Hayotda shunday qiziquvchan insonlar borki, ular barcha savollarga javob topishni istaydilar, hattoki hech kimning hayoliga kelmagan savollarga ham. Ushbu maqolada shunday noyob savollar hamda ularning javoblari bilan tanishishingiz mumkin.
Metro qizilmasidagi tuproq qayerga ketadi?
Metro 50-70 metr chuqurlikda qaziladi. Bunday chuqurlikdagi tuproqning sifati yaxshi bo’ladi, shuning uchun uni turar joy massivlarining qurilishida yoki yo’llarni tekislasah uchun jarliklarni ko’mishda ishlatishadi. Shaxta qazilmasi – bu boshqa gap. Bir necha kilomert chuqurlikdagi yer qatlamida katta miqdordagi sulfat kislotasi hamda ammiak mavjud bo’lib, bu moddalar u bilan davomiy aloqaga kirishadigan har qanday tirik mavjudodni halok qiladi. Bunday zararli kimyoviy moddalarni bartaraf qilish uchun maxsus sun’iy qoplamlar yaratiladi. Shundan keyin bu tuproq 20-25 yil davomida qayta kultivatsiya qilinadi va zararli moddalardan butkul halos bo’lgandan keyin tomorqalarda ishlatiladi yoki jarliklarni tekislashda foydalaniladi.
Plastik operatsiya qildirgan inson pasportini almashtirishi shartmi?
Pasport almashtirish uchun ko’rsatmalardan biri tashqi ko’rinishning sezilarli darajada o’zgarishidir: haddan tashqari ozib ketish yoki semirish, soch turmagi yoki rangining tubdan o’zgarishi hamda plastik operatsiya. Odam o’zining pasportdagi rasmiga shundoq ham ko’pincha o’xshamay qoladi, tashqi ko’rinishdagi o’zgarishlar sababli esa inson deyarli boshqa insonga aylanib qolganday bo’ladi va hamisha plastik jarrohlik klinikasidan berilgan hujjat bilan yurishga to’g’ri keladi. Shuning uchun tushunmovchiliklarga duch kelmaslik uchun bunday hollarda pasportni almashtirgan ma’qul.
Taka, bug’u va shu kabi hayvonlarning shoxlari bilan suzishganlari uchun boshlari og’riydimi?
Shoxli hayvonlarda suzishganlarida bosh chayqalish holatlari bo’lmaydi. Ular shunga moslashganlar, bosh chanoqlari ham suzish jarayonida og’riq bo’lmaydigan qilib yaratilgan. Biroq bu hayvonlarda bosh og’rig’i bo’lmaydi, degani emas. Barcha jonivorlarda bosh og’rig’i bo’ladi, shoxdorlar ham bundan mustasno emaslar. Lekin bunin hech ham shoxga bog’liq joyi yo’q.
Nima uchun xotirasini yo’qatgan odamlar nutqni yo’qotmaydilar va gapirishda davom etadilar?
Insonda nutq olti yoshgacha shakllanib bo’ladi. Shunday qilib, nutq ko’nikmasi shaxs asosini tashkil etadi va mustahkam himoyalangan bo’ladi: nutq uchun javobgar bo’lgan hujayralar miyada chuqurroq joylashgan. Xotira esa miyaning yuza qavatida joylashgan bo’lib, mustahkam himoyalanmagan, shuning uchun ham u amneziya vaqtida o’chib qoladi.
Oq ayiq boshqa ayiqlar kabi asalni xush ko’radimi?
Ko’pchilik ayiqlar yirtqich bo’lishlariga qaramay, ular hamma narsalarni yeyaveradilar. Qo’ng’iq ayiq o’rmonda yashagani uchun u oldidan uchragan mevalar, rezalar, ba’zan esa asalni ham yeydi. Biroq bu bo’ri bug’uni yemaydi. Qutbdagi oq ayiq esa ro’parasidan asalli qutbchi chiqib qolsa, asalni ham, qutbchini ham paqqos tushiradi.
Nima uchun stadionda soat miliga qarama-qarshi tarafga yuguriladi?
Bu qonun qadimgi paytlarda paydo bo’lgan: sport tabiatga qarama-qarshi ravishda tashkil qilingan (ya’ni sun’iy rivojlanish tabiiy rivojlanishga qarshi chiqqan). U paytlarda soat millari bo’lmagan, shuning uchun ham quyosh soatlaridagi soya harakatiga qarama-qarshi tomonga qarab yugurilgan. Bir necha asrlardan keyin esa atletlar bunday yugurishning ancha qulayligini his etganlar.
Сообщения из Facebook