Qiziqarli ma'lumotlar: Salvador Dalining noyob jonivorlari
Qiziqarli ma'lumotlar: Salvador Dalining noyob jonivorlari
Ispaniyalik Salvador Dali – tarixga, balkim, syurrealizmning taniqli namoyandasi tariqasida kirgan, o’z zamonasining daho rassomidir! Tush va reallik chegarasidagi shakllarning paradoksal kombinatsiyalarini yaratgan Dalidan boshqa kim ham, rassom individualligini namoyish qilish uchun o’z uyida noyob jonivorlarni tutishi mumkin edi?

Bolaligida Dalining xonasida u sevgan ko’rshapalak yashar edi. Bi kuni u sevimli jonivori halok bo’lganini va tanasi bo’ylab chumolilar sudralib yurayotganini ko’rdi. O’sha paytdan beri Salvador Dali chumolilardan nafratlanishni boshladi. Katta yoshligida Salvador Parijdagi zooparklardan biridan o’z qaramog’iga chumoli yeydigan hayvonni oldi. Bir kun u sevikli jonivori bilan shahar ko’chalari bo’ylab yurib fotosessiya tashkil qilgandi.

Salvador Dali Parij ko’chalarida chumoli yeydigan jonivori bilan sayr qilmoqda

Albatta, Dali bu hayvonni uyda parvarish qilmagan, chunki unga bu uchun maxsus parvarish va yashash sharoitlari yaratilishi lozim edi, biroq u oselot – mushuk oilasidagi yirtqich sutemizuvchiga qarashni bemalol uddalay olardi. Bu yirtqich mushuk asosan Amerikaning tropik o’rmonlarida keng tarqalgan, o’zining ayovsiz hatti-harakati bilan boshqalardan farq qiladi va odam zoti uni siypalashini juda ham xohlamaydigan jonivor.

Lekin, guvohlarning aytishlaricha, Dali doimo katta o’lchamdagi jonivori bilan til topa olgan.

Rassom o’zining Babou nomli oselotini turli sayohatlar va restoranlarga olib brogan. Ba’zan u yoki bu nufuzli joyga tashrif buyurganida Dali inshoot xo’jayiniga oldidagi jonivor yirtqich hayvon emas, shunchaki yirik uy mushugi deb aytishga to’g’ri kelardi, va Dali uni ataylab noyob ranglarga bo’yagan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook