3 yil oldin Shotlandiya qirg‘oqlariga chiqib qolgan kit jasadi yorib ko‘rilganda, uning toksinlar va stressdan aziyat chekkanligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari iqlimning dunyo miqyosida isib borishi ham dengiz jonivorlarining ahvoligi ta’sir qiladi: oqimlar haroratining o‘zgarishi hayvonlarning suv tagida mo‘ljal olishiga ta’sir ko‘rsatadi va ular adashib qolishlari mumkin.
Biroq kitlar o‘limining asosiy sababi suvlardagi plastik chiqindilardir. Bu plastik chiqindilar kitlarning oshqozoniga tushganda, o‘tkir uchlari ularning ichki organlarini zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari ular hazm bo‘lmaydi, natijada kitlarda to‘qlik hissi paydo bo‘ladi, o‘zlari esa ochlikdan halok bo‘ladilar.
Suvlardagi chiqindilardan nafaqat kitlar, balki boshqa jonivorlar ham aziyat chekmoqda.
Сообщения из Facebook