Qiziqarli ma'lumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes ro'yhatidagi norvegiyalik milliarder
Qiziqarli ma'lumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes ro'yhatidagi norvegiyalik milliarder
Tashqi ko'rinish aldamchi: bu ko'rinishidan kamtarin nafaqaxo'r - Ulav Tun (Olav Thon), Norvegiyaning eng boy odamlaridan biri.
U ko'plab tijorat ko'chmas mulklariga egalik qiladi. Shu bilan birga savdo markazlari va mehmonxonalari ham bor. Ulav 94 yoshda bo'lib, u hali hamon haftasiga 6 kun, kuniga 10 soatdan isglaydi.
Juma oqshomida uning kompaniyasi xodimlari o'z ishlari tomon shoshilib, dam olish kunlarini imtiqlik bilan kutayotganlarida, Ulav uyga ketishni hayoliga ham keltirmaydi. Umuman olganda o'zining katta yoshiga qaramay, nafaqaga ham ketmoxchi emas. Scandinavian Traveler jurnaliga intervyuda u: "Men ofisga ertalab 7-8 larda kelib, butun kunni uchrashuvlarda o'tkazaman va uyga kechki 6 larda qaytaman. 10 soatlik ish kuni - bu men uchun norma. Men ishlashni yaxshi ko'raman", drb aytadi.
Ulav eskichasiga gapirishga o'rgangan bo'lib, ajoyib konstruksiyalarni, muomaladan chiqib ketgan grammatik formalarni ishlatadi. Ehtimol, 20 yoshlik norvegiyaliklar u ishlatadigan fe'llarning bunday shakllarini xech qachon eshitmaganlar. Uning ona qishlog'i Olda, Xallingdal vodiysida joylashgan, shunday gaplashishgan.
Ulav Tun - Olav Thon Gruppen (OTG) kompaniyasining boshqaruvi raisi. OTG ga Norvegiya va xorijda joylashgan savdo markazlari va mehmonxonalar, hamda aeroport va kimyoviy ishlab chiqarishlar tegishli. "Men har kuni hamma yerda bo'la olmayman, lekin har bir lokasiyadagi savdo va boshqa ishlari holati haqida bilmagan xech bir hafta yo'q. OTG ga investisiyalar haqida gap borganda, mening " yo'q " yoki "ha" larimsiz juda kam narsalar hal bo'ladi", - deydi u intervyuda.
Forbes milliarderlar ro'yxatiga kirish hatto maktabni bitirmagan, fermadan chiqqan uchun juda ham yaxshi. "Men medisinani o'rganmoqchi edim, lekin 1939 yil Yevropada urush boshlangan. Mening ota-onam men uydan uzoqqa ketishim havfsiz bo'lmasligiga qaror qilganlar, nima qilishni o'yladim. Bu yerda tulki fermalari bor edi. Shunda men bir nechta tulki po'stinlarini o'zim bilan olib, Osloga ularni sotish uchun yo'l oldim".
Topqir yigitcha qadam ma qadam muvaffaqiyatga erishdi, bir yildan so'ng Ulav Osloning g'arbiy chetkasida shaxsiy mo'yna biznesini ochdi. Bu vaqtga kelib u o'zining tug'lib o'sgan uyi va fermadagi hayoti bilan tamoman xayrlashgan edi. " Ishlar shu qadar yaxshi ketayotgan ediki, keyingi yilining o'zida men Osli markazida filial ochdim. Men 20 yoshdan oshganimda, mening do'konim joylashgan binoni sotuvga qo'yishdi. Men uni sotib oldim".
Bu Karl-Yuxan, Oslodagi asosiy ko'chalardan biri, ko'chasidagi bir butun bino edi. Endi bu yerda Arkaden katta savdo markazi joylashgan. Ulav bu bino uchun 1,4 million norvegiya kronlari to'lagan, lekin unda faqat 80 ming kron bo'lgan edi, summaning qolgan qismini u qarzga olgan. "Men banklar uchun doim qiziq mijoz bo'lganman, ular menga kreditlarni doim berganlar, - deydi Ulav va ko'zini qisadi, bu uning firmali ishorasi. - Men to'lovlarni doim vaqtida qilganman".
Ehtimolli havflar uni qiziqtirmagan. Tarixiy fakultet talabasi bo'la turib, u ko'vhmas mulk narxi odatda o'sishini juda yaxshi bilgan. " Masalan, Xallingdaldagi fermalarni olsak, ikki yuz yil avval ularni bir necha dollarga sotib olish mumkin edi. Ular hamma vaqt narxida o'sgan, agar vaqtinchalik narxlar pasayganini hisobga olmasak. Masalan, 1929 va 1990 yillardagi pasayishlar. Shuning uchun men o'z xaridimni xech qachon havfli deb hisoblamaganman. Bu jismoniy aktivlar bilan egaliklarga tegishli. Ularda ko'chmas mulk juda ko'pligiga shikoyat qiladigan banklar, haqiqatda katta muammolarni his etmaydilar.
Norvegiyada, boshqa mamlakatlardagi kabi, pul ishlab topishni biladigan odamlar, dushmanlarni han orttiradilar. Ulav Tunni siyosatchilar, jurnalistlar va yozuvchilar ko'p narsalarda sabab qilib tanqid qilganlar. "Bu kabu narsalar meni mutlaqo qiziqtirmaydi. Menda o'z qobiliyatlarimga nisbatan juda katta ishonch bor. Balkim bu o'ta darajada takabburlikdir?" Ulav Tun ko'pchilik milliarderlardan kamtarinlik va talabchanligi yo'qligi bilan ajralib turadi. "Men Volksvagen haydayman va menda bitta liji va velosiped bor". U kiyib yurishni yaxshi ko'radigan qizil shapkani uning rafiqasi Sissel to'qib bergan. Uning uchi tomonida telefon raqami va shapkani topib olgan odamni 500 norvegiya kroni mukofoti kutishi haqidagi xat bor. Kamtarlik - Ulav Oslodagi 75 yil hayoti davomida olib o'tgan xislatidir. Uning so'zlariga ko'ra unda boshqaruvchilar juda kam ekan va har biri uni o'zi ham shu qatorda o'z ishi bilan band ekan.
" Biznesada muvaffaqiyatga erishish uchun eng asosiysi bir vaqtning o'zida bir necha sharlar bilan jonglerlik qilishni bilishdir. Men yangi ko'chmas mulk ob'ektini sotib olganimda, yoki yangi bozorga chiqqanimda, iloji boricha buni rivojlantirmaslikka harakat qilaman. Men xech narsani bir necha kron ko'proq foyda qilish uchun sotmayman, hamda foyda miqdori past bo'lishi mumkin bo'lgan joyga pul tikmayman". Ulav Tun ko'p vaqtini tabiatda o'tkazadi. Yaqinda u Norvegiya treking assosiasiyasiya binoni inom etdi. 2013 yili u shaxsiy hayriya fondini ochdi va o'z kompaniyasini fondga o'tkazdi. Ulavning farzandlari yo'q va u narigi dunyoga pullarni olib ketib bo'lmasligini ta'kidlashni yaxshi ko'radi. U vafot etganida uning barcha pullari hayriya ishlariga sarflanadi. Fond OTG kompaniyasi boshqaruvida qatnashadi va medisina va tadbirkorlik sohasida ilmiy izlanishlarni qo'llaydi. Ulav doim vrach bo'lishni orzu qilgan. "Men fan qiziqarli va muhim predmet deb hisoblayman. Men medisinani o'rganishni orzu qilar edim, lekin men shifokor bo'lganimda amaliyot bilan shug'ullanmagan bo'lsam kerak. Men undan ko'ra shifoxona qurgan bo'lar edim".

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook