59 yoshli Madonna Instagramdagi shaxsiy sahifasida bolalari ishtirokidagi noyob kadrni joylashtirdi. Uning noyobligi shundaki, suratda oilaning barcha a’zolari jamuljam bo’lganligi aks etgan: 20 yoshli Lurdes, 17 yoshli Rokko, 11 yoshli Devid va Mersi hamda 4 yoshli egizaklar Stella va Ester. Madonna bolalarining barchasi bilan Italiyaning Salentina yarimorolida joylashgan Lechche shahrchasida tug’ilgan kunini nishonladi.
Bu mashhur yulduz olti nafar farzandlarining barchasi aks etgan suratlarini avval hech e’lon qilmagan edi. Iyun oyida Madonna to’rt nafar farzandi: Lurdes, Rokko, Devid va Mersi bilan birgalikda tushgan suratlarini omma nazariga havola etgan edi. Unda egizaklari Ester va Stella yo’q edi.
Tug’ilgan kuni munosabati bilan tushgan suratlarni Instagram sahifasiga joylashtirar ekan, “Tug’ilga kun” deb qisqagina sharh qoldirdi, xolos.
Muhlislar darrov sharhlarini yuborishni boshladilar va Madonani tavallud kuni bilan tabriklay boshladilar.
Qo’shiqchi tavallud ayyomini ikki kun nishonladi.Bu davr mobaynida u bolalari bilan orol bo’lylab aylanishga, kontsertga tushishga, ot minib sayr qilihga va sho’x-shadon kecha uyushtirishga ulgurdi. Bu tomoshada Madonnaning qizlari Dolce&Gabbanna brendiga tegishli gul nisxali bir xil kuylaklarni kiydilar.
Eslatib o’tamiz, Stella va Ester ismli egizak qizaloqlar joriy yilning fevral oyida qo’shiqchi tomonidan boqib olingan edi. O’shandan beri ularning suratlari Madonnaning Instagramdagi shaxsiy sahifasida ko’rinib kelmoqda. Yulduz ular bilan baxtiyorligi ham ko’rinib turibdi. Boshqa farzandlar ham onalaridagi bu baxtni ko’rib, uning quvonchiga sherik bo’lmoqdalar.
Madonnaning katta qizi Lurdes 1996 yilda tug’ilgan. Uning otasi kubalik sportchi Karlos Leon bo’lib, Madonna u bilan bir vaqtlar uchrashib yurgan edi. Keyinchalik qo’shiqchi Gay Richiga turmushga chiqdi va 2000 yilda ularning nikohlarida Rokko dunyoga keldi. Oradan olti yil o’tib, ular 13 oylik Devidni boqib oldilar. 2009 yilga kelib Madonna Malavidagi bolalar uyidan Mersi ismli o’g’lini boqib oldi, bu vaqtda qo’shiqchi ikkinchi eri bilan ham ajrashishga ulgurgan edi.
Shuni qo’shimcha qilish kerakki, Madonna boqib olgan to’rt nafar farzandlarining barchasini Afrikadagi Malavi davlatining bolalar uyidan olgan.
Сообщения из Facebook