Orzuni o'z qo'li bilan amalga oshirish: xitoylik yigit mustaqil ravishda superkarni yaratdi
Orzuni o'z qo'li bilan amalga oshirish: xitoylik yigit mustaqil ravishda superkarni yaratdi
Bizning orzularimiz bizning imkoniyatlarimizga to'g'ri kelsa, juda ham zo'r albatta. Xitoylik Chen Insi bolaligidan superkar haqida orzu qilgan edi.
Va hattoki, puli yo'q bo'lishiga qaramay, eksklyuziv avtomobilning egasi bo'ldi. Uni o'z qo'llari bilan yig'di. Odatda, bunday mashg'ullikning natijasi bo'lib "tog'ora" lar chiqadi. Biroq, Chenda haqiqiy zo'r mashina chiqdi. Xaynandagi avtoshouda bu mashina bilan, mashxur markalarning konseptlaridan ko'ra ko'proq, sur'atga tushishdi.
Maktabdan so'ng Chen avtomobillar dizayneri bo'lish maqsadida kollejga kirdi. Lekin u yerda ikki yil ham o'qib ulgurmadi: uning otasiga ishida shoshilinch yordam kerak bo'lib qoldi. Shu sababli u o'qishni tashlashiga to'g'ri keldi. Biroq, yosh yigit orzusini tashlab ketmadi.
Pul yig'ib, Chen internet orqali, tashlandiq elektrokarning loyihasining avtomobil ichki jihozlarini sotib oldi va kuzovning dizaynini yaratishga kirishdi. Ish yarim yilga yaqin vaqtda qaynadi. Hammasi bo'lib harajatlarga u besh ming dollardan kam bo'lgan mablag' sarf qildi. Moshina esa million dollarga teng bo'lib chiqdi.
Futurustik avto Hainan Xiaohuohua degan nomni oldi. Bejirim yumaloqsimon kuzov ugleplastikdan qilingan. Gil'otin tipidagi eshiklari oldindagi qanotlari bilan birlashgan. Kapot ostidagi juda ham kamtarona elektrik kuchlanish jihozi bilan ham, mashina yuz kilometr soatga onsonlik bilan tezlanadi.
Chen o'z yaratgan asarini Hainan International Automotive Industry Exhibition ga olib keldi va dabdabali muvaffaqiyatga sazovor bo'ldi. Aytishlaricha, odatda avtomashinalarga xech qanday qiziqish bildirmaydigan modellar ham, bu mashina bilan sur'atga tushgan ekanlar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook