Tog’lardan yaxshiroq yana nima bo’lishi mumkin? Faqatgina zabt etilmagan tog’ va uning cho’qqisi. Maqsadga erishgandan keyin nima qoladi? Yana zabt etilmagan tog’ va cho’qqilarni zabt etish. Ushbu maqolamizda dunyoning eng zabt etilishi qiyin bo’lgan tog’ cho’qqilari haqida ma’lumotlar beriladi.
Everest, Nepal/Xitoy
Everest dunyoning eng baland tog’ cho’qqisi bo’lgani bilan chiqish uchun eng qiyin cho’qqi emas, ammo xavflidir. Ushbu cho’qqiga chiqish tarixi davrida tog’ qiyaliklarida hammasi bo’lib 250 nafar alpinist halok bo’lgan.
Fits Roy, Argentina/Chili
Argentina hamda Chili davlatlarining o’rtasidagi chegara hududida joylashgan Fits Roy tog’i dunyoning chiqish qiyin bo’lgan cho’qqilaridan biri hisoblanadi. Buning sababbi ikki xildir: bir tomondan tog’ning judayam tik holi bo’lsa, yana bir tarafdan noqulay ob-havo sharoitidir. Fits-Roy tog’i cho’qqisining ilk bor zabt etilishi 1952 yilning 2 fevral kuni sodir bo’lgan. O’shanda Fransiya ekspeditsiyasining a’zolari Lionel Terra va Gvido Manye tog’ning Janubiy-Sharqiy cho’qqisiga qarab yo’l olganlar va uni zabt etganlar.
Mak-Kinli, AQSH
Alyaskadagi Mak-Kinli tog’i – AQSH dagi eng baland cho’qqi hisoblanadi va zabt etilishi bo’yicha alpinistlarni o’ziga rom etadi. Biroq bu cho’qqi yangi va tajribasiz alpinistlar uchun xavfli hisoblanadi. Bu cho’qqiga chiqaman deb 100 ga yaqin odam halok bo’lgan.
Matterxorn, Shvetsariya/Italiya
Uzoqdan durbin orqali qaralganda Matterxorn tog’ini dunyoning boshqa tog’laridan ko’ra darrov tanish mumkin. U juda qiya bo’lganligi sababli Alp tog’larining boshqa cho’qqilariga qaraganda ancha kechroq zabt etilgan: 1857 yilda asosan Italiya tomonidan cho’qqiga chiqish urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan. Va nihoyat 1865 yilda ushbu cho’qqi zabt etilgan. Matterxorn tog’ining cho’qqisini zabt etish uchun bir yarim asr vaqt davomida 500 ga yaqin odam halok bo’lgan.
Makalu, Nepal/Xitoy
Makalu (suratda: cho’qqisiga quyosh nuri tushib turgan tog’) kattaligi bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinni egallaydi, Everestdan bor-yo’g’i 12 km uzoqlikda Nepal bilan Xitoy o’rtasidagi hududda joylashgan. Uning cho’qqisining zabt etilishining mushkulligi unga yetib borishning qiyinligida. Bugungi kunda buning uchun vertolyotlardan foydalanilmoqda. Makalu balandligi 8000 metrdan oshgan dunyodagi 14 ta eng baland tog’lardan biridir. Alpinizm sohasida ushbu 14 eng baland tog’ cho’qqilarini zabt etish – “Yer tojini qo’lga kiritish” deb ataladi. Ayni damda dunyo bo’yicha bor-yo’g’i 30 nafar (27 ta erkak va uch ta ayol)alpinist buning uddastidan chiqdi.
Сообщения из Facebook