просмотров
1.Shampunni sochda 10 daqiqaga qoldirish
Kosmetologlar ko’pirtirilgan shampunni boshda taxminan 10 daqiqaga qoldirishni maslahat beradilar. Bu vaqt davomida shampunning komponentlari soch shaklining yo’qolishiga sababchi bo’ladigan bosh terisidagi yog’larni eritishga ulguradi. Shampun boshda o’z vazifasini bajargunga qadar ayol ham vahhaxonada o’ziga yarasha yumush bilan shug’ullanishi mumkin: butun badanini yuvishi, depilyatsiya, yuzga niqob surish va xokazo. Shampun butun tana bo’ylab oqib ketmasligi uchun soch yuvish vositalarini tanlashda tejamkorlikdan saqlanib, tarkibida silikon bo’lmagan shampunlarni sotib olish kerak. “Fructis” va “Shamtu” shampunlari tavsiya qilishimiz mumkin.
2. Sochiqni boshda 10 – 20 daqiqaga qoldirish kerak
Boshni yuvib bo’lgandan keyin sochiq bilan o’rab 10 – 20 daqiqaga qoldirish lozim. Buning orasida qahva ichish yoki ovqat tanovul qilib olish mumkin. Sochiq boshda shuncha vaqt turgandan keyin taralganda biroz hajmi kattalashadi. Sochiq olib tashlangandan keyin ham 2-3 daqiqa o’tgandan keyingina soch tarashga kirishish lozim – bu soch hajmini tabiiy yo’l bilan kattalashtirish usulidir.
3. Sochni qurutishda barmoqlar bilan shakl berish
Sochni quritish jarayonida fendan foydalanmasdan o’rniga qo’l barmoqlari bilan shishirib turilsa sochning hajmi sizni hursand qiladi. Sochlarni quritayotganda har 1-2 minutda ularning ildizidan boshlab barmoqlar bilan yengil tortib turish kerak. Shunday qilinsa sochlar zararli ta’siri bo’lgan fenlarsiz tabiiy ravishda quritiladi hamda chiroyli shaklga ega bo’ladi. Buni ko’zgu ro’parasiga turib olib qilinsa, hajmini ko’rib turish mumkin.
4. Sochlarga hajm beruvchi yog’larni kun davomida foydalanish
Sochlarni parvarishlovchi zamonaviy vositalar bozorida sochlar uchun mo’ljallangan yo’glar bo’lib, ular sochlaringizga qo’shimcha hajm berishi mumkin. Ularni kun davomida quruq sochlarga kam miqdorda surtish mumkin. Yog’ni kun davomida 3-4 martadan ko’p surtish tavsiya etilmaydi. Bugungi kunda soch uchun mo’ljallangan ommabop yog’lar sochlarga qo’shimcha hajm, jilvakorlik, mayinlik beradi va yoqimli hid taratadi. Eng asosiysi – bu vositani haddan ko’p surtib yubormaslik lozim, so’ngra barmoqlar bilan sochlaringizni huddi taraganday silab chiqasiz. Keyin esa massajli sho’tkada sochni tarab chiqish kerak.
Сообщения из Facebook