Qiziqarli dunyo: Dunyodagi eng noodatiy uylar
Qiziqarli dunyo: Dunyodagi eng noodatiy uylar
“Taqdir hazili” klassik kinokomediyasidagi asosiy syujet, ya’ni har xil shaharlarda bir xil ko’cha nmli va uylari bir xil, hatto bir xil sonli kvartiralarga kalitlar to’g’ri kelishi – bularning ba’ri shaharsozlik nuqta’i nazaridan keltirib ko’rsatilgan, asosiy fikr esa aniq ko’rsatilgan.
Unifikatsiya va standartlashtirish yaxshi natija beradi, albatta, biroq ko’pgina odamlar hozirgi kunda boshqacha bo’lishga harakat qilishadi. Bugun biz inson tasavvuridagi fikrlarni lol qoldiradigan uylar haqida aytib beramiz.

Daraxtdagi uy.

Daraxtdagi uy.
Bolalar o’yingohlarida ancha tanilgan, har xil tele va kinofilmlarda bir necha martalab o’ynalgan (masalan, “Yo’qolgan dunyo” serialini olib qarasak). Biroq kattalar ham real hayotda yashash uchun daraxtda uylar qurishadi. Rosti, odatda bu kabi uylar unchalik katta balandlikda o’rnatilmaydi. Daraxtdagi uy bo’yicha rekord “balandlikka” erishgan uy, 2004 yilda Tasmaniya orolida tabiatni himoya qilish guruhi tomonidan qurilgan, hozirda u yo’q. Bu uyni yerdan taxminan 200 fut (65-70 m) balandlikda daraxt shoxlarida qurishgan va u yerda Avstraliyadagi o’rmonzorlarning yirik kesib tashlanishi muammosiga jamiyatning e’tiborini qaratish uchun yarim yil davomida o’sha yaerda yashashgan.

«Raqsga tushayotgan» uy

«Raqsga tushayotgan» uy
Praganing tarixiy tumanlarining birida yaqinda barpo etilgan “raqsga tushayotgan uy” nomli uy ancha taniqli yodgorlik hisoblanadi. Bu qurilish ikkita silindrik shakldagi minoradan iborat, uning bir shunchalik qiyshaltirilganki, chetdan o’tirib kuzatuvchiga, uy raqsga tushayotgandek tuyuladi. Bu uy shoh asar va “dekonstruktivizm” arxitektura yo’nalishining eng noyob turlaridan biridir.

Shaffof uy

Shaffof uy
Shaffof devorli uyni Yaponiyada mashhur arxitektor Su. Fudjimoto loyihasi bo’yicha qurganlar. Bino katta emas, uning umumiy maydoni 22 kv.kmni tashkil qiladi. Alohida xonalar har xil balandlikdagi platformalarda joylashtirilgan.

Sutyagin uyi

Sutyagin uyi
Bu oxirigacha qurib bitkazilmagan Arxangelskda qurilgan o’n uch qavatli “Sutyagin uyi”. Bu uyni qurishda faqat “odatiy” texnologiyalardan foydalanilgan. Biroq uy oxiigacha qurilmagan, chunki uy egasi jinoiy javobgarlikka tortilgan, javobgarlikni o’tab bo’lgandan so’ng esa, loyihani tugatish uchun kerakli mablag’ga ega bo’lmagan.
Hozirda bu uy faqat xotiralarda va fotohujjatlarda qolgan. Avvaliga, 2008 yilda, sud qarori bilan 4 qavatdan yuqorisi buzilgan, qolgan qismlari esa 2012 yilda yong’in yordamida barbod qilindi.

Kaktus-uy

Kaktus-uy
Juda chiroyli va noyob uy gollandiyalik shahar-porti Rotterdamda joylashgan. Bu sayyoraning eng “yashil” ko’p qavatli uylaridan biri. Ochiq terrasalarning ko’pligi bu uyga kaktusga o’xshashlikni beradi, nomlanishi ham shu yerdan kelib chiqqan. 19 qavatli “Kaktus-uy” juda funksional yashash uchun mo’ljallangan binoni tashkil qiladi. Uning ichida 98ta kvartira bor, va ularda odamlar yashaydi. Ushbu uy tashqi ko’rinishining farqli tomonlaridan biri yarim aylana balkonlaridir, ular ulkan vintli zinapoyaning zinalari kabi ko’rinishni hosil qiladi.

«Brutalizm» ko’rinishidagi majmua

«Brutalizm» ko’rinishidagi majmua
Monrealda M.Safdi loyihasi bo’yicha 354ta kub beton elementlaridan tashkil topgan va ular bir-birlariga ustma-ust, hech qanday tartibsiz joylashtirilgan yashash majmuasi qurilgan. Bu tartibsiz massivda yashash uchun mo’ljallangan 146 ta kvartira bor.

«Flinstounlarning uyi»

«Flinstounlarning uyi»
“Flinstounlar” multserialidagi harakatlar qadimgi davrlarda, odamlar hali g’orlarda yashagan zamonlarda ro’y bergan. Amerikalik teleboshlovchi D.Klark aynan shu shakldagi uyni o’ziga qurdirgan. Qurilish Tinch okeani qirg’og’idagi Malibu orolida barpo qilingan. Arxitektorlar bu uyning yashovchilari uchun yetarli darajada qulayliklar yaratib berishgan, bunda ibtidoiy odamlar g’orlariga tegishli interyer saqlangan. Hozir uy sotishga chiqarilgan, narxi 3,5 mln $.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook