просмотров
Axborot vositalarida ko’pgina voqealar bo’rttirib ko’rsatilai,, insonlar ham oddiygina uncha muhim bo’lmagan tarixiy hodisalarga bor diqqat-e’tiborlarini qaratadilar. Biroq dunyoda hozirgi vaqtda sodir bo’layotgan, ammo yangiliklarda yoritilmayotgan bundan-da muhim voqealar talaygina. Keling, ular bilan tanishib chiqamiz.
1.Sahrolar kengayib bormoqda
Dunyodagi ko’pgina sahrolarning maydoni yildan-yilga kengayib bormoqda. Masalan, Sahroi Kabir 1990 yildan beri janubga qarab 250 kmga kengaydi, maydoni esa 6000 kvadrat kilometrga kattalashdi.
2.Flinn effekti
Olimlarning aniqlashlaricha, insonlarning IQ ko’rsatgichi yildan-yilga o’rtachasiga 3 punktga o’sib bormoqda. Biroq nima uchun bunday o’zgarishlar sodir bo’layotganligiga olimlarning o’zlari ham javob bera olmayaptilar.
3.Saraton bilan kasallanish kamayib bormoqda
Ekspertlarning aniqlashlaricha, oxirgi 20 yil ichida saraton xastaligi bilan kasallanganlarning soni 20% ga kamaydi. Bu holat hamon davom etmoqda.
4.Meksika jinoiy guruhlari o’rtasidagi janglar
5. Ko’plab o’limlarga sabab bo’lgan Qatar stadionlari
Odatda, narkobaronlar o’rtasidagi urushlarni filmlarorqali ko’ramiz. Biroq ular hali-hanuz davom etayotganligini ko’pchilik bilmaydi. 2000 yildan buyon 150 ming meksikaliklar ushbu narkokartellar o’rtasidagi janglarda halok bo’ldilar.
2022 yilda bo’lib o’tadigan futbol chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan Qatarda bir necha yillardan beri stadionlar qurilishi olib borilmoqda. Shu paytgacha ushbu stadionlarning qurilishida 1000 dan ortiq odamlar baxtsiz hodisa tufayli halok bo’ldilar. Bu ma’lumotlar odatda hech qayerda bosilib chiqmaydi va sir tutiladi. Chunki bu qurilishda ishlayotgan ishchilarning ko’p qismi Osiyolik “immigrantlar”dan iboratdir. Bunday baxtsiz hodisalarni ommaga ma’lum qilmoqchi bo’lgan chet ellik jurnalistlarni esa hattoki hibsga ham oldilar.
6.Qonli biznes
To’g’ri, bunga ishonish qiyin, lekin bu fakt.Odamlarni quldek kishanlarga solib, ularning qonini “sog’ib olmoqdalar”. Bunday voqealar Hindiston va shu kabi boshqa bir qator qashshoq mamlakatlarda jiddiy muammoga aylanib bormoqda. Shunday voqealardan biri Hindiston OAV orqali elga oshkor qilindi va butun dunyoga tarqaldi. Papu Yadxo ismli fermer o’z plantatsiyasida ko’plab odamlarni qul sifatida ushlab o’tirgan hamda ikki yil davomida haftasiga ikki martadan ularning qonini olgan. Afsuski, qashshoqlikdan jabr ko’rgan va kasalxonalari kasallar bilan to’lib-toshgan mamlakatlarda bu sohadagi qora bozor hozirda ham gurkiramoqda.
7. Asalarilar
Asalarilar kamayib bormoqda. To’g’ri, ommaviy axborot vositalar ta’kidlagandek tezlikda bo’lmasa-da, har holda kamayib bormoqda va ularning qirilib ketish xavfi bor.
8.Antibiotiklarning ta’sir qilishi kuchi kamayib bormoqda
Ko’pincha antibiotiklardan haddan tashqari ortiqcha foydalaniladi. Shuning uchun ham bakteriyalarda mazkur dorilarga nisbatan barqarorlik hosil bo’lib bormoqda. Shuning uchun antibiotiklarning ta’sirikamayib bormoqda.
9.Feyklar (yolg’on,to’qima)
Odamlarning yangiliklar web-sayti, ijtimoiy media-platformalar hamda forumda o’qiydigan sharhlari butunlay to’qimadir. Bularni maxsus yollangan insonlar pul evaziga yozadilar.
10.O’z-o’zini boshqaradigan mashinalar
Bunday mashinalar judayam tez rivojlanib boradi.Aslida kompyuterlar o’qish va o’z-o’zini qayta programmalashtirishga qodirdir.Googlening o’z-o’zini boshqaradigan “sun’iy intellekt”i “go” bo’yicha dunyo chempionida o’zib ketdi. Bu narsa hozir emas, yaqin yuz ichida sodir bo’lishi kutilmoqda edi. Go – insoniyat tomonidan yaratilgan eng murakkab o’yindir. Bu o’yin shaxmatlardan ancha murakkab bo’lib, uning imkoniyatlarini hattokikompyuter ham hisoblab chiqa olmagan.
11.Chaqaloqlar dizayni
Xitoy va Hindiston kabi Osiyo davlatlarida irsiy o’zgarish va genlarning tahliliga oddiy narsa sifatida qaralgani uchun bu mamlakatlarda “dizaynli” chaqaloqlarni yaratish uchun CRISPR dasturidan foydalanilmoqda. Bu esa yaqin kelajakda Xitoy aholisi o’rtasida “o’zgartirilgan odamlar” bo’lishidan dalolatdir.
>
12.Qochoqlar
Aslini olganda hozirgi kundagi qochoqlar soni har qachongidan ham ko’proqdir. Faqatgina Siriya davlatini olib qaraydigan bo’lsak,u yerda 4 millionga yaqin odamlar o’ldirilgan yoki mamlakatni tashlab qochishga majbur bo’lganlar. Bu ko’rsatgich ushbu mamlakat aholisining beshdan bir qismi deganidir.
13.Qulchilik
Qullar soni ham dunyo bo’yicha yildan-yilga ko’payib bormoqda. 2016 yilda dunyoda 30 millionga yaqin qullar bo’lgan. Bu insoniyat tarixidagi eng baland ko’rsatgichdir.
14.Koltan qazib olish
Ko’pgina mobil telefonlarni ishlab chiqarishda koltan nomli metall kerak bo’ladi. Ushbu metallning eng yirik ta’minotchilari esa Sharqiy Afrika hududidagi Ruanda Respublikasi hisoblanadi. U yerdagi konlardan katta miqdordagi koltan metalli qazib olinadi va bu ishda qullarning mehnatidan foydalaniladi. Qulchilik bu yerda boshqa joylardagiga qaraganda gullab yashnamoqda.
15.Avtomat orqali boshqariladigan avtomobillar
Haydovchisiz, avtomat orqali boshqariladigan bunday avtomobillar yo’l transport hodisalarida o’lim xavfini kamayishiga xizmatqiladi. Hozirga qadar bundayday avtomobillar yuzlab kilometr masofani bosib o’tishga ulgurdilar.
Сообщения из Facebook