Yelizaveta II ommaviy shaxs bo’lishiga qaramay uning shahsiy hayoti sir pardasi orqasida yashiringan. Oramizdagilarning ko’pchiligi qirolicha qanday yashashi to’g’risida juda kam ma’lumot va taassurotga egadirlar. U 2015 yilda Britaniya tarixidagi eng uzoq vaqt boshqarib kelayotgan monarx bo’lib qolganiga qaramay aynan shunday. Oldingizda Yelizaveta II boshqaruv davridagi va hali qirolicha bo’lmagan davridagi xayotidan eng qiziqarli ma’lumotlar.
Qirolicha texnikani ta’mirlay oladi va otishni biladi
Yelizaveta 1945 yilda ayollar o’zini mudofaa qilish guruhlariga qo’shildi. U hech qachon jangovar harakatlarda qatnashmagan, ammo mexanik mutaxassiligini va yana ko’p foydali ko’nikmalarni xosil qilishga erishgan.
U kinoda suratga tushgan
Qirolicha Jeyms Bond (Deniel Kreyg) bilan qisqa metrajli filmda suratga tushgan va xatto eng zo’r “Bondning dugonasi” deb tan olingan ham.
Uning 2 ta tug’ilgan kuni bor
Qirolicha o’z tug’ilgan kunini 2 marta nishonlaydi: 21 aprelda (oila davrasida) va rasmiy ravishda yozning boshida. Bu an’ana noyabrda tug’ilganiga qaramay o’z tug’ilgan kunini rasmiy ravishda yilning issiq faslida o’tkazishni yaxshi ko’rgan qirol Eduard VII tomonidan joriy qilingan.
Uning qirolicha bo’lib qolishini hech kim kutmagan edi
Yelizaveta tug’ilganidan keyin taxtga faqat 3-chi nomzod edi, shuning uchun ham, uni qachonlardir qirolicha bo’lib qolishini hech kim kutmagan edi. Biroq, Yelizavetaning amakisi taxtdan voz kechdi, shuning uchun, uning otasi Georg VI toj sohibi bo’lib qoldi. Shunday qilib, u to’g’ridan to’g’ri merosxo’r aylandi.
U 14 yoshidanoq omma oldida so’zga chiqqan
1940 yilda, 14 yoshligida, xamma uchun qiyin davrda qirollik bolalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Yelizaveta radio orqali rasman so’zga chiqqan.
Qirolichaning qutqaruvchi guvohnomasi bor
Qachonlardir Yelizaveta suzish bilan jiddiy shug’ullangan va xatto qutqaruvchi guvohnomasini qo’lga kiritishga sazovor bo’lgan.
U bo’lajak eri bilan 8 yoshida tanishgan
Yelizaveta o’zining bo’lachak eri Filipp Mauntbattenni 8 yoshligida uchratgan edi. U bir qarashdanoq sevib qolgan, lekin Filipp dastlab javoban o’z xissiyotlarni namoyon qilmagan. Yelizavetaning butun oilasi ularning nikohiga qarshi bo’lgan, lekin Yelizaveta xamma narsani yengib 21 yoshida sevgan insoniga turmushga chiqqan.
Yelizavetaning oilasi katta
Uning 4 farzandi, 8 nabirasi va 5 chevarasi bor
Uning xukmronligi davrida 7 rim papasi, 2 bosh vazir va 7 kenterberiya arxiepiskoplari almashdi.
Uning Margaret Tetcher bilan munosabatlari og’ir
“Tetcher xonim men gapirganimda hech qachon quloq somaydi”, — deb noligan edi bir marta qirolicha.
Qirolicha 3,5 million xatga javob bergan
Unga juda ko’p xatlar keladi va nafaqat Britaniyadan. Qirolichaga xar kuni bir necha tavakkaliga tanlab olingan xatlarni o’qib eshittirishadi va u maktublarga javob beradi. U shunday qilib qirolichalik davrida 3,5 milliondan ortiq xatga javob bergan.
Yelizavetaga suiqasd uyushtirilgan edi
1981 yilda parad paytida bir o’spirin qirolicha tomonga bir necha paxtavon patron bilan o’t ochgan edi. U shlyapasini to’g’rilab qo’yib, yo’lini davom ettirgan.
Qirolichaga qo’l tekkizish mumkin emas
Omma oldida qirolichaga uning eridan tashqari hech kim qo’l tekkizishi mumkin emas. Shunga qaramay, bu rasmiy qonun-qoidalar majmuini qirolichani yarim quchgan 2 bosh vazir va Mishel Obama buzishga ulgurdilar.
Qirolicha soliq to’laydi
1992 yildan buyon Yelizaveta ko’ngilli ravishda daromad solig’i va foyda solig’ini to’lashga rozi bo’ldi.
U faqat yorqin rangli kiyimlar kiyadi
Yelizaveta omma ichida ajralib turish uchun faqat yorqin ranglardagi va faqat Britaniyada ishlab chiqarilgan kiyim kiyadi. Odob-axloq qoidalariga ko’ra qirolicha qora kiyimda faqat motam paytida paydo bo’lishi mumkin.
Qirolicha uchun sumkachasi juda muhim
Yelizaveta uning yordamida xizmatkoriga ishoralar beradi. Masalan, agar u marosimdan zudlik bilan ketgisi kelsa va buning uchunga unga bahona kerak bo’lsa, u sumkachasini stolga qo’yadi.
Qirolicha doim ham mashhur bo’lmagan
1990 yillarda malika Diana va shaxzoda Charlzning ajralishlari tufayli qirolicha va uning oilasining mashhurligi keskin tushib ketgan.
U doim bir xil poyabzal kiyadi
Yelizaveta mana yarim asrdirki bir hil markadagi va bir hil fasondagi poyabzalni kiyib yuradi. Bu taniqli britaniyalik firma ishlab chiqargan, katta bo’lmagan turg’un poshnali tuflidir. U qimmat poyabzal bo’lgani tufayli undan ko’proq muddat foydalanish maqsadida Yelizaveta tuflisidagi poshnasini tez-tez almashtirib turadi.
Сообщения из Facebook