Ingliz bo’g’irsog’ining qanday atalishishini bilasizmi? Nima uchun tabaka-jo’jasining nomi aynan shunday? Samolyotdagi taomlar yerdagi taomlardan boshqacharoq ekani sizga ham sezilganmi? Bu savollarga javob topish va pazandachilik olamidagi boshqa qiziqarli ma’lumotlarni bilib olish uchun sahifamizni diqqat bilan mutolaa qiling.
Napoleon qo’shinlari Afrikada bo’lgan paytda har kuni bir hil taom – tovuq go’shtini iste’mol qilishga to’g’ri kelgan, chunki boshqa turdagi go’shtlar mutlaqo tamom bo’lgan edi. Bir hildagi taom sarkardaning ham shu darajada joniga tekkan ediki, u agar yangi biror taom tayyorlanmasa oshpazni o’ldirishini aytib qo’rqitgan. Bechora oshpaz aynan shu masalliqlardan yangi taomni o’ylab topishga qaror qildi.
Taomga tovuq go’shti juda katta mahorat va ustalik bilan yashiringan ediki, Napoleon tanovul uchun qanday taom berilganini tushunmadi ham. Siz ham agar tovuqdan juda mazali qilib pishiriladigan, shu bilan birgalikda noodatiylikka urg’u berilgan taomlar tayyorlamoqchi bo’lsangiz, yangidan yangi retseptlarni o’rganishdan charchamang. Zero Napaleonning oshpazi ham vaziyatdan aynan shunday bilim va uddaburonlik bilan chiqib keta olgan.
Tabaka jo’jasi –gruzin oshxonasiga mansub bo’lgan juda yeyishli taom sanaladi. Aslida taomning nomi “tapaka jo’jasi”. Tapa esa shu taomni tayyorlash uchun uchun foydalaniladigan qopqoqli tovaning atalishidir.
Angliyada Bo’g’irsoq to’g’risida alohida ertak bor. Faqat unda buva bilan buvisidan emas, bolakaydan qochib qolgan Djonni-ponchik xaqida hikoya qilinadi. Djonnini dastlab quyon emas, ishchilar, keyin esa yer qazuvchi ishchilar yeb qo’ymoqchi bo’lishadi.
Xozirgi paytda ustritsalar juda tansiq taom, ya’ni, delikates hisoblanadi, XIX asrda esa Angliya va Fransiyada ularni faqat kambag’allar yeyishgan. Nazoratsiz ov qilish tufayli ularning soni kamayib ketgandan keyingina ustritsalar badavlat insonlarning dasturxoniga kelib qoldi.
Ko’pchilikning ta’kidlashicha, samolyotda iste’mol qilingan oddiy taom ta’mi bo’yicha odatdagi taomlardan farq qiladi. Buning sababi dvigatellarning shovqinidadir. Shovqinning baland darajasi bilan taomning qisirlashi kamroq, shirinligi va tuzliligi pastroqday tuyuladi.
Olimlar oxirgi ming yillik davomida “Sirli kecha bazmi” mavzusidagi suratlarning bir nechtasini sinchkovlik bilan tadqiq etdilar. Natijada shunday hulosaga kelishdiki, odamlar yildan yilga ko’proq taom iste’mol qilib borishmoqda. Ushbu ma’lumot havoriylar gavdalari va idishlardagi taom miqdorining nisbati tahlil qilinganidan keyin aniqlandi. 1000 yil ichida asosiy taom miqdori 70%ga, non 23 %ga, likoplar ko’pligi 23%ga oshgan. Bu o’zgarishlar sekin-asta va bilinmagan holda yuz berib bermoqda.
Yaponiyada juda ko’p dengiz mahsulotlari, shu jumladan suv o’simliklarini ham tanovul qilishadi. Ma’lum bo’lishicha, yaponlar oshqozonida dengiz o’simliklari uglevodlarini hazm qilishga yordam beruvchi maxsus mikroorganizmlar mavjud ekan. Bunaqa mikroblar boshqa millat vakillari organizmidan topilmaydi.
Londondagi Temza daryosida qirolicha Yelizaveta II ning mulki hisoblanadigan, tamg’alangan oqqushlar mavjud. Vinzor sulolasining vakillari XII asrning o’zidayoq bu qushlarga egalik qilish huquqini ta’sis etganlar. Bunga sabab, u paytda oqqushlar juda kamyob delikates hisoblangan. Xozirgi paytda oqqushlarni hech kim iste’mol qilmaydi, ammo ingliz qonunlariga ko’ra ular hamon qirollik oilasiga tegishli mulk sanaladi.
Сообщения из Facebook