просмотров
1.Shugar Rey Robinson
Statistikasi: 173 ta g’alaba, 109 ta (KO), 19 ta mag’lubiyat, 6 ta durang
1940-1965 yillar davomida faoliyat yuritgan. KO – knockout (nokaut).
Ko’pchilik boks muxlislari Robinsonni tarixdagi eng buyuk bokschi, deb hisoblaydilar. Darhaqiqat, u dunyodagi eng iqtidorli jangchi hisoblanadi. Uning noyob kuchi, chaqmoq kabi tezlikdagi hujumlari va baquvvat tanasi eng kuchli raqiblari ustidan ham g’alaba qozonishiga yordam bergan. Robinsonning tashqi ko’rinishi ham ko’rkam edi. Shugar Reyning Xarlemdagi tungi klubi bo’lgan, u yerda sportchi ajoyib qo’shiqlar kuylab, raqsga ham tushgan. Robinson odamlar va mamlakat uchun muhim shaxs hisoblangan. U haqiqatdan ham noyob qobiliyat va temir irodaga ega edi. To’g’ri, statistikasi Robinsonnikidan yaxshiroq bo’lgan bokschilar talaygina, biroq ularning raqiblari o’zlaridan kuchsizroq bo’lgan. Rey esa eng kuchli raqiblarni o’ziga munosib ko’rgan va ularni birin-ketin mag’lub qilgan.
2.Muhammad Ali
Statistikasi: 56 ta g’alaba, 37 (KO), 5 ta mag’lubiyat
1960-1981 yillar davomida faoliyat yuritgan.
Muhammad Ali – barcha zamonlarning eng buyuk bokschisidir. U nafaqat sportga, balki mamlakatning siyosiy hayotiga ham katta hissa qo’shgan. Og’ir toifadagi dunyo chempioni bo’lgan vaqtida u Vyetnamga borishdan bosh tortib, hukumatga qarshi nutq so’zlagan va buning uchun qamoq jazosiga tortilgan. Uch yildan so’ng qaytib kelgach, yana boks cho’qqisiga chiqish uchun harakat qilgan. U Jo Freyzer, Jorj Forman, Ken Norton va boshqa shu kabi buyuk bokschilar bilan ringga tushgan. Va albatta g’alaba qozonib, o’zining noyob iqtidori va ajoyib irodasini namoyon qila olgan. Uning asosiy janglarining k’op qismi afsonaviy, deb tan olindi hamda “Maniladagi triller”, “Jungliyadagi momaqaldiroq”degan nomlar bilan ataldi. Muhammad Ali hanuzgacha dunyoning eng taniqli va mashhur insonlaridan biri deb hisoblanib kelinmoqda. Tarixda o’tgan dunyoning eng buyuk bokschilarining ro’yxati qachon va kim tomonidan tuzilmasin, Ali bu ro’yxatning o’ntaligidan albatta joy oladi.
3.Genri Armstrong
Statistikasi: 150 ta g’alaba, 100 (KO), 21 mag’lubiyat va 9 ta durang
1931-1945 yillar davomida faoliyat yuritgan.
Genri Armstrong bir vaqtning o’zida uchta chempion kamariga ega bo’lgan ilk bokschidir. U to’rtinchisini ham qo’lga kiritish arafasida edi, biroq Garsiya bilan jangi durang natija bilan yakunlanishi bunga to’sqinlik qilib qoldi, vaholanki ko’pchilik bu jang natijasini nohaqliik, deb hisobladi.Armstrong karyerasini ketma-ket mag’lubiyatlar bilan boshladi, ammo keyin g’alabalarning seriyasi boshlanib ketdi. Faoliyati davomida Genri har bir mag’lubiyatini o’nlab g’alabalar bilan yuvar edi. Shunday ketma-ket g’alabalar seriyasi 27 ta jangda davom etdi va har bir jangini nokaut bilan yakunladi. Bu boks tarixidagi eng yaxshi g’alabalar seriyasidir. Bunday natijani boshqa hech kim qaytara olmadi. Hozirgi kunda Pakyao va Meyzer shu toifadagi bokschilar ichida eng zo’rlari hisoblansalarda, ular Armstrong bilan tenglasha olmaydilar. 2007 yilda Ring jurnali Armstrongni oxirgi 80 yil ichidagi buyuk bokschilar ro’yxatida ikkinchi o’ringa qo’ygan edi.
4.Jo Luis
Statistikasi: 66 ta g’alaba, 52 (KO), 3 ta mag’lubiyat
Faoliyati 1934-1951 yillar.
Jo Lyuis Amerikaning faxri edi. Odamlar unga ishonch bildirgalari uchun u mag’lub bo’lishga haqqim yo’q, deb hisoblar edi.Ikkinchi jahon urushi yillarida hamda Amerikadagi irqchilik zulmlarida Jo Lyuis Amerika uchun shunchaki bokschi bo’lib qolmadi. Lyuisning ko’pgina janglari siyosat, xalqaro munosabatlar uchun juda ahamiyatli bo’lib qoldi.Butun mamlakat bo’yicha odamlar radiolarining muruvvatini burab, bu buyk bokschining g’alabalari haqida yangiliklarni tinglar edilar. Jo lyuis irqidan qat’iy nazar amerikaliklarning ko’nglidan chuqur joy olgan birinchi qora tanli bokschi edi. Uning uchta mag’lubiyati faoliyatini yakunlashi arafasida sodir bo’ldi. O’shanda bokschining ahvoli yaxshi emas edi. Buyuk o’tmishidan keyin u soliq to’lamaganlikda ayblandi, ularni to’lash uchun qulog’igacha qarzga ham botdi. Hech kim uning urush yillarida mamlakat uchun sarflagan pullarini va kuchini esga olmadi. Uni nafaqadaligida ham jang qilishga majburlashardi. U qari bo’lishiga qaramay, raqiblarining ko’pchiligini mag’lub qilishga kuchi yetar edi.
5.Roberto Dyuran
Statistikasi: 103 ta g’alaba, 70 (KO), 16 ta mag’lubiyat
Faoliyati 1968-2001 yillar.
Roberto Dyuran boksning cho’qqisida naq o’ttiz yil turdi. Boksning haqiqiy muxlislari uchun Roberto hamisha eng yaxshi o’ntalik ichidan joy olgan. U jangchilarning jangchisidir. Janglarini tomosha qilganda uning naqadar qobiliyatli ekanligini ko’rish mumkin. Dyuran 50 yil ichida faqatgina g’alaba qozonib kelgan yagona bokschidir. Roberto Dyuranda buyik bokschining hamma xususiyatlari majassam edi. Unda jangni olib borishning o’ziga hos agressiv usuli, kuchi, tezligi va temir irodasi bor edi. U kuldan chiqib keluvchi afsonaviy qaqnus qushiday otilib chiqib keldi va hech kim kutmagan natijalarga erishdi. U avvalam bor boksning yosh yulduzi Shugar Rey Leonardni mag’lubiyatga uchratdi. Ushbu barcha ma’lumotlardan kelib chiqib, unga bemalol beshinchi o’rinni berish mumkin.
6.Shugar Rey Leonard
Statistikasi: 36 ta g’alaba, 25 (KO), 3 ta mag’lubiyat, 1 ta durang
Faoliyati:1977-1997 yillar.
Boks bilan shug’ullanadigan har bir inson Leonardni yaxshi biladi. Muhammad Alidan keyingi bo’shliqni faqatgina u to’ldira oldi. U 1980 -yillarda “O’n yillikning eng yaxshi bokschisi” unvoniga ega bo’lgan. U eng kuchli va munosib bokschilar bilan jang qilib, Roberto Dyuran, Marvin Xagler va Vilfred Benitez kabi boks yulduzlarini mag’lub eta oldi. Shugar Rey Leonard haqiqiy bokschi ega bo’lishi kerak bo’lgan barcha xususiyatlarga ega edi: yuqori darajadagi texnika, aql, ko’rkam qomat, tezlik, reaktsiya va yoqimlilik. Ana shu sifatlari tufayli ham u juda tez byuk bokschi darajasiga yetishdi. U Olimpiada o’yinlarida oltin medalni qo’lga kiritdi hamda yuniorlarning ko’pgina chempionatlarida g’alabalar qozondi. Olimpiada o’yinlaridan keyin Leonard biznes maktabiga o’qishga harakat qilmoqchi edi, biroq uning sevgan qizi hamma ishni chippakka chiqardi. U Leonardga bildirmagan holda bolasi uchun yordam puli so’ramoqchi bo’ldi, bundan xabar topgan OAV bokschiga ta’na bilan murojaat qildi. Shundan keyin Leonard professional boks bilan shug’ullanishni boshladi. Uning Marven Xagler, Tommi Xirns va Roberto Dyuran kabi kuchli bokschilarga qarshi o’tkazgan janglari barcha bokschilarlarda katta taassurot uyg’otdi va Leonardni buyuklar qatoriga qo’shib qo’ydi. Uning kuchli raqiblar bilan ajoyib janglari va undagi xarizm va sharm tufayli bu bokschi oltinchi o’rindan joy oldi.
7.Karlos Monzon
Statistikasi: 87 ta g’alaba, 59 (KO), 3 ta ma’lubiyat, 9 ta durang
Faoliyati:1963-1977 yillar.
Karlos Monzon – argentinalik bokschi, uning karyerasi boksga, mojarolar va fojiaga to’la. Monzon hozirgi davrdagi eng uzun g’alabalar seriyasi egasidir. Avvaliga uning jangni oib borish usulining ahamiyatli tomoni yo’qdek ko’rinardi. Birinchi yigirmata o’yinida uch martagina ochkolar soni bo’yicha ma’lubiyatga uchragandan so’ng, asta-sekin zarbasining kuchini ko’rsata boshladi. Oxir-oqibat u dunyo boksining sahnasiga chiqib, 60 marta ketma-ket g’alaba qozondi. Monzon duyo chempioni Griffitni uch marotaba mag’lub etdi. Chempion bo’lganidan keyin u faqat eng kuchlilar bilan jangga tushib, ularning ustidan ham g’alaba qozonar edi, uni hech kim to’xtata olmas edi. 1995 yilda endigina qamoqdan chiqqan paytida avtohalokatda halok bo’ldi. Ko’pgina boksga oid jurnallar uni buyuk bokschilarning o'ntaligiga kiritadi.
8.Marvin Xagler
Statistikasi: 62 ta g’alaba, 52 (KO), 3 ta mag’lubiyat, 2 ta durang
Faoliyati: 1073-1987 yillar.
Ajoyib bokschi Marvin Xagler – ko’pgina boks muxlislarining yoqimtoyi edi. U barcha raqiblarini mag’lub qiladigan haqiqiy vahshiy edi. O’rta vazndagi bokschilar ichida nokaut bo’yicha yuqori ko’rsatgichga ega. Boks tarixidagi eng buyuk janglardan birida ham Marvin g’alaba qozondi. Shugar Rey Leonardga qarshi janglarda u ikki marta mag’lub bo’lgan edi. Aslida hakamlarning baxsli qaroridan keyin ma’glubiyati qayd etilgan edi. Shunga qaramay, Xagler omadsiz yakunlangan har bir jangi uchun qasos oldi va barcha raqiblarini nokaut bilan mag’lubiyatga uchratdi. Uning eng shijoatli janglari – Tomas Xirns, Robert Dyuran va Shugar Rey Leonard kabi kuchli bokschilarga qarshi tushgan janglari edi. O’zidagi noyob iroda kuchi tufayli ularni yenga oldi.
9.Evander Xolifild
Statistikasi: 44 ta g’alaba, 29 (KO), 10 ta ma’glubiyat, 2 ta durang
Faoliyati: 1989 yildan beri.
Evander Xolifild – amerikalik buyuk professional bokschi. U temir iroda, noyob kuch egasi edi va kuchli xarakterga ega edi. Mayk Tayson ustidan qozongan g’alabasidan keyin og''ir vazn toifasida ustunlikni qo’ldan bermay keldi. Hozirda 51 yoshida ham raqibi Mayk Taysonga qarshi uchinchi marotaba jangga kirishmoqchi. Bu inson haqida ko’plab gapirish mumkin, biroq boksga qiziqadigan har bir odam uni yaxshi biladi va hurmat qiladi. Xolifild Muhammad Alidan keyin og’ir vazndagi eng yaxshi bokschidir, shuning uchun eng yaxshi bokschilarning o’ntaligidan joy olishga haqlidir.
10.Kichik Roy Jons
Statistikasi: 55 ta g’alaba, 40 (KO), 8 ta mag’lubiyat
Faoliyati: 1989-2011 yillar.
Kichik Roy Jonsning yarim og’ir vazn toifasidagi statistikasi haqiqatdan ham diqqatga sazovordir: u bir vaqtning o’zida 7 ta kamar sohibi edi. Shuningdek Roy o’rta vaznda faoliyat boshlab, og’ir vazngacha borgan yagona bokschidir. U 106 yil ichida ham yengil va ham og’ir vazn toifalari bo’yicha dunyo chempioni bo’lgan ilk bokschidir. 1990 yilda “O’n yillikning eng yaxshi jangchisi” unvoniga sazovor bo’ldi. Roy o’rta vaznda yetakchilik qilib turib, keyinchalik yarim og’ir hamda og’ir vazn toifasida chempion bo’ldi. Uning janglari maroqli va tomashabop bo’lar edi. Roy Jons boks tarixidagi iqtidorli jangchilardan biridir. Hozirgi kunda u janglarni sharhlaydi. Uning xizmatlari, statistikasi va sifatlari sababli o'ninchi o’rinni egalladi.
Сообщения из Facebook