1971-yilning 1-sentyabrida O‘zbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan o‘rganildi, qayta-qayta sinovlardan o‘tkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada bo‘lmagan edi. 1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi.
Ishga tushirilayotgan paytida Toshkent teleminorasi jahonda balandligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan. O‘shanda u Toronto, Moskva, Nyu-York va Tokiodagi inshootlar qatorida dunyoning buyuk minoralari xalqaro federatsiyasining a’zosiga aylangan
Toshkent teleminorasi Ismail tomonidan qurilgan Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi.
XX asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi O‘zbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion ko‘rsatuvlarni ko‘paytirish va tog‘li tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi.
Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. 1984—85-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab o‘lchovini to‘g‘ri olish oson kechmadi.
Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etishgan. Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirilgan.
Сообщения из Facebook