Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar
Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar
Uyga tashrif buyurgan mehmon sizni qay darajada ozodaligingini oshxonangizga qarab bemalol bilib olishi va sizga baho berishi mumkin. Bu borada bekalar uchun beriladigan bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi. Marhamat ular bilan tanishing!

1. Qovoq, kabachki va boshqa shu kabi mahsulotlarni ichidagi tuxumlaridan tozalashda maxsus muzqaymoq qoshiqchasidan foydalaning, qoshiqcha sabzavotlar ichini tozalash bilan bir qatorda ularga ajoyib ko’rinish baxsh etadi.

2. Tayyorlagan taomingiz keragidan ortiq yog’li bo’lib ketdimi, bunda sizga muz bo’lakchasi va qog’oz sochiq yordam beradi. Muz parchasini sochiqcha ichiga solib, uni ovqat ustiga qo’ying, muz bo’lagi ortiqcha yog’larni o’ziga tortib oladi.

3. Oziq-ovqatlar uchun mo’ljallangan plyonkani sovitkichda saqlang, bu borada dunyoning bosh oshpazlari shunday qilishadi, chunki sovitkichda turgan plyonkadan foydalanish osonroq bo’ladi.

4. Apelsin yoki mandarin po’stlog’ini tozalashni yoqtirmaydiganlar uchun oson yo’l, ushbu mevalarni tozalashdan oldin mikroto’lqinli pechga 20 soniyaga qo’ying, shunda ularning po’stini tozalash oson bo’ladi.

5. Qaynatilgan tuxumni qiyinchiliksiz tozalash uchun uni qaynayotgan paytda suvning ichiga biroz soda yoki sirka solib yuboring.

6. Limondan ko’proq sharbat tayyorlashni istasangiz, ularni oldin muzlating, so’ngra 15-20 soniyaga mikroto’lqinli pechga qo’ying.

7. Pishloqni qirg’ichdan o’tkazishda qiyinchilik bo’lmasligi uchun uni ishlatishdan oldin 30 daqiqaga muzlatkichga qo’ying.

8. To’g’rayotgan piyozingiz ko’zlarni yoshlatmasligi uchun ham 30 daqiqa muzlatkichdan foydalaning.

9. Makaron pishishini qozon oldida kutib turish shart emas, shunchaki qaynatayotgan makaron idish ustiga yog’och qoshiq qo’ying va boshqa ishlar bilan shug’ullanavering, yog’och makaron qaynayotgan suvning idishidan toshib ketmasligini ta’minlaydi.

10. Tayyorlagan kekslaringiz uchun mo’ljallangan maxsus tag qog’ozlari o’rniga pergament qog’ozlaridan foydalaning, bu kekslarning yanada chiroyli ko’rinishga ega bo’lishiga ham yordam beradi.

11. Pitsa yoki shu kabi pishiriqlarni mikrotolqinli pechda pishirish uchun ularning yaqiniga stakanda suv quyib qo’ying, bu pishiriqlarni quruq bo’lib qolishidan saqlaydi.

12. Ko’katlarni o’z holida saqlab qo’yish uchun ularni muz bo’lakchasi shaklida muzlating, so’ngra ulardan xohlagan paytingiz foydalanishingiz mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook