Qiziqarli ma’lumot: Fermi paradoksi yohud o’zga sayyoraliklar mavjudmi va nima uchun biz hanuzgacha ular bilan uchrashmaganmiz?
Qiziqarli ma’lumot: Fermi paradoksi yohud o’zga sayyoraliklar mavjudmi va nima uchun biz hanuzgacha ular bilan uchrashmaganmiz?
Har bir odam hayotida bir marta bo’lsa ham “Insoniyat koinotdagi texnologik jihatdan rivojlangan yagona mavjudotmi? Yoki bizlardan ham boshqa mavjudotlar bormikan?” degan savolni o’ziga berib ko’rgan albatta. Bu narsa Fermi paradoksi, deyiladi.
Koinotning cheksizligini hisobga olganda, Yer sayyoramiz kabi tsivilizatsiyalar galaktikada bir necha mingdan ziyod bo’lishi kerak. Galaktikaning yoshi 10 milliard yilga teng ekanligini hisobga olgan holda olimlar intellekt darajasidagi sizilivatsiyalarning bir-birlari bilan allaqachon bog’lanib bo’lgan bo’lishlari kerak edi, deb ta’kidlamoqdalar. Shularni barchasini hisobga olgan holda, o’rinli savol tug’iladi: agar nazariya bo’yicha o’zga sayyoraliklar mavjud bo’lishi kerak bo’lsa, unda nima uchun odamzot ular bilan hanuzgacha to’qnash kelmagan.

1.Yer o’zgacha sayyora

1.Yer o’zgacha sayyora
Yer sayyoramizning noyob va betakrorligi haqidagi nazariyaning ta’kidlashicha, sayyoramizda hayotning vujudga kelishiga sabab bo’lgan hodisalar zanjiri shunchalik murakkabki, uning takrorlanishining boshqa ilojisi yo’q. To’g’ri, Yerimizga o’xshash boshqa sayyoralar bo’lishi mumkin, biroq ularning birortasida ham ongli hayot rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar uyg’unligi mavjud emas. Boshqacha qilib aytganda, odamlarning o’zga sayyoraliklar bilan uchrashmaganliklarining sababi – yoki ular haqiqatdan ham yo’q, yoki ular odamlardan shunchalik uzoqda joylashganlarki, ularning uchrashish ehtimoli juda kam. Yerning hayot uchun yaroqli bo’lishiga uning noyob orbitasi hamda Quyosh bilan orasidagi masofa sababli uzoq muddatli barqaror iqlim sharoiti asos bo’lgan.

2.Ongli hayot to’siqlarga duch kelgan

2.Ongli hayot to’siqlarga duch kelgan
“Buyuk filtr nazariyasi” ga ko’ra, o’zga sayyoralarda ham hayot bor, biroq bu ongli hayot vakillari hozircha koinot aloqalari yoki koinot bo’ylab sayohat qilish uchun texnologik jihatdan rivojlanmaganlar. Mazkur nazariyada aytilishicha, zamonaviy kosmik kemalar, yo’ldoshlar va radiostantsiyalar odamlarni bu lahzaga yaqinlashtirayotgan bo’lsa-da, insoniyat yengib bo’lmaydigan qandaydir to’siq yoki halokatga duch keladi. Bu narsa o’zga sayyorlaliklar bilan texnologik jihatdan aloqalar o’rnatilishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, hammaga ma’lumki, Yer sayyoramizda vaqti-vaqti bilan halokatli tabiiy ofatlar sodir bo’lib turadi. Shunday ekan, bunday ofatlar boshqa sayyoralarda ham bo’lishi va ongli hayot yana tosh davriga qaytib borib qolishi mumkin. Yoki bo’lmasa, insoniyat yadroviy urushlar sababli o’zini-o’zi yakson qilayotgan bo’lishi mumkin. Mazkur filtr qanday bo’lishidan qat’iy nazar, hech qanday yaxshilikka olib bormaydi.

3.Ular Koinotdan juda uzoqlashib ketganlar

3.Ular Koinotdan juda uzoqlashib ketganlar
Futurolog olimlarning ta’kidlashlaricha, ongli o’zga sayyoraliklar qachonlardir bizning Koinotda mavjud bo’lganlar, biroq ular shunchalik mukammallashganlarki, yangicha rivojlanishni boshlaganlar. Boshqacha qilib aytganda, o’zga sayyoraliklar shunchalik taraqqiylashib ketganlarki, koinot bilan ishlari bo’lmay qolgan, ular o’zlarining ichki olamlari bilan ovora bo’lib qolganlar. Ushbu nazaroyani kompyuterlarning yillar davomida kichrayib borishi bilan taqqoslash mumkin. Eslab ko’ring, kompyuterlar bir paytlar juda ulkan bo’lib, bir xona kattaligida bo’lgan. Texnoligiya rivojlangan sari, kompyuter ham kichrayib boraverdi. Endi u cho’ntakka ham sig’adi. Mazkur nazariya tarafdorlari ham ongli hayot shunday usulda rivojlanib borganligini ta’kidlamoqdalar. Ularning aytishlaricha, o’zga sayyoraliklar takomillashgan sayin zichlashib borganlar hamda bo’shliq, vaqt, quvvat va materiyani samarali sarflay boshlaganlar.Natijada ushbu tsivilizatsiya vakillari shunchalik kichiklashib ketganlarki, bizning bo’shliq davrimizdan tashqari bo’lgan qora tuynuklarda yashay boshlaganlar.

4. Yer hamma o’ylagandek beqiyos emas

4. Yer hamma o’ylagandek beqiyos emas
O’zga sayyoraliklarga Yer va unda yashovchi odamlar haqida o’ylash qiziq emas, degan nazariya ahmoqona ko’rinishi mumkin. Ehtimol, hayot uchun boshqa qiziq va mos keladigan joylar bordurki, ongli mavjudodlar vaqtlarini Yerga emas, afzalroq boshqa joylarga sarflamoqdalar. Bu nazariya Yer sayyorasining noyobligi haqidagi taxminning butkul aksidir. O’zga sayyoraliklar uchun minglab yorug’lik yillariga teng bo’lgan masofalarga sayohat qilish va aloqa o’rnatish hamda insonlar bilan muloqot qilish istagi odamning pashsha bilan qiziqqanidan ham sustroqdir.Bundan tashqari, kelgindilar o’zlarining ajoyib texnologiyalarining ustunligiga egadirlar, ularga bizning resurslarimiz kerak emas. Shunday ekan, Somon yo’li galaktikasida Yerga o’xshash 8,8 milliard sayyora bo’la turib, o’zga sayyoraliklar sayyoramizga yetib kelishlari uchun bir talay quvvatlari sarflashlariga ehtiyoj bormikan.

5.Odamlar virtual borliqda yashaydilar

5.Odamlar virtual borliqda yashaydilar
O’zga sayyoraliklarning bizga ko’rinmasliklarining taxminlaridan biri – “planetariya nazariyasi” dir.Bizning olam “virtual borliq shakli” hisoblanadi, ya’ni Koinotning bo’shligi sarobini beradi. Odamlarning o’zga sayyoraliklarni ko’ra olmaganliklarining sababi, bu narsa programmalashtirilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, biz o’zga sayyoraliklar tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter ichida yashamoqdamiz. Ongli mavjudodlar galaktikadagi quvvat va materiya boshqara oladilar.

6. Sayyoramiz galaktikaning eng chekka nuqtasida joylashgan

6. Sayyoramiz galaktikaning eng chekka nuqtasida joylashgan
O’zga sayyoralarda hayot bor bo’lsa-da, bizning sayyoramiz boshqalaridan shunchalik uzoqda joylashganki, aloqa o’rnatishning imkoni yo’q. Yer sayyoramiz boshqa aholisi bor sayyoralardan shunchalik olisdaki, uni payqashning o’zi bo’lmaydi, o’zga sayyoraliklar esa o’zlariga yaqin bo’lganlar bilan muloqot qiladilar. Taniqli olim Stiven Xoking insonlar o’zga sayyoralarning signallarini tutib olsalar ham, o’zlarini ko’rsatib, bildirishlari kerak emas, aks holda amerikalik hindularning taqdiri boshimizga tushishi mumkin. Ya’ni kelgindilar bizning sayyoramizni egallab olishlari, o’zimizni esa siqib chiqarishlari mumkin.

7.Insonlar o’zga sayyoraliklarning signallarini tutmaganlar

7.Insonlar o’zga sayyoraliklarning signallarini tutmaganlar
Yana bir qator olimlarning ta’kidlashlaricha esa, o’zga sayyoraliklarning mavjudliklarining dalil-isboti yo’qligi ularning haqiqatdan ham yo’qliklarini bildirmaydi. O’zga sayyoralarni kuzatish uchun yirik loyihani ishga tushirish lozim, kelgindilar ovi” deb nom olgan ushbu dasturga esa davlat tomonidan moliyaviy mablag’ ajratilmaydi. Yillar davomida yerliklardan boshqa ongli mavjudodlarni kuzatishda olimlar faqatgina radioteleskoplar va chegaralangan vaqtgina foydalana oladigan boshqa texnikalardan foydalanganlar. Bu kabi kamchiliklar har qanday real taraqqiyot uchun to’siq bo’ldi. Shunga qaramay ba’zi bir yaxshi yangiliklar bor. 2007 yilda atayin Yerdan tashqari signallarni qidirish uchun mo’ljallangan, kengligi 6 metrli 42 ta alohida teleskoplardan tashkil topgan Allen Telescope Array nomli ulkan radioteleskop ishga tushirildi. Uning ishlab chiqarishi uchun Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri Pol Allen homiylik qilgan.

8.Insonlar o’zga sayyoraliklarning signallarini aniqlay olmaydilar

8.Insonlar o’zga sayyoraliklarning signallarini aniqlay olmaydilar
Agarda boshqa sayyoralarda hayot bor bo’lsa ham, u yerning aholisi biz – odamlarga o’xshashi shart emas. Ehtimol, ular bizdan shunchalik farq qiladilarki, ularning signallarini eshitmay yoki aniqlay olmay qolamiz. Misol uchun, ko’rshapalaklar ovozli to’lqinlarni his qiladilar, odamlar esa faqatgina yorug’lik to’lqinlarini ko’ra oladilar. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, insonlar va o’zga sayyoraliklarning his qilish organlari tubdan farq qilishi mumkin. Kosmolog va astrofizik olimlarning aytishlaricha, biz o’zga sayyoraliklarning hattoki ko’ziga qarab, ularni tanimay o’tib ketishimiz mumkin. Gap shundaki, odamlar o’zga sayyoraliklarni o’zlariga o’xshash bir maxluqot, deb biladilar. Aslida esa ularning ko’rinishi biz hayolimizga keltirmagan shakllarda ham bo’lishi mumkin. O’zga sayyoraliklar biznikidan ham ilg’or kommunikatsiyalardan foydalanishlari mumkin (masalan, neytrino yoki gravitatsion to’lqinlar). Bunday texnologiyani Yerda tushunib bo’lmaydi.

9.Maxluqotlar tabiatan suitsidal xususiyatga egadirlar

9.Maxluqotlar tabiatan suitsidal xususiyatga egadirlar
Palentolog olimlarning o’ylab topgan nazariyalariga ko’ra, inson va boshqa maxluqotlar “o’zini halok qilish” xususiyatiga egadirlar. Mazkur nazariya “Buyuk filtr teoriyasi” ga mos tushmoqda. Ya’ni odamlar rivojlanish jarayonida shunchalik taraqqiylashib ketadilarki, o’zga sayyoraliklar bilan aloqaga kirishishdan avval halokatga yuz tutadilar.

10.O’zga sayyoraliklar insonlar orasida

10.O’zga sayyoraliklar insonlar orasida
Bu taxmin fantastika bo’lib tuyulishi mumkin, lekin o’zga sayyoraliklar odamlarning orasida hamma qatori yashab, ishlab yurgan bo’lishlari ham mumkin. Masalan, Kanada davlatining Mudofaa vaziri Pol Xellayer 2014 yilda – Yer yuzida 80 nafar turli begona hayot turlari mavjudligini ta’kidlagan edi. Ularning ba’zilari huddi insonlarga o’xshaydi, shuning uchun biz ularning o’zga sayyoralik kelgindi ekanligini sezmaymiz. Ba’zilari esa odamlardan berkinib, ularga ko’rinmay yuradilar. Vazir Xellayerning bu taxminiga amerikalik bir qator olimlar ham qo’shilganlar. Ularning fikricha, Fermi paradoksi o’z yechimini topgan – o’zga sayyoraliklar haqiqatdan ham bor va odamlar o’zlari bilmagan holda ular bilan muloqot qiladilar va buni sezmaydilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook