Agar xaritada chap tomonlama va o’ng tomonlama harakatli mamlakatlarni belgilab olsak, unda ikkinchi turdagi harakat ancha ko’pligini ko’ramiz. Bu haqida statistikada ham aytiladi: yo’lning o’ng tomoni bo’ylab aholining 66%, chap tomoni bo’ylab esa qolgan 34% aholi harakat qiladi.
Qizig’i shu-ki, qadimda holat qarama-qarshi edi: asosan ayni chap tomonlama harakat kuzatilgan. Ma’lumki, Rim imperiyasining butun hududida chap tomonlama harakat kuzatilgan, va bunga qadimgi rim tasvirlaridan boshlab, qadimgi rim yo’llari bo’yicha tadqiqotlar bilan tugatib isbotlarni keltirish mumkin.
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: ko’pgina odamlar – o’ng qo’l, bu degani, notanish odam bilan yo’lda bir yo’lakda kelganda, xavfli holat yuzaga kelganida, qurolni o’ng qo’l bilan olish va kurashishga tayyor bo’lish qulayroq. Balkim, rim askarlarining harakatlanishlari uchun qabul qilingan bu qoida, keyinchalik imperiyaning boshqa fuqarolari tomonidan o’zlashtirilgan. Rimliklarga taxlid qilib, chap tomonlama harakatlanishni ko’pgina qadimgi davlatlar o’zlashtirib olgan.
Dunyoni chap tomonlama harakatlanishi (ko’k) va o’ng tomonlama harakatlanishi (qizil)
Rim imperiyasi qulashidan so’ng, katta hududdagi harakatni nazorat qiluvchi umumiy qoidalar yo’qoldi, shuning uchun birinchi navbatga insonning fiziologik xususiyatlari o’tdi: aravalarni haydaydiganlarga, ular o’ng qo’l bo’lganliklari sababli, qarshisida haydab kelayotgan transport bilan to’qnash kelganda, otlarni kuchli qo’l bilan boshqarib, ularni biqinga sudrash uchun aynan o’ng tomondan haydash qulayroq bo’lgan. Asrlar o’tib, bu odat ko’p mamlakatlarda ijtimoiy harakat normasi sifatida tasdiqlandi.
1776 yilda Yevropada yo’l harakatining birinchi tartibi chiqdi. Uni qabul qilgan mamlakat Britaniya bo’ldi, va u o’z hududida chap tomonlama harakatni tasdiqladi. Tarixchilar haligacha bunga nima ta’sir o’tkazganligi ustida munozaralar olib bormoqdalar. Balkim bu qolgan o’ng tomonlama harakatli Yevropadan “ajralish” uchun qilingandir, chunki ba’zi ilg’or davlatlar bilan Britaniya qarshi aloqada edi.
Yoki, balki, mansabdor shaxslar qarama-qarshi kelayotgan angliya toji kemalariga o’ng tomonlari bilan qayrilishni buyurgan dengiz harbiy admiralligidan o’rgangandir.
Geografik jihatdan kichik hududda chap tomonli harakatning o’rnatilishi Britaniya Imperiyasining katta hududlariga hamda tarafdor mamlakatlarga ta’sir qildi. Bu birinchi navbatda hozirgi Hindiston, Avstraliya va Pokiston, va bu yerda Britaniyadagiga o’xshash haligacha chap tomonli harakatdan foydalaniladi.
1962-yil 3 sentyabr – Shvetsiyaning o’ng tomonli harakatlanishga o’tishi. O’sha kuni shved ko’chalarida kattachalkashlik sodir bo’lgandi.
Boshqa tomonda o’ng tomonli harakatlanishni boshlagan Fransiyaning tarafdorlari turgandi. Qonunan ko’pgina Yevropa mamlakatlarida bu harakat Napoleon davrlarida qabul qilingan. Odatdagidek, Yevropa davlatlarining koloniyalari o’z markaziga qarab yo’l oldi, va bu dunyoni ikki lagerga bo’lib yubordi, va buning oqibatini biz hozirgi kungacha kuzatib kelmoqdamiz.
Rossiya va unga qaraydigan mamlakatlarda o’ng tomonli yo’l harakati qoidasi o’z o’zidan kelib chiqdi, va, qizig’i, o’ng tomonlama harakatlanish qonunini davlat Yevropa davlatlaridan oldin qabul qilgandi – ya’ni 1756 yilda, imperatritsa Yelizaveta Petrovna hukmdorligi davrida qabul qilindi.
Сообщения из Facebook