Statistika ma’lumotlariga ko'ra, 21 yoshdan oshgan AQSh aholisining chorak qismi qimor o'ynash muassasalariga tashrif buyurganlar. Bu holat juda sodda tushuntirilgan: kazinolar iste'molchilarni turli usullar bilan jalb qilishadi - bepul ichimliklardan butun oila bilan dam olishgacha.
Har bir yangi qimorxona oddiy o'yinchilarning va mutaxassislarning ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi, va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Hozirgi vaqtda siz o'yinchilarning ehtiyojlariga mos keluvchi 10 ta kazinoni ajratishimiz mumkin.
Birinchi o’ringa Antigua shahridagi taxminan 100 gektarga teng yarimorolni egallab turgan "St James Club" qimor o'ynash inshootini qo’yishimiz mumkin. Ushbu kurortda kunduz vaqtida barcha dam oluvchilar uchun keng ko'lamli o'yin-kulgi turlari taqdim etiladi. Kechasi mehmonlar dam olish maskaniga tashrif buyurishi mumkin, bu yerda diskoteka, yoki blek-jek, poker va ruletkalar uchun stollar, shuningdek, 56 ta o’yin avtomati mavjud.
Ikkinchi o'rinni "Atlantis Resort" egallaydi – Bagama orollarida joylashgan ushbu mehmonxona dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar ro’yxatiga kiradi, bu yerdagi xonalar bir kechasiga 25 ming dollarga tushadi. Bu yerda joylashgan kazino Karib dengizi ichida eng kattasidir - bu erda o'yinchilarga turli o'yinlar uchun 78 ta stol, shuningdek, 980 o’yin avtomati taklif etiladi.
Londondagi "Clermont Club" kazinosi 1972 yilda qurilgan shaharning eng taniqli klublaridan biri deb ataladi. Siz bu jamoaga kamida 24 soat davomida a'zo bo'lganingizdan so'nggina kirishingiz mumkin, va qimor o'yinlaridan bakkar, ruletka va blek-jek taklif etiladi.
Germaniyaning Baden-Baden shahridagi 1809-yilda ochilgan afsonaviy kazinodan gap ochmaslikning iloji yo'q, chunki unga ko’plab taniqli insonlar tashrif buyurgan. Ushbu inshootga tashrif buyurganlarga fransuz va amerikalik ruletka, bakkara, poker va 113 ta o’yin avtomatlari kabi qimor o’yinlari taklif qilinadi.
Hozirgi kunda eng mashxur kazinolardan biri Xitoyning Makao qishlog’ida joylashgan "Mandarin Oriental" hisoblanadi. Ushbu qishloqda ham katta inshotlar mavjud, biroq kunida 24 soat ishlaydigan bu kazino, eng qulay va shinam joylardan biri hisoblanadi. Kazinoda ruletka, bakaara va blek-jek o’ynaladigan 11 ta stol, shuningdek, 59 ta o’yin avtomati bor.
Monakodagi eng mashhur qimor o'ynash muassasalaridan biri shubhasiz “Casino de Monte Karlo” hisoblanadi. Bu yerda mehmonlar juda ko'p sonli ruletka, blackjack, kreps va o’yin avtomatlarida o'ynashga vaqt sarflashlari mumkin.
Nyu-Jersi hududidagi eng mashhur muassasalardan biri "The Borgata Hotel, Casino & amp; Spa, Atlantic City", va unga ko'plab mashhur kishilar tashrif buyuradi. Ushbu kazinoda mehmonlarga 145 ta qimor stollari va juda ko'p sonli o’yin avtomatlari taklif etiladi.
Las-Vegasda 1998-yilda qurilgan va o’z sheriklari oldidagi eng qimmat loyihasi bo'lgan "Bellagio" afsonaviy kazino haqida unutmaslik kerak. Ushbu inshootning barcha mehmonlari restoranlarga, shuningdek, ikki yuzta o'yin stoliga va ikki mingta o’yin avtomatlarida o’ynash huquqiga ega bo'lishadi.
Nisbatan yaqin vaqtgacha Moskvadagi "Metropol" kazinosi dunyoning eng yaxshi qimor o'ynash muassasalari ro'yxatida edi. Bu yerda poker, ruletka va blek-jekning o'ynaladigan 11 ta qimor stoli bor edi.
Yohannesburg yaqinidagi "Sun City" kazinosi ushbu ro'yxatini tugatadi. Bu yerda o’yinchilarga 38 ta qimor o'ynash stoli va 852 o’yin avtomatlari havola etiladi.
Сообщения из Facebook