Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimini belgilaydi. Shuning uchun turli davlatlarda ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotganda mamlakatning tarixiy an'analari, bugungi kun talablari inobatga olinadi. Bugungi maqolamizda ba'zi mamlakatlarning maktabdagi ta’lim tizimi haqida so’z boradi.
Frantsiya: to’rt kunlik o’quv haftasi
O’quv yilining davomiyligi: 11 oy/ haftasiga 4 kun
Ta’lim davomiyligi: 11 yil
Ta’lim olish yoshi: 3 (6) – 15 (17) yosh
Uy vazifalar: yozma ishlar ta’qiqlangan
Maktab formasi: yo’q
Baholash tizimi: 20 balllik
Bilimni sinash: nazorat ishi, imtihonlar
Ta’tilga galma-galdan chiqadilar
O’quv yili sentyabrdan boshlanib, iyul oyigacha davom etadi. Ta’til vaqtida yo’llarda tirbandliklar sodir bo’lishining oldini olish maqsadida Frantsiya uchta hududga bo’lingan bo’lib, ular galma-galdan yozgi ta’tilga chiqadilar.
O’quv haftasining davomiyligi oxirgi o’n yil ichida ikki marta o’zgartirildi. 2008 yilda sobiq prezident Nikolya Sarkozining farmoniga muvofiq o’quvchilar haftasiga to’rt kun – dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari kuniga olti soatdan o’qishar edi. Qolgan kunlari esa dam olish kuni hisoblanardi. Hukumat tepasiga Fransua Olland kelgandan keyin esa reforma natijasida o’quvchilar maktabda chorshanba kuni uch yarim soatdan, boshqa kunlari esa bech yarim soatdan o’qiy boshladilar. Dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari bo’ldi. Yaqin kunlarda Frantsiyada yana bir reforma bo’lishi kutilmoqda. 2018 gacha kommunalar chorshanba dam olish kuni yoki yarim o’qish kuni bo’lishiga oydinlik kiritadilar. Eng asosiysi, ta’lim olish vaqti haftada 24 soatdan oshmasligi kerak. Maktablarda oddiy tanaffuslardan tashqari 1,5-2 soatlik tanaffuslar ham bor.
Maktabga birinchi qadam uch yoshdan boshlanadi
Frantsiyada boshlang’ich maktab olti yoshdan boshlanadi, biroq undan oldin uch yil bolalar bog’chasini eslatuvchi “ekol maternel” maktabiga boradilar. O’rta maktabni bitirayotgan o’quvchilar davlat imtihonini topshiradilar. O’n ball to’plagan o’quvchi oily ta’lim muassasasiga qabul qilinadi. Boshlang’ich maktabdan boshlab nazorat ishi bajariladi.
Sinfdan sinfga sakrash
Boshqa mamlakatlar qatori Frantsiya ta’lim tizimida ham sinfda qolish yoki sinfdan sinfga sakrash hollari uchrab turadi. Ba’zi ota-onalarga sinfdan sinfga sakrash holati yoqmaydi. Bu narsa ularning fikricha maktab dasturining mukammal emasligidan dalolat beradi. Ular shuningdek, o’quvchining sinfda qolishi ham uning ruhiyatiga ta’sir qiladi, deb hisoblaydilar. Frantsiya maktablarida reformalar sodir bo’layotganligi ham ko’pchilikni qoniqtirmaydi. Noroziliklarda o’qituvchi, professorlar bilan birga o’quvchilar ham ishtirok etadilar.
Yaponiya: ta’lim olish = mehnat qilish
O’quv yilining davomiyligi: 11 oy/ haftasiga olti kun
Ta’lim olish davomiyligi: 10 (12) yil
Ta’lim olish yoshi: 6-15 (17)
Uy vazifasi: bor
Maktab formasi: bor
Baholash tizimi: 100 ballik
Bilimni sinash: yiliga bir necha martalik imtihon
Birinchi qo’ng’iroq – bahorda
Yurtimizda va boshqa ko’pgina mamlakatlarda o’quv yili sentaybrda, daraxt barglari sarg’ayganda boshlansa, Yaponiyada bahor faslida, sakura gullaganda boshlanadi. Birinchi qo’ng’iroq aprelning boshlarida jaringlasa, oxirgi qo’ng’iroq martning oxirida chalinadi. O’quv yilining boshlanish va yakunlanishining aniq muddatini har bir maktab alohida o’zi belgilasa-da, ta’til bor yo’g’i bir hafta davom etadi. Ana shu davrda dam olish hamda carchoqni chiqarib yuborishga ulgurish lozim.
Qirolicha Viktoriya nomidagi forma
Yaponiyada o’quvchilarning kiyinishi boshlang’ich maktablarda oddiy, forma ham shart emas. O’rta maktabda o’quvchilarning yo’nalishlar bo’yicha kurslarni tanlash huquqlari bor. Undan tashqari ularni katta hajmgagi uy vazifalari, imtihonlar va uniforma kutib turadi.
Forma nafaqat shahar va perfekturalar bo’yicha, balki maktablar bo’yicha ham farq qilib turadi. Biroq ularning hammasida dengiz mavzusi asos qilib olingan. Ayniqsa Britaniya qirollik flotining formasiga taqlid qilingan. Qirolicha Vikroriya o’g’ilchasini dengizchilar kiyimini kiydirganida, shu uslub bolalar modasida keng tarqaldi hamda 19-asrning oxiri va 20 asrning boshlarida urfga kirdi. Bu kiyim uslubi Yaponiyaga ham yetib bordi va u yerda milliy mutaassiblik sifatida qolib ketdi.
O’qish, o’qish va yana o’qish
Yaponlar – mehnatsevar xalqdir. Maktablarda darslar soat 8:30 da boshlanadi va kechgacha davom etadi. Ko’pchilik bolalar dzyuku – qo’shimcha ta’lim muassasalariga ham boradilar va u yerda turli xil fanlardan bilimlarini oshiradilar. Haftada olti kun o’qilsa-da yakshanba kunlari ham qo’shimcha bilim olish normal holat hisoblanadi. Bolalarning bilim olish darajasi 100 ballni tashkil etishi shart.
Ota-onalarning ham, jamiyatning fikricha, yaxshi bilim olish va shunga yarasha yaxshi balllarni to’plash juda muhimdir. Yaxshi ball bo’lsa universitetga kirish uchun kerak, u yerda olingan bilim esa munosib ish topishga sabab bo’ladi.
Yaponiyada maktabga borish va uy vazifasini bajarish imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tishni kafolatlamaydi. Imtihonlar o’rta maktabdan boshlanadi va har bir trimestrda bo’lib o’tadi. Demak, o’quvchining kuni shunday o’tadi: avval maktabga boradi, u yerdan qaysidir to’garakka o’tadi, so’ngra esa – dzyuku. Maktab bolasi uyiga kechki payt qaytadi va uyqu oldidan uy vazifasini qilishgagina ulguradi.
Сообщения из Facebook