Hozirgi kungacha Qadimgi Xitoy haqida ko’gina qiziqarli faktlar yetib kelgan. Ular zamonaviy insonlarni lol qoldirib, shu bilan birga ilhomlantirib kelmoqda. Bu ma’lumotlarning qiymati balandligi so’zsiz muhimdir, chunki ular insoniyatning asl tarixini o’zida saqlab kelmoqda.
10. Kalamush – xitoyliklarning omad keltiruvchi noyob belgisi.
Kalamush rasmini ko’pincha kiyimda, idishda va bezaklarda ifodalashgan. Bu hayvonni omad keltiruvchi hayvon sifatida qabul qilishgan. Chinnidan yasalgan buyumlarni ko’pincha aynan shu hayvon rasmi bilan bezashni xush ko’rishgan.
11. Xitoy matematikasi – noyob narsa.
Ushbu ilm allaqachon odatga kirgan grek matematikasidan ancha uzoqda, o’ziga xos tarzda rivojlangan. Xitoyliklarning matematikasi o’ziga xos va noyob. Bu Qadimgi Xitoyning eng ulkan yutuqlaridan biridir.
12. «Pekinlik» inson – insoniyatning Qadimgi Xitoyda vujudga kelganidan darakdir.
Qariyb yarim million yil oldin Xitoy hududida tekis yuruvchi turdagi odam yashagan, deb hisoblangan. Hayratda qoldiradigani shu-ki, “pekinlik” inson shunchalik rivojlangan bo’lganki, olov keltirib chiqib, undan foydalana olgan.
13. Qog’oz – qadimgi xitoyliklarning kashfiyoti.
Eng qadimgi qog’oz parchasi Xitoyda topilgan. Uni m.a. 2 asrda ishlab chiqarishgan. Bu qog’oz g’aroyib mustahkamlikka ega. Shunchalik mustahkamki, hatto undan kiyim ham tayyorlash mumkin bo’lgan.
14. Ipak ishlab chiqarish – xitoyliklarning sirli qobiliyatidir.
Ipak ishlab chiqarish – Qadimgi Xitoydagi eng asosiy mashg’ulotlardan biridir. Qadimgi xitoyliklar ipak ishlab chiqarish uslubini mohirona yashirib kelishgan. Sirni ocha oladiganlarni qattiq jazolashgan. Ancha keying asrlarda, pilla yoki ipak qurti kontrabandasi bilan shug’ullanganlarni ayovsiz jazolashgan.
15. Buyuk Xitoy devori – ko’pgina insonlar qurbon qiligan joydir.
Buyuk Xitoy devori qurilishi tarixini har bir maktab o’quvchisi bilsa kerak. Lekin ko’pincha ushbu inshoot kim tufayli tugatilganlar sukunat saqlashadi. Quruvchilar butun umrlarini devorda o’tkazishgan. Ko’pilar esa o’sha devorda tug’ilib, undan tashqari hech qayerga chiqishmagan. Ular o’sha yerda halok bo’lganlar va ko’milganlar. Olimlarning fikrlaricha, o’lgan quruvchilarni ko’pincha devorni ichida ham ko’mib qurishda davom etganlar. Buyuk Xitoy devori juda ham ko’p sonli inson qurbonlari qiymati bilan qurilgan devordir.
Сообщения из Facebook