Qiziqarli dunyo: Eshkaklarni quriting: Polshalik nafaqaxo’r Atlantikani baydarkada 100 kundan ortiq vaqtda suzib, kesib o’tdi.
Qiziqarli dunyo: Eshkaklarni quriting: Polshalik nafaqaxo’r Atlantikani baydarkada 100 kundan ortiq vaqtda suzib, kesib o’tdi.
3 sentyabr kuni polshalik 70 yoshlik Aleksandr Doba 100 kundan ortiq vaqt suvda bo’lib, transatlantic sayohatini tugatdi. Polyak may oyida Nyu-Djersidan start olib, Fransiyaning shimoli g’arbiy qirg’og’idagi Le-Konkda suzishni yakunladi.
2010 yili u Atlantika okeanini bir kishilik baydarkada, eshkaklarda suzib o’tgan birinchi odam bo’lib, Senegaldan Braziliyaga bo’lgan masofani kesib o’tgan. 2013 yili Doba 37 yoshligida, Lissabondan Floridagacha bo’lgan masofani bosib o’tib, suzishni qaytargan.
Ikki galda ham Aleksandr Doba rekordlar o’rnatgan bo’lib, ochiq baydarkada odamning eng uzoq davom etgan suzishlari bo’lgan.
Dobaning jamoasi Facebook da uchinchi sayohatini u “charchagan va baxtiyor” yakunladi deb yozgan.
“Suzish aql bovar qilmas darajada emosional va qiyin bo’ldi. Ob-havo sharoitlari, kuchli oqim va Chelbaxeb orolidagi shamollar unga qarshi edi.”
Yomon sharoitlat tufayli Doba qirg’oqqa kelib tushish joyini ham o’zgartirishga majbur bo’ldi.
Facebook dagi post quyidagi so’zlar bilan tugagan edi: “Agar siz Bretanda bo’lsangiz, Le-Konkega hush kelibsiz. Biz haqiqatdan ham tarixiy onlarni nishonlamoqdamiz”.
70 yoshlik Doba Fransiya qirg’oqlariga yetib kelgunigacha, dengizda 119 kun o’tkazgan.
Yo’lning barchasini Doba eshkaklarda o’tdi.
В 2015 году National Geographic вручил 68-летнему Алесандру Добе награду «Путешественник года». 2015 yili National Geographic 68 yoshli Aleksandr Dobaga “Yil sayyohi” mukofotini berdi. Bu sinov qanchalik qiyin ekani haqida tasavvurga ega bo’lish uchun bir oylik suzishdan keyin qo’llar qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rsatamiz. Kadrni Instagramda britaniyalik eshkakchi va ikki karra chempioni Aleks Gregori nashr qilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook