Qiziqarli dunyo: 13 yil avval y’oqotilgan brilliant ko’zli nikoh uzugi tomorqadagi sabzining tanasidan chiqib keldi
Qiziqarli dunyo: 13 yil avval y’oqotilgan brilliant ko’zli nikoh uzugi tomorqadagi sabzining tanasidan chiqib keldi
Kanadaning 84 yoshli fuqarosi Meri Grem ismli ayol 13 yil avval yo’qotib qo’ygan brilliant ko’zli nikoh uzugini qayta topishga muvaffaq bo’ldi. Uzuk hovlidagi tomorqada yetishtirilgan sabzi bilan birga yerning tagidan chiqib keldi.
Bu ayol 2004 yilda oilaga qarashli tomorqada yerni chopayotganida uzugi qo’lidan tushib qolgan. Uni qidirishga harakat qilgan, biroq topa olmagan. Bunday qimmatbaho uzugini yo’qotgan Meri tushkunlikka tushgan, chunki bu nikoh uzugi edi. Biroq bo’lib o’tgan voqeani o’g’lidan bo’lak hech kimga aytmagan. O’g’il onasiga huddi shunday, faqat arzonroq uzuk sotib olib bergan. Meri yillar davomida shu uzukni taqib yurgan va hech kimga sir boy bermagan.
Yaqinda, 2017 yilning 13 avgust kuni hozirgi vaqtda shu fermada yashovchi Merining kelini to’satdan sirni fosh qildi. U tomorqada yetishtirilib, kavlab olingan sabzilarni yuvayotganida, qiyshiq sabzini ko’rib hayron qoladi. Chunki sabzining bel qismida uzuk bor edi. Ayol eriga bu g’alati sabzavotni ko’rsatadi.
Sabzi urug’i ko’p yillar davomida yerda yotgan uzukning orasiga tushgan va aynan uning orasidan o’sib, qimmatbaho taqinchoqning yer yuziga chiqishiga sababchi bo’lgan. Meri Greyningning o’g’li bu uzuk kimga tegishli ekanligini darrov fahmladi va onasiga qo’ng’iroq qildi.
Brilliant ko’zli nikoh uzugining topilganidan ayol xursand bo’ldi, biroq bu voqeani eridan sir tutib kelganiga afsuslandi. Uning eri bundan besh yil burun vafot etgan edi, u bu g’aroyib hodisani ko’rib, hazil qilishi tayin edi.
Meri Grey turmush o’rtog’idan xotira bo’linb qolgan va yo’qolganidan 13 yildan keyin yna qaytib topilgan ushbu qimmatbaho uzugini endilikda asrab-avaylashga va’da berdi.
Bu tomorqada topilgan brilliant haqidagi yagona yangilik emas. 2011 yilda Shvetsiyada shunga o’xshash voqea ro’y bergan. Unda ham bir ayolning yo’qotib qo’ygan brilliant ko’zli nikoh uzugi 16 yildan keyin tomorqadan kavlab olingan sabzi orasiga kirib qolgan holda topilgan edi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook