Orqa tomonida 5 ta va old qismida 1 ta kamera: Samsung Galaxy S11 birinchi namoyishda ko'rsatildi
Orqa tomonida 5 ta va old qismida 1 ta kamera: Samsung Galaxy S11 birinchi namoyishda ko'rsatildi
Anons 18-fevral kuni kutilmoqda.

Nufuzli insider OnLeaks, Galaxy S11 flagman dizaynini namoyish etuvchi video va rasmlarni  e’lon qildi. Agar ushbu materiallarga ishonsak, smartfonning old tomoni ikkala, Galaxy S va Galaxy Note smartfonlariga o'xshash bo'ladi.

Smartfonning asosiy versiyasi 6,7 dyuymli, ingichka ramkali ekranga ega bo'lishi kerak, o'rtasida yumaloq bo'lgan teshikka ega. Yonlarning egikligi saqlanib qoladi, lekin oldingilariga qaraganda kamroq bo’ladi.

Orqa tomonidagi burchakda besh kamerali katta fotomodul joylashtiriladi, ular orasida: 108 megapikselli asosiy datchik, keng burchakli obyektiv, besh karra optik kattalashtiradigan teleobyektiv, ToF sensori va boshqa noma'lum datchik. GalaxyS11 korpusining o'lchamlari 161,9 × 73,7 × 7,8 mm bo'lishi kerak.

Smartfonning asosiy versiyasi bilan bir qatorda 6,3-6,4 dyuymli Galaxy S11e va 6,9 dyuymli Galaxy S11 + (S11 Pro) taqdim etildi. 18-fevral kuni yangi mahsulotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Bundan oldin, Galaxy S11 Android 10-da qayta ishlangan One UI 2.1 qobig’i bilan ishlaydi va smartfonning ichki xotirasi 1 TB ga etadi deb xabar berilgan edi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook