Qadimda odamlar dushman bilan kurashish va harbiy sohada qanday hayvonlardan foydalanganlar?
Qadimda odamlar dushman bilan kurashish va harbiy sohada qanday hayvonlardan foydalanganlar?
Kurash, jang tushunchasi insoniyatga qadim zamonlardanoq tanish bo’lib kelgan. Harbiy malaka va usullar esa yildan yilga o’sib, taraqqiy etib boravergan. Ular harbiy sohada nafaqat o’zlari, balki turli vazifalarni bajara oladigan hayvonlardan ham foydalansa bo’lishini tez orada tushunib olganlar.

Shunisi qiziqki, mashinalar paydo bo’lganidan keyin ham odamlar hayvonlar xizmatidan foydalanishni inkor qilishmadi va bu usulni zarracha bo’lsa-da sustlashtirganlari yo’q.

1. Otlar

1. Otlar
Otlar inson tomonidan urush paytida foydalanilgan hayvonlarning eng birinchilaridan biri bo’lsa ajab emas, albatta. Odamlar dastlabda xonaki otlarni aravaga 2-3 tadan qo’sha boshlaganlar. Ayrim paytlarda bitta aravaga 4 tadan ot qo’shilgan. Keyinchalik odamlar chavandozlik san’atini o’zlashtirib olganidan so’ng bu butun dunyo harbiy qo’shinlarining qiyofasini bir necha asrlarga o’zgartirib yubordi.

2. Tuyalar

2. Tuyalar
Turli davrlarda otlar bilan birga tuyalardan ham harbiy sohada keng foydalanilgan. Biroq, tuyalar otlardan sifat jihatidan ikki nafar chavandozni mindira olishi bilan farqlanar edi. Odatda, bunday holda sarbon nayza bilan qurollangan. Orqada o’tirgan ikkinchi chavandozga esa kamon singari o’qotar qurollar yetkazib berilgan.

3. Fillar

3. Fillar
Turli tarixiy filmlardagi jang sahnalarida fillar ishtirok etishini ko’p bora kuzatgansiz. Jangovar fillar maydonda dushmanni dahshatga soluvchi qurol sifatida ishlatilgan. Ayrim mamlakatlar ulardan xatto o’qdori zamoni kelganidan keyin ham foydalanishni davom ettirgan. Ammo, qurol sifatida fillardan foydalanish baribir qadimiy dunyoga to’g’ri keladi.
Biroq bu qurolning ahamiyatliligi hozirgi zamon odamlari tomonidan o’ta yuqori baholanib yuboriladi. Aslida, fillar o’ta zaif bo’lgan va ko’pincha psixologik qurol yoki o’ziga xos qo’mondonlik nuqtasi sifatida qo’llanilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, fillar qanchalar foydali bo’lsa, shunchalar zaif ham bo’lganlar.

4. Itlar

4. Itlar
It odamning sodiq do’sti ekanligi hech kim uchun sir emas. Otlar kabi jangovar itlar ham qadimiy davrlardan boshlab xozirgi zamonga qadar bu sohada katta tarixiy yo’lni bosib o’tdilar. Qadimda itlardan razvedka va izlash maqsadida, shuningdek qo’riqlash uchun tirik qurol sifatida foydalanganlar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida itlar dushmanlarning tanklarini portlatib yuborish uchun tirik bomba vazifasini bajargan. Ammo bu uslub juda ham foydali emas edi. Xayriyatki, bugungi kunda xizmatchi itlardan aksariyat hollarda izlash va qo’riqlash uchun foydalaniladi holos. Shu bilan birga, jang maydonida yaralanganlarni izlab topishga o’rgatilgan sanitar-itlar ham mavjud. Bunday itlarga ko’pincha aptechkalar ilib qo’yiladi.

5. Kaptarlar

5. Kaptarlar
Kaptarlarning tabiiy xususiyatlarini odamlar qadimiy zamonlardayoq to’g’ri baholay olganlar. Qadimiy Misr va Yunonistonda pochta xabarnomalarini yetkazib berish uchun kaptarlardan foydalanishni o’rganib olishgan. Juda ko’p hollarda aloqani ushlab turish maqsadida safarlarga qo’shinlar bilan birga ixchamgina ko’chma kaptarxonalar ham jo’natilar edi.
Xatto XX asrning boshida ham ko’p davlatlar o’z chegaralarida harbiy kaptar pochta stansiyasini joriy etishgan. Keyinchalik qushlardan, shu jumladan, kaptarlardan ham aerofotosyomkani amalga oshirishda foydalana boshlaganlar.

Kalamushlar

Kalamushlar
Minalangan dalalar sayyoramizning ko’plab turli notinch joylarida xaqiqiy muammo bo’lib qoldi. Har qanday urushning qoladigan bunday “meros” xo’chalik uchun mislsiz zarar keltiradi. Hududni minalardan tozalash juda ko’p vaqtni oladi, o’ta yuqori toifali mutaxassislarni jalb qilishni talab etiladi va odamlar xayoti uchun juda yuqori darajadagi xavf bilan tug’diradi. Shuning uchun ham mana 15 yildirki, minalangan dalalarda kalamushlar “mehnat” qilishadi.
Kemiruvchilardan “sapyor” sifatida foydalanish usuli “ARORO” Belgiya-tanzaniya tadqiqot tashkiloti tomonidan o’ylab topilgan. Eng ko’p hollarda bu maqsadda Afrika og’maxonsifat kalamushlaridan foydalanadilar. Bunday kalamushlar shahar kalamushlardan farqli o’laroq 8 yil yashashadi. Ularning ko’rish qobiliyati juda past, lekin hidlarni a’lo darajada ajrata oladi va eshitadi. Bu qobiliyatlari ularni sapyorlikka o’rgatishda ideal nomzodga aylantiradi.
Kalamushlar minalarni topishda itlardan zarracha qolishmaydilar. Bundan tashqari, ular itlardan ko’ra ancha yengilroqdirlar. Bu juda ham muxim, chunki, ehtiyotsizlik yoki xatolikka yo’l qo’yilgani paytda kalamush piyodalarga qarshi minaning portlagichini faollashtirmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook