Qiziqarli ma’lumot: O’zbekistonda og’irligi 6 tonna keladigan osh damlandi
Qiziqarli ma’lumot: O’zbekistonda og’irligi 6 tonna keladigan osh damlandi
2017 yilning 17 avgust kuni O’zbekistonning Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahrida og’irligi 6 tonna keladigan osh (palov) tayyorlandi.
Osh Olmaliq tog’-metallurgiya kombinatida quyilgan doshqozonlardan birida damlandi. Ushbu qozonning diametri 4,2 metrga teng va hajmi 8000 ming litrga yaqin. Qozonning umumiy og’irligi 7070 kilogramm, chuqurligi – 1 metr. Qozon o’rnatllgan o’choqning og’irligi esa deyarli 3 tonnani tashkil etadi.
Oshni tayyorlash uchun rekord darajadagi mahsulotlar sonidan foydalanildi. Xususan, mol go’shti – 826 kg, qo’y go’shti – 825 kg, qo’y yog’i – 195 kg va 1650 kg guruch sarflandi. Bundan tashqari qozonga 2,4 kg sabzi, 185 kg piyoz,350 litr o’simlik yog’i, 480 kg tuz ham solindi. Ziravorlardan 4,5 kg zira, 165 kg qora qand, 90 kg no’xot va 3 kg qora murch ishlatildi.
Palovni O’zbekistonning turli shaharlaridan yig’ilgan 50 nafar oshpazlar tayyorladilar. Ish quroli sifatida 2 metrlik kapkirlardan foydalandilar. Tayyor bo’lgan osh tadbir mehmonlari va Olmaliq shahrining 22000 aholisiga tarqatildi. Ushbu oshni tayyorlash va tarqatish tadbirda hammasi bo’lib 150 nafar turli kasb egalari ishtirok etdilar va kecha-yu kunduz mehnat qildilar.

Ma’lum bo’lishicha, Olmaliq sharida bo’lib o’tgan bu tadbir dunyodagi eng katta palov tayyorlash tadbiridan oldingi tayyarlov mashg’ulotlari ekan. Dunyo rekordini o’rnatishga va Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishga bo’lgan rasmiy urunish shu yilning 8-sentyabirida O’zbekistonda bo’lib o’tadigan “Ozbegim” nomli an’anaviy Festival doirasida bo’lib o’tadi.

2016 yilning dekabr oyida o’zbek palovi UNECKOning madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan edi. Osh – o’zbek xalqining bosh milliy taomi, oilalarning an’anassidir. Hech bir quvonchli voqea oshsiz o’tmaydi, hattoki marhumlarning ruhini shod qilish uchun ham osh damlanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook